1. Asosiy vositalav va asosiy vositalardagi fond hisobi


Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni balansdan chiqarish hisobi


Download 127.5 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi127.5 Kb.
#1543832
1   2   3   4
Bog'liq
Byudjet hisobi Mustaqil ish

2. Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni balansdan chiqarish hisobi
Foydalanishga yaroqsiz holga kelgan asosiy vositalar amaldagi qonunda belgilangan tartibda balansdan quyidagi hisobdan chiqariladi. Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar:

  1. tugatilishi munosabati bilan;

  2. bepul berilishi munosabati bilan;




  1. sotilishi munosabati bilan;

  1. kamomad aniqlanganda yoki yo'qolishi munosabati bilan hisobdan chiqariladi.

Yuqorida ko'rsatilgan sabablar bo'yicha budjet mablag'larining bosh tasarruf qiluvchilar asosiy vositalami balansdan chiqarishni qonun asosida mustaqil ravishda amalga oshiradi.
Asosiy vositalaming tugatilishi sababli ular quyidagi holatlarda:

  1. belgilangan xizmat qilish muddati tugagandan so'ng (eskirish to'la hisoblanganda);

  2. fizik (jismoniy) eskirishi, avariya, tabiiy ofat, foydalanishning me’yoriy shartlari buzilishi natijasida foydalanishga yaroqsiz holatga kelishi munosabati bilan;




  1. ma’naviy eskirishi munosabati bilan;

  2. tegishli hukumat organlarining qarorlari bo'yicha chiqarilishi munosabati bilan;

  3. qurilish olib borilishi, kengaytirilishi, rekonstruksiya qilinishi va budjet tashkiloti qayta yangi texnika bilan ta’minlanishi munosabati bilan balansdan chiqarilishi mumkin.

Bunda asosiy vositalami qayta tiklash imkoniyati bo'lmaganligida yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo'lmaganda ular tugatiladi.
Budjet tashkilotlarining tarkibiy bo'linmalari asosiy vositalarni tugatishni qonunda belgilangan tartibda tegishli yuqori tashkilotning roziligi bilan amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tizimidagi boshlang'ich tibbiy-sanitariya muassasalari asosiy vositalarni balansdan chiqarisbлi qonun asosida viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasining roziligi bilan amalga oshiradi.
Ma’naviy eskirgan asosiy vositalar-tayinlanishiga muvofiq bir xil bo'lgan asosiy vositalarning yuqori ish unumdorligi va iqtisodiy jihatdan samaradorligi yuqori bo'lgan, qiymati ham bir xil yoki arzonroq bo'lgan xuddi shunday asosiy vositalarning chiqarilishi natijasida qiymati tushib ketgan asosiy vositalardir.
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar tugatilishi sababli ularai hisobdan chiqarish to'g'risida qaror qabul qilish uchun tashkilotning rahbari (rahbaming o'rinbosari) yoki bosh muhandisi raisligida komissiya tuziladi. Komissiya tarkibiga budjet tashkilotining tegishli mutaxassislari, buxgalteriya xodimlari va moddiy javobgar shaxslar kiritilgan bo'lishi kerak. Komissiya budjet tashkiloti rahbarining buyrug'i bilan tuziladi va moliya yili davomida doimiy ishlab turadi.
Komissiya asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishini asoslovchi dalolatnoma tuzadi. Budjet tashkilotlarida: Asosiy vositalarni tugatish dalolatnomasi (AV-4-shakl), Transport vositalarini tugatish dalolatnomasi (AV-4a-shakl), Asboblarni, ishlab chiqarish va xo'jalik inventarlarini hisobdan chiqarish dalolatnomasi (443-shakl), Kutubxonadan chiqarilgan adabiyotlarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi (444-shakl) tuziladi.
Asosiy vositalarning tugatilishi munosabati bilan ularai hisobdan chiqarish to'g'risida qaror qabul qilish uchun tuziladigan komissiya:

  1. tegishli texnik hujjatlardan (pasport, darajama-daraja rejalar va boshqahujjatlar)hamdabuxgalteriyahisobima’lumotlaridanfoydalangan holda hisobdan chiqarishga taalluqli bo'lgan asosiy vositalarni bevosita tekshirib chiqadi;

  2. ularni tiklashning iloji yo'qligini yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligini belgilaydi;

d) asosiy vositalarnl hisobdan chiqarish sabablari (eskirish to'la hisoblanganligi, haqiqiy eskirishi, rekonstruksiya qilinishi,
foydalanishning me’yoriy sharoitlari buzilishi, tabiiy ofat, avariya va boshqalar)ni aniqlaydi;

  1. asosiy vositalarning vaqtidan awal foydalanishdan chiqishi sodir bo‘lganIigida aybdor shaxslami aniqlaydi, ularni O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bo'yicha belgilangan javobgarlikka tortish haqidataklifkiritadi;

  2. tugatilayotgan asosiy vositalarning ayrim uzellari, detallari, materiallari, rangli va qimmatbaho metallaridan foydalanish imkoniyat-larini aniqlaydi va ularni baholashni amalga oshiradi;

  3. tugatilayotgan asosiy vositalardan yaroqli uzellar, detallar, materiallar, rangli va qimmatbaho metallar olinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularning miqdori va og'irligini aniqlaydi hamda ulaming tegishli omborga topshirilishini nazorat qilish vakolatiga ega bo'ladi.

Tashkilotni qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnik qayta qurollantirish munosabati bilan asosiy vositalar tugatilayotganda komissiya hisobdan chiqarishga taqdim etilgan asosiy vositalarning tashkilotni qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlash rejasiga to'g'ri kelishini tekshirishi kerak. Bunda komissiya asosiy vositalami tugatish dalolatnomasida tasdiqlangan rejaning yoki tegishli qaroming bandiga va sanasiga havola qiladi.
Tugatish dalolatnomasida tugatilayotgan asosiy vositalami tavsiflovchi quyidagi ma’lumotlar: asosiy vosita ishlab chiqarilgan yoki qurilgan yil, uning budjet tashkilotiga kelib tushgan sanasi, foydalanishga berilgan sana, asosiy vositaning boshlang'ich (qayta baholanganlari uchun qayta tiklash) qiymati, buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bo'yicha foydalanish muddati davomida hisoblangan eskirish summasi, amalga oshirilgan kapital ta’mirlashlar soni ko'rsatiladi. Shu bilan birga, asosiy vositani hisobdan chiqarish sabablari, uning uzellari, detallari, materiallari, rangli va qimmatbaho metallar batafsil yoritiladi. Transport vositalari tugatilganda, bundan tashqari, transport vositasi bajargan ishlarning me’yoriy va haqiqiy hajmi ko'rsatiladi, qismga ajratish natijasida olinishi mumkin bo'lgan yaroqli uzellar, detallar, materiallar, rangli va qimmatbaho metallarning texnik tavsifi va ulardan keyinchalik foydalanish imkoniyatlari ko'rsatiladi.
Avariya yoki foydalanishning normal sharoitlari buzilganligi oqibatida tugatilayotgan asosiy vositalar balansdan chiqarilganda tugatish dalolatnomasiga avariya yoki foydalanishning normal sharoitlari buzilganligi haqidagi dalolatnomaning nusxasi ilova qilinadi hamda avariyaga yoki foydalanishning normal sharoitlari buzilishiga olib kelgan sabablar tushuntiriladi va aybdor shaxslarga nisbatan ko‘rilgan chora-tadbirlarko'rsatiladi.
Tabiiy ofatlar oqibatida tugatilayotgan asosiy vositalar balansdan (hisobdan) chiqarilganda tugatish dalolatnomasiga maxsus hukumat komissiyasining xulosasi ilova qilinadi.
Asosiy vositalarai tugatish bo'yicha komissiya tomonidan tuzilgan asosiy vositalarai tugatish haqidagi dalolatnomalar asosiy vositalar balans(hisob)da turgan budjet tashkilotining rahbari tomonidan, budjet tashkilotlarining tarkibiy bo'linmalari qonunga muvofiq tegishli yuqori tashkilotlar bilan kelishilgandan so'ng, tasdiqlanadi. Tugatish haqidagi dalolatnomalar tasdiqlanmaguncha asosiy vositalarai qismlarga ajratish man etiladi. Qismlarga ajratilgan asosiy vositaning boshqa asosiy vositani ta’mirlash uchun yaroqli bo'lgan, barcha uzellari, detallari, materiallari, rangli va qimmatbaho metallari tegishli subschyotlarga kirim qilinadi. Bu subschyotlarda ular asosiy vositalarai tugatish bo'yicha komissiya belgilagan foydalanish mumkin bo'lgan baho bo'yicha hisobga olinadi. Yaroqsiz uzellar, detallar, materiallar, rangli va qimmatbaho metallar ikkilamchi ashyolar (temir-tersak, latta-putta yoki o'tin) sifatida kirim qilinadi va budjet tashkilotining ixtiyori bo'yicha foydalaniladi. Budjet tashkilotlari uchun tugatilgan asosiy vositalarai qismlarga ajratish natijasida olingan uzellami, detallami, materiallarni, rangli va qimmatbaho metallar hamda ikkilamchi ashyolarni sotishdan tushgan mablag'lar ularning ixtiyorida qoladi va yangi asosiy vositalarai sotib olish yoki foydalanishdagi asosiy vositalarai ta’mirlash uchun ishlatiladi.
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar tugatilishi munosabati bilan ularning balansdan chiqarilishi buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda qayd qilinadi:
Eskirishi umuman hisoblanmagan asosiy vositalar tugatilganida, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan asosiy vositalarai tugatish dalolatnomasiga asosan, quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti;
Kredit 010-013, 015-019-«Asosiy vositalar» subschyotlari.
Eskirishi qisman hisoblangan asosiy vositalar tugatilganida, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan asosiy vositalami tugatish dalolatnomasiga asosan, quyidagi ikkita buxgalteriya provodkasi tuziladi;
1) asosiy vositalarning boshlang'ich (qayta tiklash) qiymatiga:
Debet 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti;
Kredit 010-013, 015-019-«Asosiy vositalar» subschyotlari.
2) asosiy vositalarning eskirish summasiga:
Debet 020 - «Asosiy vositalarning eskirishi» subschyoti;
Kredit 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti.
Eskirishi to'la hisoblangan asosiy vositalar tugatilganida, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan asosiy vositalami tugatish dalolatnomasiga asosan, quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 020 - «Asosiy vositalarning eskirishi» subschyoti;
Kredit 010-013, 015-019-«Asosiy vositalar» subschyotlari.
Tugatilgan asosiy vositalardan olingan uzellar, detallar, materiallar, rangli va qimmatbaho metallar omborga, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan buxgalteriya hujjatlariga asosan, kirim qilinganida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 060 - «0‘quv, ilmiy va boshqa maqsadlar uchun materiallar» subschyoti yoki
Debet 063 - «Xo'jalik materiallari « idora buyumlari» subschyoti yoki
Debet 064 - «Yonilg'i, yoqilg'i va moylash materiallari» subschyoti yoki
Debet 066 - «Idishlan> subschyoti yoki
Debet 067 - «Boshqa materiallar» subschyoti yoki
Debet 069 - «Mashina va uskunalar uchun ehtiyot qismlar» subschyoti;
Kredit 140 - «Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun budjetdan moliyalashtirishga doir hisob-kitoblar» subschyoti (G aznachilikka o'tish sharoitida: 293-«Tekshirish natijalari bo'yicha aniqlangan materiallar va moddiy qiymatliklarning ortiqchalari bo'yicha kelib tushgan summalar» subschyoti) yoki
Kredit 230-«Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun budjetdan moliyalashtirish» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: 293-«Tekshirish natijalari bo'yicha aniqlangan materiallar va moddiy qiymatliklarning ortiqchalari bo‘yicha kelib tushgan summalar» subschyoti).
Budjet tashkilotlarining tarkibiy bo'linmalari o‘z asosiy vositalarini qonunda ko'zda tutilgan tartibda tegishli yuqori tashkilotlaming roziligi bilan sotish huquqiga egadir.
Budjet tashkilotlari uchun asosiy vositalami sotishdan olingan mablag'lar, amaldagi me’yoriy hujjatlarda boshqacha tartib o'raatilmagan bo'lsa, ulaming ixtiyorida qolishi mumkin va yangi asosiy vositalami sotib olishga yoki foydalanishdagi asosiy vositalami ta’mirlash uchun ishlatiladi.
Budjet tashkilotlari tarkibiy bo'linmalarining asosiy vositalari qonunda ko'zda tutilgan tartibda tegishli yuqori tashkilotlaming buyrug'i, farmoyishi yoki qaroriga muvofiq boshqa tashkilotlarga bepul berilishi mumkin.
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar boshqa tashkilotlarga bepul berilishi munosabati bilan ulaming balansdan chiqarilishi buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda qayd qilinadi:
Eskirishi umuman hisoblanmagan asosiy vositalar boshqa tashkilotlarga bepul berilganida, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan asosiy vositalami bepul berilishi haqidagi hujjatlarga asosan, quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti;
Kredit 010-013, 015-019-«Asosiy vositalar» subschyotlari.
Eskirishi qisman hisoblangan asosiy vositalar boshqa tashkilotlarga bepul berilganida, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan asosiy vositalami bepul berilishi haqidagi hujjatlarga asosan, quyidagi ikkita buxgalteriya provodkasi tuziladi:
1) asosiy vositalaming boshlang'ich (qayta tiklash) qiymatiga:
Debet 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti;
Kredit 010-013, 015-019-«Asosiy vositalar» subschyotlari.
2) asosiy vositalaming eskirish summasiga:
Debet 020 - «Asosiy vositalaming eskirishi» subschyoti;
Kredit 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti.
Eskirishi to'la hisoblangan asosiy vositalar boshqa tashkilotlarga bepul berilganida, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan asosiy vositalaming bepul berilishi haqidagi hujjatlarga asosan, quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 020 - «Asosiy vositalaming eskirishi» subschyoti;
Kredit 010-013, 015-019-«Asosiy vositalar» subschyotlari.
Budjettashkilotlaridaasosiyvositalamingkamomadiyokinobudgarchilik sodir bo‘lganligi aniqlanganligi munosabati bilan ulaming balansdan chiqarilishi buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda qayd qilinadi.
Eskirishi umuman hisoblanmagan asosiy vositalarning kamomadi yoki nobudgarchilik sodir bo‘ lganligi aniqlanganida, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan asosiy vositalarning kamomadi yoki nobudgarchilik sodir bo'lganligi aniqlangani haqidagi hujjatlarga asosan, quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti;
Kredit 010-013, 015-019-«Asosiy vositalar» subschyotlari.
Eskirishi qisman hisoblangan asosiy vositalarning kamomadi yoki nobudgarchilik sodir bo'lganligi aniqlanganida, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan asosiy vositalarning kamomadi yoki nobudgarchilik sodir bo'lganligi aniqlangani haqidagi hujjatlarga asosan, quyidagi ikkita buxgalteriya provodkasi tuziladi:
1) asosiy vositalarning boshlang'ich (qayta tiklash) qiymatiga:
Debet 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti;
Kredit 010-013, 015-019-«Asosiy vositalar» subschyotlari.
2) asosiy vositalarning eskirish summasiga:
Debet 020 - «Asosiy vositalarning eskirishi» subschyoti;
Kredit 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti.
Eskirishi to'la hisoblangan asosiy vositalarning kamomadi yoki nobudgarchilik sodir bo'lganligi aniqlanganida, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan asosiy vositalarning kamomadi yoki nobudgarchilik sodir bo'lganligi aniqlangani haqidagi hujjatlarga asosan, quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 020 - «Asosiy vositalarning eskirishi» subschyoti;
Kredit 010-013, 015-019-«Asosiy vositalan> subschyotlari.

Download 127.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling