1. Atmosfera haqida tushuncha. Atmosferaning tuzilishi va tarkibi
Download 64 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 Strahler, Alan H, “Introducing physical geography”, 93
- 3 Strahler, Alan H, “Introducing physical geography”.
Mo‘tadil havo massalari mo‘tadil kengliklarda vujudga keladi va xilma – hilligi bilan ajralib turadi. Mo‘’tadil mintaqaning kontinental havosi materiklar ustida shakllanadi. Ular yil fasllari davomida o‘zgarib turadi. Yozda havo kuchli qiziydi va sernam bo‘lib qoladi. Qishda kuchli sovib ketadi va quruq bo‘lib qoladi. Mo‘’tadil dengiz havosi okeanlar ustida tarkib topadi, sernamligi va mo‘’tadil harorati bilan ajralib turadi. Qishda mazkur havo massalari iliqlik va yomg‘ir olib keladi, yozda esa salqin, yomg‘irli ob – havoni olib keladi.Arktika va Antarktika havo massalari muz va qorlar ustida shakllanadi. Qishda juda sovib ketadi, ayniqsa qutbiy tunlar davrida. Mazkur havolar past harorat, nisbiy namlikning kamligi va tiniqligi bilan ajralib turadi. Kontinental havo massalari Grenlandiya, Antarktida va qutbiy orollar ustida tarkib topadi. Dengiz havo massalari Shimoliy Muz okeani va janubiy okeanning ochiq joylarida vujudga keladi.Talabalar bilimini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 1. Atmosfera tarkibining shakllanish bosqichlarini gapirib bering. 2. Atmsferaning doimiy tarkibini tahlil qiling va aylana diagramma chizing. 3. Nima sababdan atmosfera qatlamlari vujudga kelgan? 4. Troposferada qanday jarayonlar sodir bo‘ladi? Sababini tushuntirib bering. 5. Stratosfera va mezosfera xususiyatlarini tushuntirib bering. 6. Qutb yog‘dusi qaysi qatlamda vujudga keladi? 8.Ozon qatlami, xususiyatlari, holati to‘g‘risida o‘rtoqlaringiz bilan bahs-munozara o‘tkazing. 9.Termosferaning boshqa qatlamlardan farq qiluvchi jihatlari haqida nimalarni bilasiz? 10. Havo massalari nima? Ular qanday xususiyatlarga ega? 1 Strahler, Alan H, “Introducing physical geography”, 93-94 bet (mazmun-mohiyatidan foydalanildi)2 Strahler, Alan H, “Introducing physical geography”. 94-b, (mazmun-mohiyatidan foydalanildi).3 Strahler, Alan H, “Introducing physical geography”.114-116- b, (mazmun-mohiyatidan foydalanildi).4 Strahler, Alan H, “Introducing physical geography”. 95-97-b, (mazmun-mohiyatidan foydalanildi).5 V.Ettwein and M. Maslin. «Physical geography: fundamentals of the physical environment». 2003, 34-б (mazmun-mohiyatidan foydalanildi). Download 64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling