1. atb " Hamkorbank" Toshkent shahri filalida tarixi va ustavi bilan tanishib chiqish
Download 213.14 Kb.
|
hamkor bank toshkent
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bank boshqaruvi
- Bank tashkiliy tuzilmasi
- MIJOZLAR VA ISHBILARMON HAMKORLAR BILAN MUNOSABATLAR
Bank kengashiIbragimov Ikram Ibragimovich Kengash raisi Biografiyasi
Abdurashitov Zakir Nuraxmatovich Kengash A'zosi Biografiyasi
Verner Klaes Kengash A'zosi Biografiyasi
Juraev Shokir Jumaevich Kengash A'zosi Biografiyasi
Bank boshqaruviXasanov Jasur Ibragimovich Boshqaruv raisi Biografiyasi
Turajanova Olmahon Yusupjanovna Boshqaruv raisi o'rinbosari Biografiyasi
Axmadjonov Baxodir Athamjonovich Boshqaruv raisi o'rinbosari Biografiyasi
Mirzaev Alisher Anvarovich Boshqaruv raisi o'rinbosari Biografiyasi
Soliev Ulugbek Jo'raboyevich Tavakkalchiliklarni boshqarish departamenti Telefon: 0 371 298-10-00 Biografiyasi
Bank tashkiliy tuzilmasiBOSHQARUV RAISI
BOSHQARUV RAISI O'RINBOSARI
BOSHQARUV RAISI O'RINBOSARI
DEPARTAMENTLAR
FILIALLAR TARMOG'I MIJOZLAR VA ISHBILARMON HAMKORLAR BILAN MUNOSABATLAR:Mijozlar, ishbilarmon hamkorlarimiz bilan bo’lgan munosabatlarimiz professionallik, halollik, insoflik, o’zaro bir biriga hurmat va ishonch, Mijoz manfaatlarining ustuvorligi, majburiyatoarning buzilmasligi, zaruriy ma’lumotlarning to’liq ko’rinishda namoyon bo’lishi, sudda ishni ko’rishga nisbatan muzokaralarning ustuvorligi tamoyillariga asoslanib quriladi. Bank mijozlarga xizmat ko’rsatishning eng oliy standartlariga intiladi va bunda ularning har bittasining manfaatlarini himoya qiladi. Bank o’zining sodiqligini ochiq-oydin e’lon qiladi va halol raqobat, jinoiy yo’l bilan olingan daromadlarning legalizatsiya (yuvib ketilishi) qilinishiga qarshi turishda faol ishtirok etish tamoyillariga rioya qiladi. Bank mijozlari va ishbilarmon hamkorlarining operatsiyalari, hisob raqamlari va omonatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni, shuningdek mijoz,ishbilarmon hamkorning obro’siga, boshqa moddiy yoki moddiy bo’lmagan manfaatlariga zarar keltirishi mumkin bo’lgan boshqa ma’lumotlarni ovoza qilmaydi, agar bunday ma’lumotlarni ochib tashlash O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonidan ko’zda tutilmagan bo’lsa. Bank o’zining faoliyatini mijozlari va aksionerlari manfaatiga mos ravishda olib borib, siyosiy partiyalar va birlashmalarga nisbatan betaraflik tamoyiliga amal qiladi. Хodimlar qonun doirasida tuzilgan va amal qilayotgan partiyalar, uyushmalar va birlashmalarning a’zolari bo’lib turib, siyosiy faollikni namoyon qilishlari mumkin. Biroq bunday faollik bank tashqarisida qolib ketishi, bank manfaatlariga keskin to’g’ri kelmagan holda amalga oshirilmasligi, ish majburiyatlariga to’sqinlik qilmasligi yoki ish paytida amalga oshmasligi lozim. Bank o’zining mijozlarini xalq xo’jaligining barcha sohalarida barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarda, aholining barcha qatlamlari, davlat boshqaruvining institutlari orasida mavjud deb biladi. Bank siyosiy, diniy yoki milliy jihatlarga ko’ra kamsitishni istisno qilgan holda har bitta mijozning manfaatlarini himoya qiladi. Bank mijozlariga nisbatan o’z bo’yniga olgan barcha majburiyatlarni halollik bilan bajaradi va taqdim etilayotgan xizmatlarning yuqori sifatli bo’lishiga harakat qiladi, mijozlari bilan ochiq va vijdonan ishlaydi. Bank barcha operatsiyalarni mijozlari manfaatlariga mos ravishda professionallik va halollik bilan olib borib, mijozlarining topshiriqlarini eng yaxshi natija bilan va eng qisqa muddatlarda bajarilishini ta’minlaydi. Bank mijoziga bankdagi xizmat ko’rsatish tizimidagi o’zgarishlar, yangiliklar va imkoniyatlar to’g’risida o’z vaqtida va to’liq ma’lumot beradi, xizmat ko’rsatishning mavjud bo’lgan variantlarini taklif etadi (professional darajada maslahat beradi), ma’lumotlarning to’liq va yetishish imkoni bo’lishini mijozga xizmat ko’rsatish borasida Bank tomonidan belgilangan hajmda va tarkibda bo’lishini ta’minlaydi. Bank doimo taqdim etiladigan xizmatlar sifatining yaxshilanishi to’g’risida bosh qotiradi, yuz beradigan tushunmovchiliklar va qiyinchiliklarni o’z vaqtida va diqqat bilan ko’rib chiqadi, mijozlarning shikoyatlari va talablarini hal etadi. Bank xodimi mijoz, ishbilarmon hamkor uchun har qanday ko’rinishdagi tavakkalchilikni minimallashtirish uchun barcha kuchini safarbar etadi. Bank xodimi mijozlariga, ishbilarmon hamkorlariga yashirincha ustun yoki afzal bo’lgan xizmatlarni ko’rsatmaydi. Bank xodimi uchinchi shaxslarga o’z mijozlari, ishbilarmon hamkorlaridan, ularning vakillari yoki affinlashgan shaxslardan pul mablag’larini yetkazib bermaydi, shuningdek Bank xodimi sifatida amalga oshirgan faoliyati uchun mukoffot tariqasida pul mablag’lari olishga imkon beradigan shartnomalarni uchinchi shaxslar bilan tuzmaydi. Bank xodimlari pora deb qabul qilinishi mumkin bo’lgan har qanday to’lovlardan o’zlarini olib qochishlari lozim. Bunday to’lovlar bankning barcha qonun-qoidalari va tamoyillariga zid keladi. Bank xodimi o’z mijozlari, ishbilarmon hamkorlari tomonidan uchinchi shaxslar, ularning vakillari yoki affinlashgan shaxslar orqali har qanday ko’rinishdagi sovg’a-salomlarni qabul qilishga yoki berishga haqi yo’q, agar bunday qabul qilish yoki berish shaxsiy va korporativ manfaatlarda ziddiyatni yuzaga keltirishi mumkin bo’lsa. Bank xodimi Bank, Banklar tuzilmasi nomidan tadqiqot olib borishga va mijozga, ishbilarmon hamkorga baho berishga haqi yo’q, agar bunday holat uning Bankdagi xizmat vazifalari bilan bog’liq bo’lmasa. Download 213.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling