1. atb " Hamkorbank" Toshkent shahri filalida tarixi va ustavi bilan tanishib chiqish


Amaliyot ish joyida bajariladigan ishlar


Download 213.14 Kb.
bet3/16
Sana27.02.2023
Hajmi213.14 Kb.
#1235243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
hamkor bank toshkent

Amaliyot ish joyida bajariladigan ishlar

1-xafta

AITB Toshkent shahri filalida tarixi va ustavi bilan tanishib chiqish.
AITB“ Hamkorbank” Toshkent shahri filalining tashkiliy tuzilishi va vazifalari bilan tanishib chiqish

2-xafta


AITB Hamkorbank Toshkent shahri filalining umumiy faoliyati bilan tanishish

3-xafta

AITB Hamkorbank Toshkent shahri filalida ish yuritish va hujjatlar (qog‘oz va elektron shaklda) aylanishi bilan tanishish

4-xafta

AITB Hamkorbank Toshkent shahri filalining barcha bo‘limlari ish jarayoni bilan tanishib chiqish.


Amaliyot ob’yekti faoliyatiga tegishli ma’lumotlar asosida malakaviy amaliyot hisobotini tayyorlash.



III. Amaliyotning mavzular bo‘yicha taqsimlanishi.
1. AITB Hamkorbank Toshkent shahri filalining tarixi va ustavi bilan tanishib chiqish
Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bank 27 yil ichida Respublikaning barcha ma’muriy mintaqalarini qamrab olgan keng tarqalgan filiallar tarmogʻini shakllantirdi. Hozirda Bank 190 dan ortiq xizmat koʻrsatish shoxobchalariga ega boʻlib, 40 ta filial, 158 ta mini-bank. Shuningdek, bank 6 ta shu’ba kompaniyasini tashkil etdi va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻydi.
50 dan ortiq bank mahsulotlari va moliya xizmatlarini taklif etayotgan Bank mijozlarning keng doirasiga xizmat koʻrsatmoqda. Xizmat koʻrsatishning keng tarmogʻi bank mijozlar uchun yanada jozibali va qulay boʻlishiga koʻmaklashmoqda. Yuridik shaxslar, jumladan, yirik kompaniyalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari, mikrofirmalar, shuningdek, xususiy tadbirkorlar va jismoniy shaxslar bank mijozlari hisoblanadi.
Bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlari Oʻzbekiston iqtisodiyotining real sektorini kreditlash, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va yangi ish oʻrinlarini yaratishga koʻmaklashish maqsadida texnik va texnologik modernizatsiyalash boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishdan iborat. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash bank faoliyatida alohida oʻrin tutadi. Bunda bank, mamlakat moliyaviy bozorini rivojlantirishdan tashqari, oʻz omonatchilari, mijozlari va aksiyadorlari manfaatlarini ham yuqori qoʻyadi.
Mikromoliyalashtirish, kichik biznes sub’ektlarini kreditlash, savdoni moliyalashtirish va institutsional taraqqiyotga texnik koʻmak berish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan xalqaro moliya institutlari (XMI) bilan 10 yildan ortiq vaqtdan buyon muvaffaqiyatli hamkorlik olib borilayotgani Bank ishonchliligi va barqarorligi koʻrsatkichidir. XMI bilan hamkorlik bank rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Xalqaro va mahalliy kapital bozorlariga muvaffaqiyatli tarzda kirib borishi va ishonchli qarz oluvchi sifatida obroʻ-e’tibor qozonishi xalqaro investorlar tomonidan Bankka boʻlgan ishonch tobora oʻshib borayotgani dalilidir. Bank aksiyalarining bir qismi Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC) va Gollandiya banki (FMO) tomonidan xarid qilinishi buning isboti boʻldi va bu bankning investitsion jozibadorligini ancha yuksaltirdi.
Mijozlar va biznes boʻyicha hamkorlar oldidagi majburiyatlarning aniq bajarilishi, shuningdek, amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilinishi bankka oʻz obroʻ-e’tiborini doimiy ravishda oshirib borishga yordam bermoqda. Bankning barcha moliyaviy hisobotlari 1999 yildan boshlab xalqaro auditorlik kompaniyalari tomonidan mustaqil tekshiruvdan oʻtkazilmoqda. Bankning kreditga qodirligi va moliyaviy barqarorligi 2007 yildan boshlab xalqaro reyting agentliklari tomonidan tasdiqlanmoqda.
Raqobatchilar orasida Bank oʻzini biznes boʻyicha ishonchli hamkor sifatida namoyon etmoqda hamda oʻsish, rivojlanish, samaradorlik va bozordagi hissasini oshirishga intilgan holda oʻz faoliyatini amalga oshirishga harakat qilmoqda.

1991

  • “Andijonbank” aksionerlik tijorat bankiga asos solindi


1992

  • “Тoshkent” Respublika birjasiga a’zo bo’ldi

  • Rossiya banklari assotsiatsiyasiga a’zo bo’ldi


1993

  • O’zbekiston Respublika valyuta birjasiga a’zo bo’ldi

  • O’zbekiston banklari assotsiatsiyasiga a’zo bo’ldi


1994

  • Filiallar tarmog’ining shakllanishi boshlandi


2000

  • Nomi “ Hamkorbank” AТB ga o’zgartirildi

  • Хalqaro audit o’tkazildi


2001

  • Хalqaro Moliya Korporatsiya (ХMK) hukumatning kafolatisiz birinchi kreditni taqdim etdi


2002

  • Jahon banki qishloq xo’jaligi korxonalari tuzilmasini qayta tashkil etish birinchi kredit liniyasini taqdim etdi

  • YeBRR mikromoliyalashtirish uchun birinchi kredit liniyasini taqdim etdi


2005

  • “S.W.I.F.T xalqaro to’lov tizimining ishtirokchisiga aylandi

  • “VISA” to’lov tizimining uyushmaviy a’zosi bo’ldi


2007

  • Хalqaro reytingiga ega bo’ldi.


2008

  • O’zbekistondagi savdo moliyalashtirishi bo’yicha EBRD dasturiga muvofiq eng faol bank deb topildi


2009

  • "Korporativ etika Kodeksi" qabul qilindi

  • Uzoq muddatli korporativ obligatsiyalar ilk bor chiqarildi

  • O'zbekiston respublika tovar xomashyo birjasiga a’zo bo’ldi


2010

  • " Hamkorbank" ning aksioneri bo’lgan xalqaro Moliya Korporatsiyasi Osiyo Тaraqqiyot Banki, xususiy sektorni rivojlantirishning Islom Korporatsiyasi, R-Style Softlab Rossiya kompaniyasi bilan hamkorlik qila boshladi


2011

  • Хalqaro Тaraqqiyot Assotsiatsiyasi bilan bitim tuzildi. Germaniya taraqqiyot banki (KfW) bilan hamkorlik boshlandi


2012

  • "Triple Jump" investitsion kompaniyasi bilan mikromoliyalashtirishni rivojlantirish yo’lidagi birinchi bitim tuzildi

  • VISA International va China Union Pay to’lov tizimlarining plastik kartochkalariga xizmat ko’rsatish va ularni chiqarish bo’yicha xususiy protsessingni tashkil etish loyihasiga asos solindi

  • Bank O’zbekistonda “Тezkor pochta pul o’tkazmalari" tizimining yetakchisi nominatsiyasida g’olib bo’ldi


2013

  • Xalqaro rivojlanish assosiatsiyasi (WorldBank) bankga qo'shimcha kredit liniya ajratdi

  • "GlobalFinance" jurnali Xamkorbankni 2013 yilning Osiyo regionidagi rivojlanayotgan bozorning eng yaxshi banki deb nomladi

  • Bank "CaspianMoneyTransfer" tizimining pul o'tkazmalarini joriy qildi

  • "AsianBanking & Finance" jurnali Xamkorbankni 2013 yildagi O'zbekiston kichik va o'rta biznesi uchun eng yaxshi banki deb nomladi

  • Bank Toshkent shaxrida yangi "Chilonzor" filialini ochdi

  • Bank yangi firma belgisi va logotipni tadbiq etdi va rebrending o'tkazdi

  • XMK (Xalkaro Moliya Korporatsiyasi) bilan tashqi savdoni moliyalashtirish yo'nalishi bo'yicha birinchi kelishuv bitimi tuzildi

  • Bank mijozlarni informatsion qo''llash tizimi - Call Centre ni joriy qildi


2014

  • Galandiya taraqqiyot banki (FMO) bankning ikkinchi aksiyadori bo’ldi

  • Bank chet el kapitali ishtirokidagi bank maqomiga ega bo’ldi

  • «Moody's Investors Service» reyting agentligi bankning reyting baholarini tasdiqladi

  • Shanhay Hamkorlik tashkiloti ishtirokchilarni Moliya - Bank assotsiatsiyasi a’zosi bo’ldi

  • “Bank-Expo” ko’rgazmasida bank “Chet el kredit liniyalarini jalp qilish bo’yicha eng yaxshi bank” va “Innovatsion g’oyalarni qollab-quvatlashga intilgan eng yaxshi bank”

  • Toshkent shahrida “Shayhontohur” filiali ochildi


2015

  • Bank yoshlar va ayol tadbirkorlarni moliyaviy savodxonligini oshirish bo'yicha tadbirlarni uyushtira boshladi;

  • BankExpo ko'rgazmasida “Mijozlarga xizmat ko'rsatish bo'yicha eng zamonaviy bank” va “Chet el kredit liniyalarini jalb qilish bo'yicha eng yaxshi bank” nominatsiyalari g'olibi bo'ldi;

  • Moody's reyting agentligi tomonidan bank reytinglari tasdiqlandi – barcha ko'rsatkichlar bo'yicha “Barqaror”;

  • Bank birinchi marotaba xalqaro pul xaftaligi “Global Money Week -2015”da ishtirok etdi;

  • Bank Markaziy va Sharqiy Yevropa Banklar Assotsiatsiyasini (BACEE) muntazam a'zosiga aylandi;

  • Bank Osiyo Taraqqiyot Bankining O'zbekistondagi etakchi hamkor-banki deb tan olindi;

  • Yangi qurilgan uylarni sotib olish uchun ipoteka kreditlarini joriy etdi;

  • “IBA-EXPRESS” xalqaro pul o'tkazmalari tizimini joriy etdi;

  • Xujjatli amaliyotlar va xalqaro savdo bo'yicha yuqori saviyali hamkorlik uchun Commerzbank AG tomonidan mukofot bilan taqdirlandi.


2016

  • Hamkorbank tashkil topganiga 25 yil bo'lganligi bilan o'z Yubileyini nishonladi;

  • Bankning 25 yillik yubileyiga bag'ishlangan “ Hamkorbank – 25 yil moliya bozorida” deb nomlangan kitobni nashrdan chiqardi;

  • Hamkorbank iFin-2016 “Elektron moliyaviy xizmatlar va texnologiyalar” xalqaro forumda ishtirok etdi;

  • Hamkor Mobile to'lov tizimida “Byudjetga to'lovlar” va “Kontaktsiz kartadan kartaga pul o'tkazish” xizmatlari joriy etildi;

  • “BANKEXPO 2016” ko'rgazmasi natijalariga ko'ra, Hamkorbank “Viloyatlarda “Sog'lom bola va ona” Davlat dasturini faol amalga oshirgan bank” nominatsiyasi g'olibi deb tan olindi;

  • Moody's xalqaro reyting agentligi “ Hamkorbank” ATB ning reytinglarini tasdiqladi. Barcha ko'rsatkichlar bo'yicha barqaror prognozlarga ega bo'ldi;

  • “TFPAward 2016” taqdirlash natijalariga ko'ra Hamkorbank Osiyo Taraqqiyot Bankining O'zbekistondagi etakchi bank-hamkori deb tan olindi;

  • “ Hamkorbank” ATB Boshqaruv Raisining virtual qabulxonasi ishga tushirildi;

  • Inxa Universiteti va Hamkorbank o'rtasida O'zbekistonda internet-banking dasturlarini rivojlantirish bo'yicha kelishuv imzolandi.







Download 213.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling