1. Areal haqida tushuncha Areallarni kartalashtirish uslublari
Download 236.62 Kb.
|
MAVZU 7. Areal haqidagi ta’limot asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Neoendemiklar
Paleoendemiklaр (relikt endemiklar)- juda qadimiy turlar. Bunday turlar o‘tmish yer tarixining geologik epoxalarida shakllangan bo‘lib, odatda bir vaqtlar keng tarqalgan guruxlarga tegishlidir. Ayni vaqtda ularning areali sobiq arealning faqatgina bir qismini egallaydi xolos. Paleoendemiklarning yashab qolish imkoni juda kam. Ularning ko‘pchiliti yo‘qolib ketish arafasida turibdi.
Neoendemiklar - yosh turlar bo‘lib, birlamchi mahalliy areali chegarasidan tashqariga tarkalishga hali ulgurmagan turlardir. Endemiklarning yoshini aniqlash qiyin. Buning uchun paleontologik materiallarni tahlil qilish lozim. Albatta bunga har doim ham erishib bo‘lmaydi. Bunda bizni kiziqtirayotgan tur tegishli bo‘lgan guruh sistematik jihatdan tahlil qilinadi. Tuban belgilarning saqlanib qolishi turning qadimiyligidan, aksincha filogenetik belgilarning rivojlanganligi turning yoshligidan dalolat beradi. Mayda orolchalar, tog‘ tizmalari, alohida ko‘llar bilan chegaralangan areallar ko‘pincha neoendemiklarga tegishlidir. Yuqorida ta’kidlanganidek, kosmopolit turlar keng hududlarni egallaydi. Kashalotlar, delfinlar, insonning yo‘ldoshiga aylangan hasharotlarning bir necha turlari ham kosmopolit turlar sanaladi. Qadimiy guruhlar yoki turlarning areallari yosh turlarga qaraganda katta bo‘ladi, bu xususiyat qadimgi turlar areallarini kengaytirish uchun ko‘p vaqtga ega bo‘lishganligidan dalolat beradi. Bunday xususiyat ko‘pincha to‘g‘ri bo‘lib, haqiqatdan ham guruhlarning yoshi ularning areallari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligi aniqlangan. Mazkur qonuniyat fanda Villis nazariyasi yoki “vaqt va makon” qoidasi nomi bilan yuritiladi. Shuni ta’kidlash lozimki, mazkur qonuniyatdan mustasno hollar ham uchrab turadi. Jumladan, nisbatan qari turlar ham tor yoki nisbatan kichik areallarni egallashadi (gatteriya va boshqalar). Areallarning shakli, ya’ni ko‘rinishi juda turli-tuman. Arealning shaklini aniqlaydigan omillar ham uning ko‘lamini aniqlaydigan omillar bilan bir xil. Shimoliy yarim sharning mo‘tadil zonasidagi hududlarda va baland kengliklarda ko‘pchilik turlarning areallari g‘arbdan sharqqa tomon, juda kam masofada shimoldan janubga tomon cho‘zilgan bo‘ladi. Bunday xususiyat iqlimiy sharoitlarning taqsimlanish xarakteri bilan tushuntiriladi, chunki mazkur omil g‘arbdan sharkqa tomon yo‘nalishga nisbatan shimoldan janubga tomon tez o‘zgaradi. Tog‘lik hududlarda ko‘pchilik turlarning areallari tog‘ tizmalari bo‘ylab cho‘ziladi. Bu holat tizmalarda bir xil sharoitlar mavjudligidan dalolat beradi. Download 236.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling