1. Arxealogiya fanining rivojlanish tarixi. Arxealogiya fanining maqsad vazifalari


Download 18.82 Kb.
Sana28.01.2023
Hajmi18.82 Kb.
#1136799
Bog'liq
Arxealogiya fanining rivojlanish tarixi1


1.Arxealogiya fanining rivojlanish tarixi.
2.Arxealogiya fanining maqsad vazifalari .Qadimiy yodgorliklar o‘zbek xalqi ma’naviyati, qadriyatlari tarixidan darak beruvchi ashyoviy dalillar hisoblanadi. Shu o‘rinda ajdodlarimizning tarixini arxeologik yodgorliklar misolida targ‘ib etish va uning tarbiyaviy ahamiyatini ko‘rsatish juda muhimdir. Shu bilan birga, mamlakatimiz xududida joylashgan arxeologik yodgorliklar va ulardagi topilmalar yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashda, ularning qalbida ko‘hna tarix va madaniyatga hurmat-ehtirom ruhini uyg‘otishda katta ahamiyatga egadir. Arxeologik yodgorliklar O‘zbekiston madaniy hayotini o‘zida aks ettiruvchi juda muxim omil hisoblanadi.Bugungi kunda arxeologiya fani oldida turgan muhim vazifalardan biri ajdodlarimizning yo‘qolib borayotgan izlarini izlab topish, moddiy ashyolar va tarixiy yodgorliklar yoshini aniqlash, taxlil qilish va ilmiy sistemalashtirish asosida haqqoniy tariximizni tiklash, uning ochilmagan sahifalarini o‘rganib, tarixdagi oq dog‘larni yo‘qotishdir
3. Paleolit davrining dastlabki bosqichi. Tosh davri eng uzoq davom etgan tarixiy davr hisoblanib, qadimgi odamlar tomonidan mazkur davrda asosiy mehnat qurollari toshdan yasalgan. Tosh davri milodgacha IV ming yillikkacha davom etgan. Paleolit davri o’z navbatida 3 bosqichga bo’linadi: quyi yoki ilk paleolit (2,5 mln. – 150 mingyillik), o’rta paleolit (150 ming yillikdan – 40 ming yillikgacha) va yuqori yoki so’nggi paleolit (40 – 14 ming yilliklar).
4. Mezolit davrining o`rganilish darajasi, xronologiyasi va davrlashtirish O‘zbekiston hududida mezolit davri yodgorliklarini 3 davrga bo‘linadi: ilk, o‘rta va so‘nggi. Bu davrlarga oid yodgorliklar quyidagi guruhlarga ajratilgan:

  1. Ilk mezolit davri miloddan avvalgi XI-X ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. Ko‘shilish madaniyatida o‘z aksini topgan.

  2. O‘rta mezolit davri miloddan avvalgi IX-VIII ming yilliklar bo‘lib, Obishir madaniyatida o‘z aksini topgan.

  3. So‘nggi mezolit davri miloddan avvalgi VII-VI ming yilliklar bo‘lib, Machay madaniyatida o‘z aksini topgan.

Mezolit davrining yana bir yutug‘i it, cho‘chqa, qo‘y-echkilarning qo‘lga o‘rgatilishi bo‘ldi.
O‘zbekiston arxeologiyasida ham ilk mezolit davri ashyolari XX asr boshlarida topilgan.
5.. O`rta osiya Mezolit davri yodgorliklari
O‘zbekiston arxeologiyasida ham ilk mezolit davri ashyolari XX asr boshlarida topilgan. 1920 yillarda A.P.Okladnikov Markaziy Qoraqum hududidan so‘ngi mezolit davriga oid mikrolitlarni topdi. O’zbekiston hududida mezolit yodgorliklari arxeolog olimlar tomonidan keng o’rganilgan. Farg’ona vodiysidagi Obishir I, Obishir V g’or makonlari ahamiyatlidir. Obishir I Xaydarkon shaharchasidan 4-5 km uzoqlikda joylashgan bo’lib, g’orning kengligi 25,5 m, balandligi 12 m.ni tashkil etadi. Bu yerdan mikrolitlar, parrakchalar, nukleuslar, bigiz, qirg’ich, pichoq-qadamalar topilgan. Obishir V makoni Obishir I g’ori yaqinida joylashgan, kengligi 8 m, balandligi 10 m va chuqurligi 4-5 m. G’or 3 ta madaniy qatlamdan iborat bo’lgan. Bu erdan ham pichoq-qadamalar, qirg’ichlar, teshgichlar topilgan. Moddiy manbalar ichida yovvoyi hayvonlarning suyaklari ham mavjud bo’lgan. G’ordan topilgan qadoq toshlar – baliq tutishda ishlatilgan. Obishirliklar baliqchilik, ovchilik va terimchilik ho’jalik mashg’ulotlari bilan shug’ullanganlar.
6. Neolit davri xususiyatlari xronologiyasi
Kishilar jamiyati taraqqiyotidagi keyingi davr neolit deb nom olgan. U yunoncha “neo”-yangi, “metos”-tosh, ya’ni yangi tosh davri degan ma’noni beradi. Bu davr uzoq davom etgan tosh davrining yakunlovchi bosqichi bo‘lganligi uchun shu nom bilan atalgan. Bu tuchunchani fanga ingliz arxeologi Lebbok kiritgan. Neolit davri xronologik jihatdan miloddan avvalgi VI-IV ming yilliklarni o‘z ichiga oladi va ilk, o‘rta, so‘nggi bosqichlarga bo‘linadi. Bu davr barcha mintaqalarda bir vaqtda sodir bo‘lmagan va u davrda jamiyatlar har xil taraqqiyot darajalariga ega bo‘lganlar. Ba’zi mintaqalarda neolit davri quldorlik davriga kelsa, ba’zilarida endigina dehqonchilik va chorvachilik vujudga kelayotgan, ba’zilarida esa ovchilik va termachilik bilan shug‘ullanayotgan edilar.
7. O`rta osiyoning Neolit davri va madaniyatlar Jaytun va kalta minor madaniyatlari misolida
8. Enolit davrida qurilish va memorchilik
Download 18.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling