1. Asosiy vositalav va asosiy vositalardagi fond hisobi


Asosiy vositalarni qayta baholash


Download 127.5 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi127.5 Kb.
#1543832
1   2   3   4
Bog'liq
Byudjet hisobi Mustaqil ish

Asosiy vositalarni qayta baholash
Hukumatning qarori bo'yicha yilning ma’lum sanasidagi holat bo'yicha asosiy vositalarni qayta baholash amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda, budjet tashkilotlarining asosiy vositalarini qayta baholash har yili 1-yanvar holatiga (joriy yilning 1-fevraligacha) qayta baholash o'tkazilayotgan davrdagi baholaming darajasidan kelib chiqib, amalga oshiriladi.
Qayta baholash paytida asosiy vositalaming to'liq qayta tiklash qiymati, ya’ni agar tashkilot qayta baholash sanasida mavjud bo'lgan bozor narxlari va tariflari bo'yicha ularni xuddi shunday yangi obyektlarga to'liq almashtirishi shart bo'lsa, u amalga oshirishi kerak bo'lgan xarajatlaming to'liq qiymati belgilanadi.
Ma’naviy eskirgan obyektlaming to'liq qayta tiklash qiymati, obyektlaming ma’naviy eskirishi tegishli narxlar va tariflarning o'zgarish darajalari va sur’atlarida aks etishidan kelib chiqib, ularni tayyorlashga doir mavjud xarajatlar asosida, qayta baholash sanasida mavjud bo'lgan narxlar va tariflar bo'yicha belgilanadi.
Ishlab chiqarishdan chiqarilgan obyektlaming to'liq tiklash qiymatini belgilash paytida ulaming aniq nusxasini tayyorlash uchun narxlar va xarajatlarni hozirgi sharoitda belgilash amalda mumkin emasligi sababli, ushbu qiymat ilgari chiqarilgan va hozirgi obyektlaming eng muhim foydalanish xususiyatlariga nisbatan tuzatishlar kiritilgan, ishlab turgan xuddi shunday chiqarilayotgan obyektlaming to'liq qayta tiklash qiymati asosida o'rin egallash qiymati sifatida belgilanadi.
Texnik holatidan qat’iy nazar tashkilotning mulkida, uning xo'jalik yuritishi (ishlab turgan va foydalanilmayotgan) turgan, konservatsiyada
turgan, hisobdan chiqarish uchun tayyorlab qo'yilgan, lekin belgilangan tartibda tegishli dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilmagan, barcha asosiy vositalarqaytabaholanishikerak.
Asosiy fondlaming to‘liq qayta tiklash qiymati tashkilotning xohishiga qarab, alohida obyektlar qiymatini yilning 1-yanvarida shakllangan baholanayotgan obyektlarga aynan o‘xshash, yangi obyektlarga doir hujjatlar asosida tasdiqlangan bozor narxlari bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri qayta hisoblash yo‘li bilan (matn davomida-«To‘g‘ridan-to‘g‘ri qayta baholash usuli») yoki-asosiy fondlar turlari va eskirish foizi bo‘yicha tabaqalashtirilgan, asosiy fondlar qiymatining o‘zgartish indekslarini qo‘llagan holda alohida obyektlarning dastlabki (qayta tiklash) qiymatini indekslash yo'li bilan (matn davomida-«Indeks usuli») belgilanadi. Bunda asosiy fondlaming bir turdagi obyektlari bo'yicha (rusumlar, turlar va hokazolar bo'yicha) yagona usul qo'llaniladi.
Qayta baholashni tashkilot mustaqil ravishda yoki qonunchilikka muvofiq baholash faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga ega bo'lgan ekspert mutaxassislarni jalb etish bilan amalga oshiradi.
«To'g'ridan-to'g'ri qayta baholash usuli» qo'llanilganda obyektlarning to'liq qayta tiklash qiymatini hujjatlar asosida tasdiqlash uchun tashkilotning xohishiga muvofiq quyidagilardan foydalanish mumkin:

  1. ishlab chiqaruvchi tashkilotlardan va ulaming rasmiy dilerlaridan, tovar-xomashyo birjalari, ko'chmas mulk birjalaridan yozma shaklda ohngan xuddi shunday mahsulotga doir narxlar to'g'risidagi ma’lumotlar;

  2. qayta baholash sanasiga va asosiy vositalarni xarid qilish sanasiga bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki kurslari nisbati sifatida belgilanadiganhisob-kitobkoeffitsientiniqo'llaganholdaasosiyvositalarning xarid qilish sanasida erkin amal qiluvchi valutalardagi qiymati (tasdiqlovchi hujjat mavjud boiganda) to'g'risidagi ma’lumotlar;

d) tegishli davlat organlarida mavjud bo'lgan narxlar darajasi
to'g'risidagi ma’lumotlar;
e) qayta baholashni o'tkazish davrida ommaviy axborot vositalari
va maxsus adabiyotlarda e’lon qilingan narxlar darajasi to'g'risidagi
ma’lumotlar;
f) asosiy vositalar qiymati to‘g‘risida baholovchi hisoboti.
Asosiy vositalarni qayta baholashda «Indeks usuli»ni qo‘llash uchun navbatdagi qayta baholash bo'yicha tegishli indekslami O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo'mitasi har yil 31 dekabrgacha ishlab chiqadi va ommaviy axborot vositalarida rasmiy e’lon qiladi.
Yuqorida keltirilgan qayta baholash usullarini qo'llash yo'li bilan asosiy vositalaming balans qiymati ulami qayta tiklash qiymatigacha ko'payishi(kamayishi)buxgalteriyahisobidaasosiyvositalaminghisobga oluvchi subschyotlaraing debeti (krediti) bo'yicha «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti bilan korrespondensiyalanib qayd qilinadi.
Indekslash yo'li bilan asosiy vositalarni qayta baholanganda buxgalteriya hisobida qayta baholash o'tkazish sanasi holati bo'yicha turgan asosiy vositalaming (shu jumladan eskirishi to'liq hisoblangan obyektlar) eskirish summasini ulami qayta tiklash qiymatiga qayta hisoblash chog'ida asosiy vositalar qiymatini o'zgartirishning tegishli indekslariga ko'paytirish kerak bo'ladi.
Asosiy vositalarni «To'g'ridan-to'g'ri qayta baholash usuli» bilan qayta baholash chog'ida buxgalteriya hisobida turgan eskirish summasi qayta baholashdan keyingi qayta tiklash qiymatining qayta baholashgacha bo'lgan qiymatga nisbati bilan hisoblab chiqariladigan qayta hisoblash koeffitsienti bo'yicha indekslanishi kerak.
Yuqorida keltirilgan tartibda hisoblab chiqarilgan eskirish summasi bilan ko'rsatilgan asosiy vositalar bo'yicha qayta baholashgacha bo'lgan eskirish summasi o'rtasidagi farq «Asosiy vositalaming eskirishi» subschyotining krediti (oshib ketgan taqdirda) yoki debeti (kamaygan taqdirda) bo'yicha «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti bilan korrespondensiyalanib aks ettiriladi.
Tashkilotning balansida qayta baholashgacha turgan va 1 yan-vargacha foydalanishga kiritilgan asosiy vositalar balans qiymatining qayta tiklash qiymatigacha ko'payishi buxgalteriya hisobida quyidagi qayd qilinadi.
Qayta baholash natijasida asosiy vositalar balans qiymatining ko‘-payishiga tashkilot buxgalteriyasida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 010 013, 015-019 «Asosiy vositalan> subschyotlari; Kredit 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti. Qayta baholash natijasida asosiy vositalaming eskirish summasini ko‘payishiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi: Debet 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti; Kredit 020 - «Asosiy vositalaming eskirishi» subschyoti.

Download 127.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling