1. atb " Hamkorbank" Toshkent shahri filalida tarixi va ustavi bilan tanishib chiqish


Download 213.14 Kb.
bet1/16
Sana27.02.2023
Hajmi213.14 Kb.
#1235243
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
hamkor bank toshkent


Mundarija


Kirish
1. ATB “ Hamkorbank” Toshkent shahri filalida tarixi va ustavi bilan tanishib chiqish
2. AITB Hamkorbank Toshkent shahri filalining tashkiliy tuzilishi va vazifalari bilan tanishib chiqish
3. AITB Hamkorbank Toshkent shahri filalining umumiy faoliyati bilan tanishish
4. AITB Hamkorbank Toshkent shahri filalida ish yuritish va hujjatlar (qog‘oz va elektron shaklda) aylanishi bilan tanishish
5. AITB Hamkorbank Toshkent shahri filalining barcha bo‘limlari ish jarayoni bilan tanishib chiqish
Хulosa
Adabiyotlar ro’yhati
Ilovalar
Kirish
Men AITB “Hamkor bank” Toshkent shahri filalida amaliyotimni o’tadim. “Hamkor bank ” bank faoliyati bilan tanishib chiqdim. O‘zbekiston davlat mustaqililiga erishgan dastlabki yillardan boshlab milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning o‘ziga xos yo‘nalishini belgilab oldi. Bugungi kunda rivojlangan investitsion faoliyatning yo‘lga qo‘yilishi hukumatimiz olib borayotgan oqilona investitsiya siyosatining natijalaridan biri ekanligini ta’kidlab o‘tilganidek, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurilish, eksport imkoniyatini kengaytirish sohasida belgilangan yo‘nalishlar kuchli investitsiya siyosatini o‘tkazish bilangina ro‘yobga chiqadi. Shu bilan birga, Prezidentimiz “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” asarida ta’kidlaganidek “Mamlakatimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya muhitining yaratilganligi asosiy omil bo‘lib kelmoqda”.
Keng ma’noda, investitsiya deganda turli shakllarga, moddiy ishlab chiqarish va moliyaviy aktivlarga bo‘sh turgan pul mablag‘larining kapital qo‘yilmasini tushunamiz.Investitsiya siyosati har qanday davlatning iqtisodiy rivojlanishi va unda ishlab chiqarishni kengaytirishning eng asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Shunday ekan, milliy iqtisodiyotni har tamonlama rivojlantirish faol investitsiya siyosatini yurgazishni talab qiladi. Shunga ko‘ra, iqtisodiyotni faol rivojlantirish keng miqiyosdagi investitsiyalarni talab qiladi. Bank sektorining asosiy vazifalari pul mablag'larini jamg'arish va ularni kredit va investitsiyalarga aylantirish hisoblanadi, omonatchilar va banklarning boshqa kreditorlari oldida ishonchni mustahkamlash, ularning manfaatlarini himoya qilish hisoblanadi.
Demak, Investitsiyalar har qanday iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuch ekan, barcha imkoniyatlarimizni ishga solib iqtisodiyotimizga yo‘naltiriladigan investitsiyalar hajmini oshirishimiz lozim. Hozirga qadar investitsiya tushunchasi mohiyatini iqtisodchi olimlar turlicha talqin qilib keladilar. Ayrim iqtisodchilar uni “tadbirkorlik faoliyatiga daromad olish maqsadida safarbar etilgan barcha turdagi boylik” deb tushunsalar ayrimlar lotincha so‘z bo‘lib, “solmoq“ degan ma’noni anglatgan holda “kapital solish” deb ta’riflaydilar.
Rivojlanayotgan mamlakatimizni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish borasida kadrlar tayyorlashning mazmun-mohiyatini tubdan qayta ko’rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oily malumotli yetuk mutaxasislar tayyorlashga zarur shart sharoitlar yaratish maqsadida O’zbekiston Re publikasi prezidentining 2017-yil 7- fervalda qabul qilgan “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-son farmoni va 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarning ishtirokini yanada kengaytirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-son qarorlar qabul qilindi.Ushbu qabul qilingan qarorlarda keltirib o’tilgan qator vazifalarni bajarilishini ta’minlash asosiy bosh maqsad qilib belgilanadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 1998-yil 30- oktabrdagi 305- sonli buyrug’I bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talablarining malakaviy amaliyoti haqida” nizom talablari asosida ishlab chiqarilgan bo’lib, bundan maqsad nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va bu nazariy bo’limlarni amaliyot bilan mustahkamlash, kasb layoqati va ko’nikmalarni shakillantirishdan iborat.



Download 213.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling