1. Atom tuzilishi to’g’risida tarixiy ma‘lumotlar. Atom tuzilishining yadro nazariyasi. Atom yadrosini sun‘iy yo’l bilan parchalash


-ma’ruza: MODDALARNING AGREGAT VA FAZOVIY HOLATLARI


Download 147 Kb.
bet5/5
Sana14.11.2021
Hajmi147 Kb.
#173836
1   2   3   4   5
Bog'liq
19 ATOM YADROSININ

5-ma’ruza: MODDALARNING AGREGAT VA FAZOVIY HOLATLARI

Reja

1.Qattiq moddalarning geometrik tuzilishi.

2.Ion bog‘li moddalarning kristall tuzilishi.

3. Suyuq va gaz holatdagi moddalning molekulalari orasidagi ta’sir.

Bu kuchlar tabiatini bayon qilishdan oldin moddaning agregat holati hususida qisqacha tо‘xtalib о‘tamiz. Chunki agregat holat ana shu kuchlar bilan bog‘liq.. Ma’lumki, moddalar asosan tо‘rt xil garegat holatda6 qattiq, suyuq, gaz, shuningdek, plazma holatda bо‘ladi. Plazma holat juda yuqori temperatura (million gradus va undan ortiq) da atomlar parchalanib, “yalong‘och” yadro va alohida elektronlar “aralashmasi” hosil bо‘lganda vujudga keladi. Quyosh va ba’zi yulduzlar plazma holatidadir.

Qattiq holatidagi moddalar qat’iy bir geogmetrik shakldagi kristall najaralardan tashkil topgan bо‘ladi. Bunday geogmetrik shakllar asosan yettita: kub, trigonalb, ortorombik, monoklinik, triklinik, geksagonal va romboedrik.

Panjara uchlarida qanday zarrachalar turishiga qarab, kristall panjaralar ion, kovalent, molekulyar va metall turlarga ajratiladi. Ion kristall panjaralarda panjara uchlarida ionlar turadi va har bir musbat yoki manfiy ion hamma tomondan qarama – qarshi zaryadli ionlar bilan qurshab olingan bо‘ladi. Ionlar о‘rtasidagi tortishish kuchlari elektrostatik tabiatga ega.



Kristall panjara uchlarida turgan har bir ion amplitudasi uncha katta bо‘lmagan tebranma harakatda bо‘ladi, lekin ular aylanma harakatda bо‘lmaydi va panjara uchlaridan uzoqqa siljiy olmaydi. Bunday harakt faqat ion panjarali moddalar emas, balki jamiki qattiq holatdagi moddalr (kristall panjara uchlarida atom yoki molekulalar turishidan qat’iy nazar) uchun xosdir. Ion birikmalar, jumladan barcha qattiq moddalardagi panjara uchlarida turgan zarracha (ion, atom, molekula) lar tebranma issiqlik harakat energiyasi shu zarrachalar о‘rtasidagi tortishishi energiyasidan kichik bо‘ladi, shuning uchun ham panjara uchlaridagi zarrachalar о‘z о‘rnida saqlanib turadi. Tarkibida elektromanfiyligi bir-biridan keskin farq qiladigan atomlar tutuvchi molekulalar ion – panjaralar hosil qiladi. Bunga misol qilib osh tuzi molekulasining kristall panjarasini kо‘rsatish mumkin. Ion bog‘ energiyasi yuqori bо‘lgani uchun uni uzish qiyin va shunga kо‘ra ion birikmalarning suyuqlanish temperaturasi juda yuqori. Qolaversa, ion panjaralarda ionlar о‘rtasidagi masofa haddan tashqari kichik (ionlar bir – biriga juda yaqin turadi, bu hususiyat barcha kovalent va molekulyarpanjarali qattiq moddalar uchun ham xos) bо‘lganidan ularning zichligi katta, hajmi esa kichik. Aytaylik, biror qattiq moddani suyuqlantirish zarur.Sarflangan energiya panjaradagi zarracha (ion, atom, molekula) larning issiqlik harakatini oshiradi. Bu harakat energiyasi shu zarrachalarning о‘zaro tortishish energiyasiga yaqinlashganda yoki undan bir oz oshganda zarrachalarning tebranma harakat amplitudasi kuchayadi, ular endi aylanma harakat ham qila boshlaydi. Shuning dek bir – biriga nisbatan siljiydigan blib qoladi va bir – biridan ma’lum masofaga uzoqlashishi mumkin. Bu, shu zarrachalar о‘rtasidagi bog‘ uzildi, demakdir. Moddaning qat’iy geometrik tuzilishi (kristall panjarasi) buzilib, u suyuqlanadi. Lekin zarrachalar hali bir – biri bilan kontaktda bо‘lib turadi. Bir – biriga nisbatan siljiganida (uzoqlashib yaqinlashganda) zarrachalar о‘rtasidagi ximiyaviy bog‘lar uzilib, yangidan hosil bо‘lib turadi. Zarrachalar kristall panjarada zich va ixcham joylashgan, modda suyuqlanganda esa undagi ixchamlik va batartiblik о‘zgaradi. Natijada hajm ortadi, zichligi qattiq holatidagiga nisbatan kamayadi.
Download 147 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling