1. atb " Hamkorbank" Toshkent shahri filalida tarixi va ustavi bilan tanishib chiqish


BANKNING O'Z XODIMLARI BILAN O'ZARO MUNOSABATLARI


Download 213.14 Kb.
bet5/16
Sana27.02.2023
Hajmi213.14 Kb.
#1235243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
hamkor bank toshkent

BANKNING O'Z XODIMLARI BILAN O'ZARO MUNOSABATLARI:


  1. Bank o’z xodimlari bilan munosabatlarini ko’p muddatli hamkorlik va bir-birini hurmat qilish, o’zaro majburiyatlarni so’zsiz bajarish tamoyillariga amal qilgan holda olib boradi.

  2. O’z kadr salohiyatining mustahkamlanishini va rivojlanishini, samarali jamoaviy faoliyatni tashkil etishni Bank o’zining uzoq muddatli, barqaror rivojlanishining asoslaridan biri deb biladi. Bankdagi korporativ madaniyatni takomillashtirish xodimlarning mas’uliyatini va mustaqilligini oshirishga, har bitta xodimda Bank vazifasini va uning oldida turgan strategik topshiriqlarni bajarishga aloqadorlik hissini hosil qilishga qaratilgandir.

  3. Bank uchun murakkab kompleksli vazifalarni yechishga qodir bo’lgan professionallar jamoasini shakllantirish muhim hisoblanadi. Har bitta xodim jamoa a’zosi bo’lib, har kimning ishi umumiy ishga qo’shilgan hissa deb qaraladi, Bank faoliyatining muvaffaqiyatli bo’lishi har bitta xodimning professionalligi, halolligi va ishining sifatiga bog’liqdir.

  4. Har bitta xodim o’zining javobgarligi va lavozim yo’riqnomasida aks etgan qarorlar doirasida o’z faoliyati uchun javob beradi. Kasbiy tayyorgarlikning standartlarini tatbiq etish asosida xodimlarning mas’uliyati va mustaqilligini oshirishga Bank personalni qo’llab-quvvatlashning ahamiyatli omili deb qaraydi.

  5. Bank har bitta xodimga o’zining ijodiy qobiliyatini rivojlantirish va qo’llashga, kasbiy mahoratini oshirishga imkon beradigan shart-sharoitlar yaratishga harakat qiladi. Bank rahbariyati Bankdagi biznes-jarayonlarni va boshqaruv tizimini takomillashtirishga qaratilgan xodimlarning tashabbusini qo’llab-quvvatlaydi.

  6. Bank mehnatga haq to’lash va mukofot berish tizimini xodimlarning o’z ishlaridagi yuqori natijalarga erishishlari yo’lidagi eng asosiy rag’batlantiruvchi element deb biladi va ish haqi darajasining soha darajasiga va mehnatning adekvat bo’lgan yakuniy natijasiga mos ravishda bo’lishiga harakat qiladi.

  7. Bank muntazam ravishda xodimlarning sog’ligi va mehnatining xavfsiz bo’lishiga e’tibor berib keladi. Ishga qabul qilayotgan paytda siyosiy, diniy, milliy va kasbiy sifatlarga aloqasi bo’lmagan boshqa omillarga ko’ra kamsitishga aslo yo’l qo’yilmaydi..

  8. Bank o’z xodimlari bilan munosabatlarini bir-birining manfaatlarini o’zaro hurmat qilish asosida , amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq ravishda xodimlarning huquqlari va javobgarliklarining balansini saqlagan holda quradi.

  9. Bank qanday ko’rinishda bo’lmasin va qanday vositalar orqali amalga oshirilgan bo’lmasin, insoniy fazilatlarning har qanday tahqirlanishiga murosasiz bo’ladi.

  10. Agar birorta xodimga nisbatan uning kamsitadigan yoki tahqirlaydigan holatlar, harakatlar yuz bergan bo’lsa, bu to’g’risida xodim korporativ etika bo’yicha komissiyaga murojaat etishi mumkin.

  11. Bank xodimlari orgtexnikani, nusxa ko’chiruvchi mashinalarni, printerlarni, kanselyariya mollarini, internetni, aloqa vositalarini, Bankning axborot va tarmoq resurslarini shaxsiy maqsadlari uchun ishlata olmaydi. Bank Kodeksning ushbu punktini xodimlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish uchun tegishli xizmatlar va organlar yaratishga haqlidir.

  12. Bank tavakkalchilikni boshqarish madaniyatini rivojlantirishni rag’batlantiradi. Bank xodimi o’z vazifalarini bajarayogan paytda tug’ilishi mumkin bo’lgan tavakkalchiliklarga e’tibor beradi. Bank xodimi bevosita rahbarga va bank tavakkalchiliklarini boshqarish bilan shug’ullanadigan xodimga Bank uchun yo’qotishlarga olib kelishi mumkin bo’lgan tavakkalchiliklarning mavjudligi to’g’risida xabar beradi.

  13. Bank xodimlari bank va uning mijozlari manfaatlarining xodimlarning shaxsiy manfaatlariga nisbatan ustuvor bo’lishi tamoyiliga amal qilishlari lozim.

  14. Bank xodimi birovdan boshqa ishga o’tish to’g’risida taklif kelib tushsa yoki boshqa ishga o’tishga o’zi qaror qilgan bo’lsa, bu to’g’risida shu zahoti bevosita rahbarini xabardor qilishi lozim.

  15. Bank xodimlari parallel ravishda boshqa ish beruvchilar uchun ishlamasliklari, o’zlarining shaxsiy tadbirkorlik faoliyatlarini olib bormasliklari, uchinchi shaxslarning ayrim ishlari yoki buyurtmalarini bajarmasliklari lozim, bunday faoliyat xodimlarning o’z mehnat majburiyatlarini amalga oshirishlari bilan ziddiyatga olib kelmasligi lozim.

  16. Bank xodimi Bankning, sho’’balarning va unga bog’liq bo’lgan tuzilmalarning obro’siga, boshqa moddiy bo’lmagan yoki moddiy manfaatlariga zarar keltirishi mumkin bo’lgan vaziyatlarning yuzaga kelishiga yo’l qo’ymasligi lozim.

  17. Хodimlar bankning samarali ishlashini ta’minlash maqsadida o’z qarindoshlari va mahalladoshlariga ishga qabul qilish paytida yoki xizmatda ko’tarilish paytida yordam berish kabi ahloqsiz odatdan voz kechishlari kerak. Bank kadrlarni tanlab olish va yuqori lavozimga ko’tarish paytida ko’nikmalar va kasbiy mahoratning musobaqalashish tamoyiliga amal qiladi.

  18. Bank xodimi qonunchilik, ushbu Kodeks, Bankning ichki hujjatlariga mos ravishda xizmatiga aloqador bo’lgan barcha yozuvlarni olib boradi va ularni saqlaydi, bank to’g’risidagi, mijozlar to’g’risidagi ovoza qilishga ta’qiqlangan xizmat ma’lumotlarini ovoza qilmaydi va tarqatmaydi, shuningdek xizmat ma’lumotlaridan o’z shaxsiy manfaatlari yoki affinlashgan shaxslar manfaati uchun foydalanmaydi.

  19. Хizmat burchi yuzasidan bank axborotlariga yetishishi ruxsat etilgan shaxslar xizmat sirlarini oshkora qilganliklari uchun qonun tomondan belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.




  • Filiallar

  • Minibanklar

  • Infokiosklar

Nomi
Manzil
Ish vaqti
Toshkent shahri filiali
Toshkent shahri, Amir Temur ko'chasi, 149-uy
Telefon: (0-366) 210-08-00
Dushanba-Juma:
09:00 dan 17:00 gacha
Shanba-Yakshanba:
dam olish

Download 213.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling