1. Auditorlarning turlari


O‘zbekiston Respublikasida korxonalar auditini litsenziyalash tizimi


Download 30.95 Kb.
bet2/3
Sana26.03.2023
Hajmi30.95 Kb.
#1296318
1   2   3
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasida audit va uni tartibga solish

2. O‘zbekiston Respublikasida korxonalar auditini litsenziyalash tizimi.
«Auditorlik faoliyali to‘g‘risidagi qonun»ning 21-moddasiga va «Auditorllk faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkitiotlariga litsenziya berish tartibi to‘g‘risida Nizom» ga asosan, O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyati maxsus litsenziya asosida amalga oshiriladi. Auditorlik firmalariga auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya maxsus vakolatli davlat organi (Mohya vazirligi) tomonidan beriladi. Mohya vazirligi:
- auditorlik faoliyatini tartibga soluvehi normativ hujjatlarini, shu jumladan, auditorlik faoliyatining milliy standartlarini o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
- litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga auditorlik tashkiloti tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi hamda uch yilda kamida bir marta m azkur masalalar yuzasidan tekshiruv o‘tkazadi;
- auditor malaka sertifikatini olish uchun da’vogarlarga malaka talablarini belgilaydi;
- auditorlaming respublika jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda auditor malaka sertiílkati olish uchun o‘quv dasturlarini va malaka imtihonlarini topshirish tartibini tasdiqlaydi;
- auditorlaming respublika jamoat birlashmasi ishtirokida auditor malaka sertifikatini olish huquqiga doir malaka imtihonini o‘tkazadi;
- auditorlik tashkiloti rahbarini uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi.
- Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda auditorlik faohyatini amalga oshirishga doir litsenziyaning amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to'xtatib turadi, auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaning amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish yoki uning amal qilishini tugatish hamda litsenziyani bekor qilish to ‘g‘risida sudga murojaat qiladi, shuningdek, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi m a’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi;
- auditorlar malaka sertifikatini beradi, amal qilishini tugatadi va bekor qiladi;
- malaka sertilikatiga ega bo'lgan auditorlar reestrining hamda auditorlik faohyatini amalga oshirishga doir litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotlarining hisobini yuritadi.
«Auditorlik faoliyati to ‘g‘risidagi qonun”nmg 22-moddasiga ko‘ra litsenziyaning atnal qilishi quyidagi hollarda to'xtatib turiüshi mumkin:
- auditorlik tashkiloti litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda;
- maxsus vakolatli davlat organining auditorlik tashkiloti ziminasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovclii qarori auditorlik tashkiloti tomon idan bajarilmaganda.
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori ailditorlik tashkilotiga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to'g'risidagi sud qarori auditorlik tashkilotiga va maxsus vakolatU davlat organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Maxsus vakolatli davlat organi yoki sud ütsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga oüb kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun auditorlik tashkilotiga muddat belgilashi shart. Maxsus vakolatli davlat organi litsenziyaning amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga, sud esa o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to'xtatib turishi mumkin. Bunda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun sud qarorida belgilangan muddat olti oydan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini to'xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilgan maxsus vakolatli davlat organi yoki sud ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g£risidagi tasdiqnomani oigan kundan e’tiboran litsenziyaning amal qilishini tiklash to‘g‘risida o‘n kun muddat ichida qaror qabul qilishi shart. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklash to‘g‘risidagi m a’lumotlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi kerak. Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyaning amal qilishini to'xtatib turish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinislii mumkin. Sud ütsenziyaning amal qilishini to'xtatib turishni asossiz deb topgan taqdirda, maxsus vakolatli davlat organi auditorlik tashkiloti oldida unga yetkazügan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi. Qoidabuzarlikfci yo‘l qo‘yügani uchun auditorlik tashkiloti litsenzyasini amal qilishini to‘xtatish hollarida mazkur auditorlik tashkiloti rahbaiining malaka sertifikatining amal qilishi ham litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab to‘xtatiladi. «Auditorlik faoüyati to‘g‘risidagi qoaun»ning 23-moddasiga asosan, ütsenziyaning amal qiüshi quyidagi hollarda tugatiladi:
- auditorlik tashkiloti litsenziyaniiig amal qilishini tugatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda;
- auditorlik tashkiloti tugatilganda;
- auditorlik tashkilotining faoliyati u qayta tashkil etilishi natijasida tugatilganda, uning o‘zgartirilishi bundan mustasno;
- auditorlik tashkiloti litsenziya talablari va shartlarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qo'pol ravishda buzganda;
- auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini to'xtatib turishga olib kelgan holatlarni maxsus vakolatli davlat organi yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
- maxsus vakolatli davlat organining litsenziya berish to‘g‘risidagi qarori qonunga xilof ekanligi aniqlanganda.
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori auditorlik tashkilotiga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi sud qarori auditorlik tashkilotiga va maxsus vakolatli davlat organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida litsenziya maxsus vakolatli davlat organiga qaytarilishi va yo‘q qilinishi kerak. Litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi ina’lumot ommaviy axborot vositalarida e’ion qilinishi kerak. Litsenziyaning amal qilishi uning amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi. «Auditorlik faoliyati to‘g‘ risidagi qonun»ning 24-moddasiga binoan, litsenziya quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
- auditorlik tashkiloti litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda;
- litsenziya soxta huiiatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda;
- agar auditorlik tashkiloti litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqida xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran uch oy ichida maxsus vakolatli davlat organiga litsenziya berganlik uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoki litsenziya sbartnomasini imzolamagan bo‘lsa.
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori auditorlik tashkilotiga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi sud qarori auditorlik tashkilotiga va maxsus vakolatli davlat organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Auditorlik tashkiloti litsenziyani bekor qilish to’g'risidagi qarorni oigan kiindan e’tiboran o‘n kim ichida litsenziya maxsus vakolatli davlat organiga qaytarilishi va yo‘q qilinislii kerak. Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi m a’luraot ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi kerak. Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, htsenziya u berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan deb hisoblanadi. Maxsus vakolath davlat organining htsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud htsenziyani bekor qilishni asossiz deb topgan taqdirda, maxsus vakolath davlat organi auditorlik taslikiloti oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi. «Auditorlik tashkilotlari to'g'risidagi Nizom»i ga asosan auditorlik tashkilotlariga nisabatan qo‘yiladigan litsenziyalash talab va shartlari qatoriga quyidagilar kiradi:
- «Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun», Auditorlik faoliyatining milhy standartlari va boshqa qonun — hujjatlarga to‘hq va qat’iy amal qilish;
- litsenziya olayotganda mazkur nizomda nazarda tutilgan miqdordagi ustav kapitaliga ega bo'lish;
- faqat auditorlik faohyathii amalga oshirish;
- fuqarolik mas’uhyatini sug'urta qilish polisiga ega bo‘lish;
- mazkur nizomda nazarda tutilgan miqdordagi auditorlar shtatiga ega bo‘lish;
- audit tekshiruvida to‘plangan m a’lumotlarni tijorat siri sifatida sir saqlash;
- auditorlik tashkiloti rahbarligiga faqat auditorni tayinlash;
- auditorlik tashkiloti rahbarini uch yilda bir marotaba O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirhgida attestatsiyadan o'tkazish;
- audit tekshiruvi jarayonida mustaqillikni ta’minlash;
- ishonchli auditorlik xulosasi va hisobotini taqdim etish.
Shuningdek, «Auditorlik tashkilotlari to‘g‘risidagi Nizom» da auditorlik tashkilotlarini litsenziyalash va qayta litsenziyalash maqsadida auditorlik firmalarining ustav fondiga nisbatan talablar ham belgilab berilgan. Xususan, ushbu Nizomning 10 — 12 bandlariga asosan: - faqat tashabbuskorlik asosida auditorlik tekshinivini amalga oshiruvchi auditorlik tashkilotlari eng kam oylik ish haqining 1500 barobari miqdoridan kam bo‘lmagan ustav kapitahga va shtatida kamida 2 nafar auditorga ega bo‘lishi lozim;
- ustav kapitali 500 mln. so‘mdan ko‘proqni tashkil etgan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari (banklar va sug‘urta tashkilotlaridan lashqari) xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tashabbuskorlik asosida va majburiy audit tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik firmalari eng kam oylik ish haqining 3000 barobari miqdoridan kam bo'lmagan ustav kapilaliga va shtatida kamida 4 nafar auditorga, ularning bittasi xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lishizarur; - barcha xo'jalik yurituvchi subyektlarda audit tekshiruvini o'tkazuvchi auditorlik firmalari eng kam ish haqining 5000 barobari miqdoridan kam bo‘lmagan ustav kapitaliga va shtatida kamida 6 nafer auditoiga ega bo'lishi va ularning kamida ikkitasi xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lishi kerak.
«Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish tartibi to‘g'risidagi nizom»ga asosan («Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvining ahamiyatini oshirish to‘g‘risida» gi Vazirlar Mahkamasining 22. 09. 2000 yil № 365 qaroriga 3-ilova) 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ro'yxatdan o‘tkazilgan auditorlik taslikiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olish maqsadida quyidagi ko‘rinishidagi ariza va hujiatlami taqdim etadi:
- ta’sis hujjatiarining notarial tasdiqlangan nusxalari va 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat ro‘yxatidan o'tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma; - kamida ikki auditorning malaka sertifikatlarining notarial tasdiqlangan nusxalari; - soüq to'lovchining identifikatsion raqami berilgani to‘g‘risida soüq organining ma’himotnomasi; - arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im to‘langanini tasdiqlovchi bankning to‘ lov hujjati. Yuqorida keltirilgan hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi va auditorük tashkilotidan ulardan boshqa hujjatlar talab etilmasligi lozim. Moliya vazirligi 15 kalendar kunida litsenziyani olish uchun berilgan hujjatlami ko‘rib chiqadi va litsenziya berish yoki bermaslik to‘g‘risidagi qaromi qabul qiladi. Hujjatlarni ko‘rib cliiqish uchun yig'im hujiatlar topshirilgan kundagi eng kam ish haqining ikki barobari miqdorida qilib belgilangan. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun htsenziya 5.2-ilova ko‘rinishida bo‘ladi va besh yil muddatga beriladi. Litsenziyalovchi organ htsenziya berish yoki htsenziya berishni rad qilish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganligi to‘g‘risida auditorlik tashkilotiga qaror qabul qilingach uch kun muddatda bildirish xati yuboradi. Auditorlik tashkiloti tomonidan davlat boji to'langanligini tasdiqlovchi hujjat. taqdim etilgan va htsenziya bitimi imzolangandan so‘ ng htsenziya beriladi. Litsenziyani berish uchun davlat boji eng kam ish haqining to‘rt barobari miqdorida qilib belgilangan. Litsenziyalovchi organ auditorlik tashkiloti tomonidan zaruriy darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilganligi, hujjat larda ishonchsiz yoki chalkash ma’lumotlar bo'lgani, shuningdek, auditorlik tashkiloti htsenziya talablari va shartlariga muvofiq emasligi sababli auditorlik tashkilotiga htsenziya berishni rad etishi mumkin. Bu hol sabablarini htsenziyalovchi organ auditorlik tashkilotiga yozma ko‘rinishda bayon etishi kerak. Auditorlik tashkiloti htsenziyaning amal qilish muddati tugashidan ikki oy oldin litsenzyalovchi organga htsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risida quyidagi hujjatlar ilova qilingan ariza taqdim etadi: - ta’sis hujjatiarining notarial tasdiqlangan nusxalari (awalgi ta’sis hujjatlariga o'zgartirish kiritilgan bo'lsa); - auditorlik tashkiloti tarkibida auditorlik tekshiruvlarini amalga oshiruvchi auditorlar to‘g‘risida ma’lumot; - moliyaviy holat to ‘g‘risida ma’lumot;
- ariza ko‘rib chiqish uchun yig‘im to‘langanini tasdiqlovchi hujjat. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaylirishni so‘rab taqdim etilgan arizani ko‘rib chiqish uchun eng kam ish haqi miqdorida yig‘im to'lanadi. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror auditorlik tashkilotidan ariza olingach o‘n kunda qabul qilinadi. Litsenziyaning amal qilish muddati besh yilga nzaytiriladi. Auditorlik tashkiloti qayta tuzilgan, uning o‘mi yoki manziü o‘zgargan holda htsenziya auditorlik tashkiloti qayta ro'yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng bir hafta muddatda litsenziyalovchi oiganga tegishli o‘/.gartirislilami tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda htsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qaror tegishli ariza olingan kundan boshlab besh kun muddatda htsenziyalovchi organ tomonidan qabul qilinadi.
Amal qilish muddati tugamagan, ammo yo'qotib qo‘yilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan litsenziya o ‘rniga, auditorlik tashkilotining arizasiga ko‘ra qonun hujjatlarida belgilangan tartibda dublikat berish mumkin. Bimday hollarda auditorlik tashkiloti yo'qotib qo‘yilgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya haqiqiy emasligi to‘g‘risida ommaviy axborot vosilalarida e’lon qilishi, shuningdek, e’lonni litsenziyalovchi organga taqdim etishi shart. Litsenziya qayta rasmiylashtirilganligi yoki dublikat berilganligi uchun eng kam ish haqi baravarida to‘lov undiriladi. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar auditorlik firmasiga audit tekshiruvini o‘tkazish ta’qiqlanadi. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkiloti quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- audit xizmatini ko‘rsatish davrida «Auditorlik faohyati to‘g‘risidagi qonun” va auditorlik faoliyatining milliy standartlari va boshqa qonun hujjatlariga amal qilish;
- shtatida kamida ikki nafar auditor bo'lishi;
- auditorlik tekshiruvi chog‘ida olingan axborot ning maxllyligini ta’minlash;
- auditorlik teksliiruvini o‘tkazish bo'yicha shartnoma majburiyatlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
- auditorlik tashkiloti rahbarligiga faqat auditomi tayinlash;
- auditorlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida mustaqillikni ta’­ minlash;
- ishonchli auditorlik hisoboti tuzish va auditorlik xulosasi berish;
- faqat auditorlik faoliyatini amalga oshirish;
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustav kapitaliga ega bo'lish;
- fuqarolik mas’uliyatini sug‘urta qilish pohsiga ega bo‘lish.
Litsenziyalovchi organ auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litseziya talablariga amal qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya talablari buzilgan holda litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishiui to‘xtatib turishi yoki mutlaqo to‘xtatishi mumkin. Litsenziyalovchi organ auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotlarining reestrini yuritadi. Unda quyidagi m a’lumotlar ko‘rsatiiadi:
- auditorlik tashkilotining nomi va manzili;
- telefon (faks) raqami;
- hisob-kitob raqami;
- soliq to'lovchining identiiikatsion raqami;
- ta ’sischilaming ustav kapitalidagi ulushlari to‘g‘risidagi axborot;

- tashkilot rahbarining familiyasi, ismi sharifi, malaka sertifikat sanasi, tartib raqami, shuningdek, firmada faoliyat ymituvchi boshqa aiiditorlaming malaka serlifikatlari sanasi, tartib raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlar;


- litsenziya berilgan sana, raqami va amal qilish muddati. Reestrdagi axborot manfaatdor shaxslarning u bilan tanishib chqislilari uchun ochiq hisoblanadi. Bir audilorlik firmasiga nisbatan reestrdan olingan axborot berganlik uchun eng kam ish haqining yarmi miqdorida to‘lov beriladi. Davlat organlariga reyestrdan ma’liunot bepul beriladi. Anditorlik tashkilotlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va hisobotlarini ohb boradi. Auditorlik tashkilotlari litsenziya talablariga amal qilayotganligini O'zbekiston Respublikasi Mohya vazirligi har uch yilda kamida bir marotaba tekshirib turadi.

Download 30.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling