1. Аsinxrоn mоtоrlаrning аylаnish tezligini tаrmоq shаstоtаsini o’zgаrtirish bilаn rоstlаsh


Elektromagnit momentni elektromagnit kuchlar orqali aniqlash


Download 1.44 Mb.
bet12/22
Sana22.02.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1222452
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
Ma’ruza№12. Аsinхrоn mоtоrlаr tеzliklаrini rоstlаsh usullаri. Ju

Elektromagnit momentni elektromagnit kuchlar orqali aniqlash.Asinxron mashinaning elektromagnit momenti rotor chulg‘ami o‘tkaz­gich­laridan o‘tadigan tok aktiv tashkil etuvchisi (I2cos2) ning stator chulg‘ami hosil qilgan aylanma maydon, ya’ni magnit oqim Fmax bilan ta’sirlashib Amper qonuniga asosan elektromagnit kuch Fem=Bli vujudga keladi (2-rasm). Bu kuch hosil qilgan elektromagnit moment quyidagicha aniqlanadi:
M = CM FmaxI2 cos2, (7)
bunda: CM = rm2kch.2 / – o‘zgarmas kattalik; Fmax – magnit oqimning maksimal qiymati.
(7) formula faqatgina asinxron mashinalar uchungina to‘g‘ri bo‘lib qolmay, balki elektr mashinalarining barcha turlari uchun ham to‘g‘ridir. Bu formula moment qiymatining motorda sodir bo‘ladigan fizik hodisalar orasidagi bog‘lanishni o‘rnatadi. Undan motorning har xil rejimlardagi ish jarayonini sifat jihatdan tahlil qilishda foydalanish qulay hisoblanadi. Lekin bu formulaga kirgan (Fmax, I2va cos2) kattaliklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoq kuchlanishi va mashinaning ish rejimi bilan bog‘lanmagan, ularni tajribada aniqlash esa ancha murak­kab­dir. Shu sababli quyida elektromagnit (aylantiruvchi) momentning qiymatini eng oddiy aniqlash, unga mashinaning har xil parametrlari va ekspluatatsion rejimlarining ta’sirini hisobga olish imkonini beradigan boshqa formulasi keltirib chiqarilgan.

2-rasm. Mashinahavooralig’iningmagnitinduksiyasi (B), rotorchulg’amitoki (i) vaasinxronmashinachulamlario‘tkazgichlarigata'sirqiladiganelektromagnitkuch (Fem) larningtaqsimlanishegrichiziqlari


Elektromagnit momentni elektromagnit quvvat orqali aniqlash. Energetik diagrammadan (1-rasm) aniqlangan elektromagnit (Pem) va mexanik quvvat (Pmex)larni elektromagnit moment orqali ifodalaymiz:
Pem = M 1; Pmex = M , (8)
bu yerda: 1(2n160)(p/p) = (2/p)(p n160) = 2f/p va  2n60 tegishlicha statordagi aylanma magnit maydonning va rotorning burchak tezliklari.
(8) ga asosan elektromagnit moment quyidagiga teng bo‘ladi:
M= Pem/ 1. (9)
Demak, asinxron motorning elektromagnit momenti, uning elektro­magnit quvvatiga mutanosib bo‘lar ekan.
Energetik diagrammadan foydalanib rotor chulg‘amidagi isroflarni aniqlashning quyidagi ifodalarini yozish mumkin:
(10)
yoki
. (11)
(11) formulaning o‘ng tomonini nisbatga ko‘paytirib quyidagini olamiz:
(12)
(12) formuladan quyidagiga ega bo‘lamiz:
M= P'в2/(1s) = m1 (I2)2r2 / (1s), (13)
ya’ni asinxron motorning elektromagnit momenti rotor chulg‘amida elektr isroflari quvvatiga mutanosib bo‘lar ekan.
Agar G-simon almashtirish sxemasidan foydalanib (3) bo‘yicha aniqlangan rotor toki I2 ning qiymatini (13) ga qo‘yib, (12f1/p) ni ham hisobga olgan holda asinxron mashinaning elektromagnit momentini aniqlash formulasining umumiy ko‘rinishiga ega bo‘lamiz:
M = (m1 pU12r'2) /{(2f1s)[(r1+ r'2/s)2 + (x1+ x'2)2]}. (14)
(14) formuladan quvvati P>10 kW bo‘lgan asinxron motorlar uchun moment M ni hisoblashda almashtirish sxemadagi kompleks son c11 deb qabul qilingan. Elektromagnit momentni hisoblashda ko‘proq aniqlik talab qilinganda kompleks son s1 hisobga olingan (14) ifoda quyidagicha yoziladi:
M = (m1 pU12r'2) /{(2f1s)[(r1+s1 r'2/s)2 + (x1+s1 x'2)2]}, (14,a)
bu yerda c1 1,02  1,05 – quvvati P  10 kW bo‘lgan asinxron motor uchun.
(14) va (14,a) larda sirpanish s dan boshqa hamma kattaliklar o‘zgarmas hisoblanib, u o‘qdagi mexanik yukka mutanosib ravishda o‘zgaradi.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling