1. Areal haqida tushuncha Areallarni kartalashtirish uslublari


Areal ko‘lami, shakli va ularni belgilovchi asosiy omillar


Download 236.62 Kb.
bet3/10
Sana02.10.2023
Hajmi236.62 Kb.
#1690593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MAVZU 7. Areal haqidagi ta’limot asoslari

Areal ko‘lami, shakli va ularni belgilovchi asosiy omillar


Areallarning ko‘lami turli-tuman bo‘ladi. Tabiatda juda tor areallar bilan bir qatorda keng areallar ham uchraydi. Masalan, tulkining areali katta, yumronqoziqlarniki o‘rtacha, prometey sichqonlari kichik areallarni hosil qiladi. Keng areallar butun hududlarni, materiklarni va nihoyat Yer sharini egallaydi.
Quruqlik hayvonlari ko‘pincha tor areallarni, dengiz hayvonlari esa keng areallarni egallaydi. Areallarning ko‘lami va ko‘rinishi o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ammo ko‘p vaqt davomida ular o‘zgarmagan holatda bo‘lishi mumkin. Ba’zan areallar ko‘lami tez o‘zgarishi ham mumkin.
Areal chegarasining tebranishi va arealda hayvonlar tarqalishining o‘zgarishi doimiy yuz berib turadigan jarayondir. Bunday xususiyat arealdagi hayvonlar sonining dinamikasi bilan ham bog‘liq. Ayniqsa kemiruvchilar, hasharotlar va ba’zi boshqa organizmlarda bu holat yaqkol kuzatiladi. Hayvonlar sonining oshishi bilan ba’zan ularda qayta joylashish yuz beradi, natijada areal kengayadi. Hayvonlar sonining kamayishi esa arealning torayishiga, parchalanishiga olib keladi.
Areallar chegarasidagi sharoit abiotik omillarga mos kelmay qolgan taqdirda ham areallar o‘zgarishi mumkin. Masalan, Qozog‘istoidagi tekislik xududlarida namlikning qisman o‘zgarishi ham organizmlarning soniga ta’sir ko‘rsatadi va ko‘pchilik qushlar yuzlab kilometrga o‘z arealini o‘zgartiradi. Ko‘pchilik hollarda areal yaqqol tebranish chegaralariga ega bo‘ladi. Bunday chegaralar optimum, pessimum va neytral zonalarga ajratiladi. Arealning chegara zonalarida tur vakillari siyrak sonda uchraydi. Bunday xususiyat bir tomondan areal chegarasidagi fizik va kimyoviy muhit sharoitining noqulayligi, ikkinchi tomondan arealdagi boshqa turlar bilan bo‘ladigan konkurensiyaning yuqori darajada bo‘lishi bilan tushuitiriladi. Konkurensiyaning susayishi arealning kengayishiga olib keladi.
Hayvonlarning areal doirasida taqsimlanish yo‘nalishi optimal zonadan nisbatan noqulay sharoitli zonalarga tomon sodir bo‘ladi. Muhit sharoitlari bir xilda qulay bo‘lganda, qandaydir avvalgi mavjud to‘siqlarning yo‘qolishi (masalan Bering bo‘g‘ozida bo‘yinning paydo bo‘lishi) turli tur vakillari orasida o‘zaro almashinuvni yuzaga keltiradi. Shuni ta’kidlash lozimki, bunday holatda nisbatan harakatchan, populyatsiyalar soni ko‘p bo‘lgan turlar immigratsiyasi intensiv kechadi (qushlar, tuyoqlilar). Shu bilan birga keng maydonni egallagan, soni ko‘p bo‘lgan turlar ham aktiv joylasha boshlaydi.
Areal ko‘lami juda ko‘p sabablar bilan tushuntirilishi mumkin. Bunday xususiyatlar arealda tarqalgan turning ekologik valentligiga, uning tarqalish qobiliyatiga, geologik yoshiga, turning yangi formalar hosil qila olish qobiliyatiga bog‘liqdir.
Arealning egallagan maydoni muayyan turning yashashi uchun qulay bo‘lgan sharoitlarni o‘zida mujassamlashtirgan hududdan katta bo‘lishi mumkin emas. Agarda bunday hudud kichik bo‘lsa, mos ravishda tur areali ham kichik bo‘ladi.
Ko‘pincha hayvonlarning areali garchi qulay sharoitlar mavjud bo‘lgan taqdirda xam kichik hududni egallaydi. Bunda arealning ko‘lamini belgilovchi omil bo‘lib turning qadimiyligi (filogenetik yoshi), tarqala olish qobiliyati, chegaralardan o‘ta olishi, ekologik valentligi xizmat qiladi.
Quzg‘un, bo‘ri, olmaxon va boshqa hayvonlar tundra, o‘rmon, tog‘ kabi turli-tuman ekologik sharoitlarda yashay oladi. Bunday turlar ubikvistlar deyiladi, ularning arealari keng maydonlarni egallaydi.
Ayrim hayvon turlari deyarli jahonning barcha mamlakatlarida tarqalishi mumkin. Bunday keng areallarni egallovchi turlar kosmopolitlar deb ataladi.. Masalan, lochin shunday turlardan biridir. Lochinning turli kenja turlari Yevropada, Osiyoda, Amerikada, Afrikada va Avstraliyada uya quradi. Uy chumchug‘i ham kosmopolit arealga ega tur sanaladi. Yer planetasida tarqalgan turlarning kamchilik qismi kosmopolitlardir. Qushlardan suv burgut va qirg‘oq qaldirg‘ochlari ham kosmopolit hisoblanadi.
Areallar ko‘lamini belgilashda ya’ni turning qanday arealni egallashida turning geologik yoshi, ya’ni qadimiyligi ham muhim ahamiyatga ega. Tur qanchalik qadimiy bo‘lsa, u shunchalik o‘zi uchun qulay bo‘lgan ko‘pchilik hududlarda tarqalib olishga ulgurgan bo‘ladi (bosh oyokli mollyuska - nautilus, ba’zi akula turlari). Ba’zida ayrim o‘zining gullab-yashnash davrini o‘tagan qadimiy turlarning areallari tor bo‘ladi. Jumladan, gatteriya areali Yangi-Zelandiyaning katta bo‘lmagan orolchalarida joylashgan. Qadimgi geologik epoxalar (era, davr)dan bizgacha yetib kelgan hayvonlar relikt deb ataladi. Kichik relikt areallarga ega bulgan turlarga o‘rdakburun, rus vixuxoli va boshqalar kiradi.
Qandaydir hudud chegarasidagina uchraydigan arealga ega bo‘lgan hayvonlar endemiklar deyiladi. Bunday turlarning areallari tog‘ vodiylarida, tog‘ tizmalarida va shunga o‘xshash o‘ziga xos ekologik sharoitlar shakllangan joylarda uchraydi. Bularga gatteriya, kalibra turlari, chumolixo‘rlar, yalqovlar, odamsimon maymunlar va boshqalar misol bo‘ladi. Endemizm - bu shartli xususiyat, chunki vaqt o‘tishi bilan u o‘zgarishi mumkin. Bu hol turning evolyutsiya jarayonida yuz beradigan o‘zgarishlarga nisbatan javob reaksiyasiga bog‘liq.
Shuni ta’kidlash lozimkn, ba’zan juda tor areallarni garchi uchish qobiliyatiga ega bo‘lishidan qat’iy nazar qushlar yoki kapalaklarda ham ko‘rish mumkin. Chuchuk suv hayvonlaridan tog‘ ko‘llarida yoki alohida suv manbalarida yashovchi turlar ham tor areallar hosil qiladi. Ko‘pgina to‘tiqushlar ham tor areallarga ega. Jumladan, yapaloq to‘ti Yangi-Zelandiyaning tog‘lik qismidagi buk o‘rmonlarida yashaydi. Ucha olmaydigan hasharotlarning areallari ham juda tor bo‘ladi. G‘orlarda yashaydigan o‘troq hayvonlar ham tor areallarga ega bo‘lgan turlardan tashkil topadi. Barcha tor areallar endemiklar uchun xosdir.
Evolyutsion nuqtai nazardan ikki kategoriyadagi endemik turlar farqlanadi: paleoendemiklar va neoendemiklar.

Download 236.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling