Statikaning asosiy tushuncha va qoidalari
Download 337.08 Kb.
|
Statikaning asosiy tushuncha va qoidalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- BOG’LANISH VA BOG’LANISH REAKSIYALARI.
Statikaning asosiy tushuncha va qoidalariReja: KUCHLARNI ANALITIK VA GEOMETRIK USULDA QO’SHISH. KUCHNING O’QDAGI VA TEKISLIKDAGI PROEKSIYASI. KESISHUVCHI KUCHLAR SISTEMASINING MUVOZANATI. KUCHNING MARKAZ (NUQTA) GA NISBATAN MOMENTI. FAZOVIY KUCHLAR SISTEMASI. STATIK ANIQ VA ANIQMAS MASALALAR Tayanch iboralar: mexanik harakat, klassik mexanika, moddiy nuqta, absolyut qattiq jism, statika, kuch, kuchning jismga ta‘sirini xarakterlovchi faktorlar, teng ta‘sir etuvchi kuch, ekvivalent kuch, muvozanatlashgan kuch, statika aksiomalari. erkin jism, bog’langan jism, bog’lanish reaksiya kuchi, silliq sirt, silindrik sharnirli bog’lanish, sferik sharnirli bog’lanish, ip, sterjen, kesishuvchi kuchlar sistemasi, kuchlar uchburchagi, kuchlar parallelogrammi, kuchning o’qdagi proeksiyasi, kuchning tekislikdagi proeksiyasi, kuchning analitik usulda berish, kuchni analitik usulda qo’shish, uch kuch, kesishuvchi kuchlar sistemasi muvozanating geometrik sharti, kesishuvchi kuchlar sistemasi, muvozanatining analitik sharti, kuch momenti, kuch yelkasi, kuch momentining mexanik ma‘nosi, teng ta‘sir etuvchining moment, juft kuch, juft kuch momenti, juft yelkasi, juftning jismga ko’rsatilgan ta‘siri, juftlar ekvivalentligi, fazoviy kuchlar sistemasi, kuch momenti-vektor, kuchning o’qqa nisbatan momenti, kuchning o’qlarga nisbatan momentlari, Varin’on teoremasi. BOG’LANISH VA BOG’LANISH REAKSIYALARI. Tabiatdagi barcha jismlarni ikkiga ajratish mumkin: 1) erkin, 2) bog’langan jismlar. Jism fazoda istalgan tomonga harakatlana olsa, bunday jism erkin jism deyiladi. Masalan, fazodagi havo shari. Jismning harakati biror sabab bilan cheklangan bo’lsa, bu jism bog’langan jism deyiladi. Jismning harakat yo’nalishiga qo’yilgan barcha jismlar (to’siqlar) bog’lanishlar deyiladi. Bog’langan jismlarga misol qilib, stol ustiga qo’yilgan yuk, shipga osilgan qandil va boshqalarni misol keltirishimiz mumkin. Yuk uchun bog’lanish stol, qandil uchun bog’lanish zanjir hisoblanadi. B og’lanishning jismga ko’rsatadigan ta‘siriga bog’lanish reaksiya kuchi yoki qisqacha bog’lanish reaksiyasi deyiladi. Bog’lanishdagi jismlarning harakati qaysi yo’nalishda cheklangan bo’lsa, bog’lanish reaksiya kuchi shu yo’nalishga teskari yo’nalgan bo’ladi. Mexanika masalalarini yechishda, bog’lanish reaksiya kuchlarining yo’nalishlarini to’g’ri aniqlash juda muhim rol o’ynaydi. Bog’lanishlarning asosiy turlari bilan tanishamiz. Download 337.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling