1. Asosiy tushuncha. Burovchi moment epyurasini chizish
Tekis kuchlarida jismlarning muvozanat tenglamalari
Download 0.88 Mb.
|
Buralish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekislikda kuchlar sistemasi muvozanatda bo’lishi uchun bir vaqtning o’zida bosh vektor va bosh ioient nolga teng bo’lishi shart. Yani R=0 va M=0
Tekis kuchlarida jismlarning muvozanat tenglamalari
Reja 1.Kuchning tekislikdagi proeksiyasi 2. Kuchning analitik usulda berilishi. Tekislikdagi kuchlar sistemasining muvozanat shartlari. Tekislikda kuchlar sistemasi muvozanatda bo’lishi uchun bir vaqtning o’zida bosh vektor va bosh ioient nolga teng bo’lishi shart. Ya'ni R=0 va M=0 (6) bo’lishi shart. (6) dan kelib chiqadigan muvozanatning analitik shartlarini aniqlaymiz. 1.Muvozanat shartining asosiy formulasi. R va M lar quyidagi formulalar yordamida topiladi: _________ R = Rx2 + Ry2 : M = m0 (Fk) (7) bu erda Rx = Fkx ; Ry = Fky ; R nolga teng bo’lishi uchun bir vaqtning o’zida Rx = 0 ; Ry = 0 bo’lishi kerak.Demak (24) dan quyidagilarni yozamiz: Fkx = 0; Fky = 0; m0 (Fk) = 0 (8) Demak, tekislikdagi kuchlar sistemasi muvozanatda bo’lishi uchun kuchlarning shu tekislikda yotuvchi ikkita koordinata o’qlaridagi proeksiyalarining yig’indilari aloxida aloxida nolga teng va shu tekislikdagi ixtiyoriy nuqtaga nisbatan momentlarining yig’indisi nolga teng bo’lishi zarur va etarlidir. 2.Muvozanat shartining ikkinchi formasi. Tekislikdagi kuchlar sistemasi muvozanatda bo’lishi uchun barcha kuchlarning shu tekislikda yotuvchi ixtiyoriy ikki nuqtasining har biriga nisbatan momentlarining yig’indisi aloxida-aloxida nolga teng va mazkur nuqtalardan o’tuvchi to’g’ri chiziqqa perpendikulyar bo’lmagan o’qdagi proeksiyalarining yig’indisi nolga teng bo’lishi zarur va etarlidir. (16-rasm). mA (Fk) = 0 ; mB (Fk) = 0 ; Fkx = 0; (9) 3.Muvozanat shartining uchinchi formasi. Tekislikda yotuvchi kuchlar sistemasi muvozanatda bo’lishi uchun barcha kuchlarning shu tekislikdagi bir to’g’ri chiziqda yotmaydigan uchta nuqtaning har-biriga nisbatan momentlarining yig’indisi aloxida-aloxida nolga teng bo’lishi zarur va etarlidir. R Y F1 B Fn o x F2 1-rasm. 17-rasm mA (Fk) = 0; mB (Fk) = 0; mC (Fk) = 0; (10) Tekislikdagi parallel kuchlar muvozanat sharti. Qattiq jismga qo’yilgan kuchlar sistemasi parallel kuchlar sistemasidan iborat bo’lsin.U holda ОХ o’qini kuchlarga perpendikulyar , ОУ o’qini esa kuchlarga parallel yo’naltiramiz.Natijada kuchlarning ОХ o’qidagi proeksiyalari nolga teng bo’ladi.(17-rasm) (27) tenglikning birinchisi 0=0 ayniyatga aylanadi va tekislikdagi kuchlar sistemasining muvozanat shartlari quyidagicha yoziladi. Fky = 0; m0 (Fk) = 0 ; (11) Parallel kuchlar muvozanatining boshqa formasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi. mA (Fk) = 0; mB (Fk) = 0; (12) Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling