1. Atmosfera. Tashqi nafas va boshqa nafas bosqichlari Nafas organlarning tuzilishi O‘pka hajmlari
Nafas jarayonlarining boshqarilishi
Download 439.13 Kb.
|
13Nafas tizimining tuzilishi va yoshga oid xususiyatlari
4.Nafas jarayonlarining boshqarilishi.
Nafas olish jarayoni uzunchoq miyadagi markazlar orqali nerv va gumoral yo‘l bilan boshqarib turiladi. Nafas olish markazini boshqaruvchi neyronlar guruhi uzunchoq miyada joylashgan bo‘lib, uning buzilishi nafasning to‘xtalishiga olib keladi. Nafas olish markazi ikki – inspiratory va ekspirator qismlardan iboratdir. Inspirator qismning qitiqlanishi nafas olishni yuzaga keltiradi. Ekspirator qismning qitiqlanishi nafas chiqarishni yuzaga keltiradi. Nafas olish boshqarishida voraliev ko‘prigidagi maxsus markazlar faoliyatiga ham bog‘liq. Nafas olish va chiqarish jarayonlarning avtomatik almashinishi undagi moddalar almashinuv jarayonlarga bog‘liq. Nafas olish markazidan boshlangan ritmik impulslar efferent nerv tolalari orqa miya orqali o‘tib diafragma pardasi yonida va qovurg‘alararo motoneyronlarga yetib borib, nafas olish va chiqarish jarayonlarini ta’minlaydi. Bundan tashqari, nafas olishning tez yoki sekin bo‘lishi qon tarkibida kislorod va karbonat angidridning qanchalik oz yoki ko‘pligiga ham bog‘liq. Bu yo‘l bilan nafas olishning idora qilinishi - gumoral boshqarilish deyiladi. Qon tarkibida oz bo‘lsada karbonat angidrid konsentratsiyasining oshishi nafas olish markazining qitiqlanishini kuchaytiradi va oqibatda nafas olish tezlashadi, aksincha qonda kislorodning oshib ketishi nafas olish tezligini susaytiradi. Yana aorta ravog‘i va uyqu arteriyasi devorlarida joylashgan xemoretseptorlar ham qon tarkibida karbonat angidrid ko‘payishi bilanoq qitiqlanib, nafas olish markazining qo‘zg‘alishiga sabab bo‘ladi. Qon tarkibidagi har xil mediatorlar, jumladan, adrenalin, noradrenalin va atsetilxolin o‘z navbatida nafas olish markaziga ta’sir etib, nafas olish harakatlarini kuchaytirib yuboradi. Adashgan nerv shoxchalari orqali nafas olish markaziga doimiy sur’atda afferent impulslar borib turadi, nafas olish paytida brogan impulslar nafas olish harakatini tormozlanishiga olib kelsa, nafas chiqarish vaqtida brogan impulslar nafas chiqarish jarayonini tormozlanishiga olib keladi. Nafas olish markazi tananing boshqa qismlaridan brogan impulslarga ham javob beradi (tormozlanish yoki qo‘zg‘alish bilan). Masalan, ammiak bug‘ini hidlash natijasida burun-tomoq yo‘lidagi retseptorlar qitiqlanib, nafas olish harakatining tormozlanishiga olib keladi. Qovurg‘alararo muskullar va qorin muskullaridan boradigan impulslar nafas olish markazi ishiga eng faol ta’sir ko‘rsatuvchi impulslar hisoblanadi. Shuning uchun ham qorin muskullariga berilgan kuchli zarba ma’lum vaqt oralig‘ida nafas olishni to‘xtatib, hushdan ketishga olib keladi. Nafas olish harakatlari bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘i tomonidan umumiy nazoratga olinib, shartli reflektor yo‘l bilan boshqarilib boriladi. Shartli reflektor yo‘l bilan nafas olishning boshqarilishiga ixtiyoriy ravishda nafasning olish va chiqarishlar tezligini va chuqurligini o‘zgarishini misol qilib olishimiz mumkin. Download 439.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling