1. Auditorlik dalillar tushunchasi va dalillarga qo‘yiladigan talablar
AXS asosida olingan auditorlik dalillarini auditorlik hisobotida aks ettirish va ularning auditorlik xulosasiga ta’sirini baholash
Download 312 Kb.
|
Kurs ishi oxiri
3. AXS asosida olingan auditorlik dalillarini auditorlik hisobotida aks ettirish va ularning auditorlik xulosasiga ta’sirini baholash.
Auditorlik dalili auditorlik fikri va hisobotini tasdiqlashda zarur boʻladi. U jihatiga koʻra jamlanib boriladi va asosan audit davri mobaynida amalga oshirilgan audit tartib-taomillaridan olinadi. Biroq, u oldingi auditlar (agarda auditor joriy auditga nisbatan oldingi auditning oʻrinliligiga taʼsir etishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlar oldingi auditdan buyon sodir boʻlganligini aniqlaganda5 ) yoki mijozni qabul qilish va davom ettirish boʻyicha firmaning sifat nazorati tartib-taomillari kabi boshqa manbalardan olinadigan maʼlumotlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin. Tadbirkorlik subyektiga nisbatan ichki va tashqi boshqa manbalarga qoʻshimcha tarzda, tadbirkorlik subyektining buxgalteriya yozuvlari auditorlik dalilining muhim manbasi hisoblanadi. Shuningdek, auditorlik dalili sifatida foydalanishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar rahbariyat tomonidan jalb etilgan ekspert ishidan foydalangan holda tayyorlanishi mumkin. Auditorlik dalili ham rahbariyatning taqdimnomalarini asoslaydigan va tasdiqlaydigan maʼlumotlarni ham bunday taqdimnomalarga zid keladigan har qanday maʼlumotlarni qamrab olishi mumkin. Shu bilan birga, ayrim holatlarda maʼlumotlarning mavjud boʻlmasligi (masalan, talab etilgan bildirishnomani taʼminlash yuzasidan rahbariyat raddiyasi) auditor tomonidan foydalaniladi va shu tufayli auditorlik dalilini tashkil etadi. Auditor xulosasini shakllantirishda auditor ishining koʻpgina qismi auditorlik daliliga ega boʻlish va uni baholashdan tashkil topadi. Auditorlik daliliga ega boʻlish boʻyicha audit tartib-taomillari soʻrovga qoʻshimcha tarzda tekshirishni, kuzatishni, tasdiqlashni, qayta hisoblashni, qayta amalga oshirishni va tahliliy tartib-taomillarni va koʻp hollarda ularning ayrim birikmalarini oʻz ichiga olishi mumkin. Soʻrov muhim auditorlik dalilini taʼminlashi mumkin boʻlsada va hattoki buzib koʻrsatish dalilini keltirib chiqarishi mumkin boʻlsada, soʻrovning oʻzi odatda taqdimnoma darajasida muhim buzib koʻrsatish mavjud boʻlmasligining yetarli auditorlik dalilini taʼminlamaydi va xuddi shuningdek nazoratlarning ishlash samaradorligi ham bunda dalilni taʼminlamaydi. AXS 200 da izohlangandek6, qachonki auditor audit riskini (yaʼni, moliyaviy hisobotlar muhim darajada buzib koʻrsatilgan paytda, auditor nooʻrin xulosani ifodalashining riski) maqbul keladigan past darajagacha kamaytirish uchun yetarlicha tegishli auditorlik daliliga ega boʻlganda, oqilona ishonch bildirishga erishiladi. Auditorlik dalilining yetarliligi va mosligi oʻzaro bogʻlangandir. Yetarlilik auditorlik dalilining miqdor oʻlchovi hisoblanadi. Zarur boʻlgan auditorlik dalilining miqdoriga buzib koʻrsatish risklarining auditor tomonidan baholanishi (baholangan risklar qanchalik yuqori boʻlsa, shunchalik auditorlik dalili talab etilishi mumkin) hamda bunday auditorlik dalilining sifati (sifat qanchalik yuqori boʻlsa, shunchalik kam talab etilishi mumkin) taʼsir etadi. Biroq, koʻproq auditorlik daliliga ega boʻlish uning past sifatini toʻldirmasligi mumkin. Moslik auditorlik dalilining sifat oʻlchovi hisoblanadi; yaʼni, auditorlik fikri asoslanadigan xulosalar uchun asosni taʼminlashda uning oʻrinliligi va ishonchliligi. Dalilning ishonchliligiga uning manbasi va jihati taʼsir koʻrsatadi va u uning olinishidagi alohida holatlarga bogʻliq boʻladi. AXS 330 auditordan yetarlicha tegishli auditorlik dalili olinganligi yoki olinmaganli toʻgʻrisida xulosa qilishni talab etadi7. Audit riskini maqbul keladigan past darajagacha kamaytirish uchun yetarlicha tegishli auditorlik dalili olinganligi va bu orqali auditorga auditorlik fikri asoslanadigan oqilona xulosalarni hosil qilishga imkon berish professional mulohaza masalasi hisoblanadi. AXS 200 audit tartib-taomillarining xususiyati, moliyaviy hisobotning oʻz vaqtidaligi va naf va xarajat oʻrtasidagi balans kabi auditor yetarlicha tegishli auditorlik dalili olinganligiga nisbatan professional mulohazani qoʻllaganda oʻrinli omillar hisoblangan masalalarning muhokamasini qamrab oladi. Auditorlik dalilining manbalari Ayrim auditorlik dalili buxgalteriya yozuvlarini testdan oʻtkazish boʻyicha audit tartib-taomillarini amalga oshirish, masalan, tahlil va koʻrib chiqish, moliyaviy hisobot jarayonida qoʻllanilgan tartib-taomillarni qayta amalga oshirish va aynan bir xil maʼlumotlarning tegishli turlarini va qoʻllanishlarini solishtirish orqali olinadi. Bunday audit tartib-taomillarining amalga oshirilishi orqali, auditor buxgalteriya yozuvlari moliyaviy hisobotlarga nisbatan ichki tarzda mutanosib va toʻgʻri kelishini aniqlashi mumkin. Koʻp ishonch bildirish odatda alohida tarzda koʻrib chiqiladigan auditorlik dalili moddalaridan koʻra turli manbalardan yoki turli jihatlardan olingan mutanosib auditorlik dalilidan olinadi. Masalan, tadbirkorlik subyektidan mustaqil boʻlgan manbadan olingan tasdiqlovchi maʼlumotlar buxgalteriya yozuvlari, majlis bayonlari yoki rahbariyat bildirishnomalari doirasida mavjud boʻladigan dalil kabi ichki hosil qilingan auditorlik dalilidan auditor oladigan ishonch bildirishni mustahkamlaydi. Auditor auditorlik dalili sifatida foydalanishi mumkin boʻlgan va tadbirkorlik subyektidan mustaqil boʻlgan manbalardan olingan maʼlumotlar uchinchi tomonning tasdiqnomalarini, tahlilchilarning hisobotlarini va raqobatchilar toʻgʻrisidagi qiyosiy maʼlumotlarni (tayanch sifatidagi maʼlumotlarni) oʻz ichiga olishi mumkin. Auditorlik daliliga ega boʻlish boʻyicha audit tartib-taomillari AXS 315 va AXS 330 orqali talab etilgandek va ularda yanada tushuntirilgandek, auditorlik fikri uchun asos boʻladigan oqilona xulosalarni hosil qilish boʻyicha auditorlik dalili quyidagilarni amalga oshirish orqali olinadi: (a) riskni baholash tartib-taomillari; va (b) keyingi audit tartib-taomillari, qaysiki quyidagilarni qamrab oladi: (i) nazoratlarning testlari, qachonki AXS lar orqali talab etilganda yoki qachonki auditor buni amalga oshirishga qaror qilganda; va (ii) mohiyati boʻyicha tekshirish tartib-taomillar, jumladan mufassal testlar va mohiyati boʻyicha tekshirishning tahliliy tartib-taomillari. AXS 330 da tushuntirilgandek, oldingi auditlardan olingan auditorlik dalili, muayyan holatlarda, mos auditorlik dalilini taʼminlashi mumkin, agarda auditor uning hanuz oʻrinliligini aniqlash uchun audit tartib-taomillarini amalga oshirganda8. Foydalaniladigan audit tartib-taomillarning jihati va muddatiga ayrim buxgalteriya maʼlumotlari va boshqa maʼlumotlar faqatgina elektron shaklda yoki faqatgina davrning maʼlum paytlarida yoki maʼlum davrlarda mavjud boʻlishi mumkinligi toʻgʻrisidagi fakt taʼsir etishi mumkin. Misol tariqasida, tadbirkorlik subyekti elektron savdodan foydalanadigan paytda manba hujjatlari, masalan xarid buyurtmalari va schet-fakturalar, faqatgina elektron shaklda mavjud boʻlishi mumkin, yoki tadbirkorlik subyekti saqlash va murojaatni yengillashtirish uchun tasvirni qayta ishlash tizimlaridan foydalanadigan paytda manba hujjatlari skaner qilingandan soʻng tashlab yuborilishi mumkin. Muayyan elektron maʼlumotlar maʼlum davrdan soʻng tiklanmaydigan boʻlishi mumkin, masalan, agarda fayllar oʻzgartirilsa va agarda tasdiqlovchi fayllar mavjud boʻlmasa. Shu tufayli, auditor tadbirkorlik subyektining maʼlumotlarni saqlash siyosatlarining oqibatidan kelib chiqib auditorning koʻrib chiqishi uchun ayrim maʼlumotlarning saqlanishini soʻrashni yoki maʼlumotlar mavjud boʻlgan paytda auditorlik tartib-taomillarni amalga oshirishni zarur deb hisoblashi mumkin. Tekshiruv, ichki yoki tashqi boʻlishidan qatʼiy nazar, qogʻoz shakldagi, elektron shakldagi, yoki boshqa vositadagi yozuvlarni yoki hujjatlarni tekshirishni yoki aktivning jismoniy tekshiruvini oʻz ichiga oladi. Yozuvlarning va hujjatlarning tekshiruvi, ularning jihati va manbasiga va ichki yozuvlar va hujjatlar holatida ularning hosil qilinishi ustidan belgilangan nazoratlarining samaradorligiga bogʻliq tarzda, ishonchlilikning turli darajalaridagi auditorlik dalilini taʼminlaydi. Nazoratlarning testlari sifatida foydalanilgan tekshiruvga misol sifatida vakolat berilishining dalili boʻyicha yozuvlarning tekshiruvini keltirish mumkin. Ayrim hujjatlar, masalan aksiya yoki obligatsiya kabi moliyaviy instrumentni tashkil etadigan hujjat, aktiv mavjudligining bevosita auditorlik dalilini aks ettirishi mumkin. Bunday hujjatlarning tekshiruvi egalik huquqi yoki qiymat toʻgʻrisidagi auditorlik dalilini taʼminlashi shart boʻlmasligi mumkin. Shu bilan birga, amalga oshirilgan shartnomani tekshirish tadbirkorlik subyekti tomonidan hisob siyosatlari, masalan daromadni tan olish, qoʻllanilishiga nisbatan oʻrinli boʻlgan auditorlik dalilini taʼminlashi mumkin. Moddiy aktivlarning tekshiruvi ularning mavjudligiga nisbatan ishonchli auditorlik dalilini taʼminlashi mumkin, ammo ularning tekshiruvi tadbirkorlik subyektining huquqlari va majburiyatlari yoki aktivlarning baholanishi toʻgʻrisidagi auditorlik dalilini taʼminlashi shart emas. Kuzatuv boshqalar tomonidan amalga oshirilayotgan jarayonni yoki tartib-taomilni kuzatishni, masalan tadbirkorlik subyektining xodimlari tovar-moddiy zaxiralarni sanashining yoki nazorat faoliyatlarini amalga oshirishining auditor tomonidan kuzatuvini qamrab oladi. Kuzatuv jarayonning yoki tartib-taomilning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi auditorlik dalilini taʼminlaydi, ammo uning imkoniyati kuzatuv sodir boʻladigan paytga nisbatan va kuzatilayotgan harakat jarayonning yoki tartib-taomilning qanday amalga oshirilishiga taʼsir etishi toʻgʻrisidagi fakt bilan cheklangan boʻladi. Tashqi tasdiqnoma qogʻoz shaklda yoki elektron yoki boshqa vosita orqali uchinchi tomondan (tasdiqlovchi tomon) auditor uchun toʻgʻridan-toʻgʻri yozma bildirishnoma sifatida auditor tomonidan olingan auditorlik dalilini aks ettiradi. Tashqi tasdiqnoma tartib-taomillari koʻp hollarda muayyan schet qoldiqlari va ularning jihatlari bilan bogʻliq taqdimnomalar bilan shugʻullanganda oʻrinli boʻladi. Biroq, tashqi tasdiqnomalar faqatgina schet qoldiqlariga nisbatan cheklanib qolishi shart emas. Masalan, auditor tadbirkorlik subyekti bilan uchinchi tomonlar oʻrtasidagi kelishuvlar yoki operatsiyalar shartlarining tasdiqnomasini talab etishi mumkin; tasdiqnoma talabi shunday tuzilishi mumkinki, bunda birorta oʻzgartirishlar kelishuvlarga nisbatan amalga oshirilganligi va, shunday boʻlsa, tegishli tafsilotlar nimadan iboratligi soʻraladi. Tashqi tasdiqnoma tartib-taomillaridan muayyan shartlarning mavjud boʻlmasligi, masalan, daromad tan olinishiga taʼsir etishi mumkin boʻlgan “ikkilamchi kelishuvlar” ning mavjud boʻlmasligi toʻgʻrisidagi auditorlik daliliga ega boʻlishda ham foydalaniladi. Qayta hisoblash hujjatlarning yoki yozuvlarning matematik aniqligini tekshirishni qamrab oladi. Qayta hisoblash qoʻlda yoki elektron tarzda amalga oshirilishi mumkin. Qayta amalga oshirish dastlab tadbirkorlik subyektining ichki nazoratining qismi sifatida amalga oshirilgan tartib-taomillarning yoki nazorat vositalarining auditor tomonidan mustaqil amalga oshirilishini qamrab oladi. Tahliliy tartib-taomillar ham moliyaviy ham nomoliyaviy maʼlumotlar oʻrtasidagi toʻgʻri aloqadorliklarning tahlili orqali moliyaviy maʼlumotlarning baholanishini qamrab oladi. Tahliliy tartib-taomillar boshqa oʻrinli maʼlumotlar bilan nomutanosib boʻlgan yoki yirik summada kutilgan qiymatlardan farq qilgan holda aniqlangan tebranishlarning yoki aloqadorliklarning zaruriy tekshiruvini ham qamrab oladi. Rasmiy soʻrov tadbirkorlik subyekti doirasida yoki uning tashqarisida boʻlgan maʼlumotga ega shaxslardan ham moliyaviy ham nomoliyaviy maʼlumotlarni izlashdan tashkil topadi. Rasmiy soʻrovdan boshqa audit tartib-taomillariga qoʻshimcha tarzda audit mobaynida keng qamrovli foydalaniladi. Rasmiy soʻrovlar rasmiy yozma soʻrovlardan norasmiy ogʻzaki soʻrovlar kengligida boʻlishi mumkin. Rasmiy soʻrovlarga nisbatan javoblarni baholash soʻrov jarayonining ajralmas qismidir. Rasmiy soʻrovlarga nisbatan javoblar auditorni oldin ega boʻlinmagan maʼlumotlar bilan yoki tasdiqlovchi auditorlik dalili bilan taʼminlashi mumkin. Muqobil tarzda, javoblar auditor ega boʻlgan boshqa maʼlumotlardan ahamiyatli tarzda farq qiladigan maʼlumotlarni, masalan, nazoratlarning rahbariyat tomonidan chetlab oʻtilishining ehtimoliga tegishli maʼlumotlarni taʼminlashi mumkin. Ayrim holatlarda, rasmiy soʻrovlarga nisbatan javoblar auditor uchun qoʻshimcha audit tartib-taomillarini oʻzgartirish yoki amalga oshirish asosini taʼminlaydi. Rasmiy soʻrov orqali olingan dalilning tasdiqlanishi koʻp hollarda muhim hisoblansada, rahbariyatning maqsadi boʻyicha soʻrovlar holatida, rahbariyatning maqsadini tasdiqlash uchun mavjud boʻlgan maʼlumotlar cheklangan boʻlishi mumkin. Ushbu holatlarda, rahbariyatning belgilangan maqsadlarini amalga oshirish boʻyicha uning oldingi tarixini, maʼlum yoʻnalishdagi chorani tanlash boʻyicha rahbariyatning bildirgan sabablarini va muayyan yoʻnalishdagi chorani amalga oshirish boʻyicha rahbariyat imkoniyatini tushunish rasmiy soʻrov orqali olingan dalilni tasdiqlash uchun oʻrinli maʼlumotlarni taʼminlashi mumkin. Ayrim masalalar yuzasidan, auditor ogʻzaki soʻrovlarga nisbatan javoblarni tasdiqlash uchun rahbariyatdan va, oʻrinli boʻlganda, boshqaruv yuklatilgan shaxslardan yozma bayonot olishni zarur deb hisoblashi mumkin. Auditorlik dalili asosan audit davri mobaynida amalga oshirilgan audit tartib-taomillardan olinsada, u muayyan holatlarda, masalan, oldingi auditlar, yoki mijozni qabul qilish va davom ettirish boʻyicha auditorlik tashkiloti (firma)ning sifat nazorati tartib-taomillari kabi boshqa manbalardan olinadigan maʼlumotlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin. Barcha auditorlik dalilining sifatiga u asoslanadigan maʼlumotlarning oʻrinliligi va ishonchliligi taʼsir etadi. Oʻrinlilik audit tartib-taomilining maqsadi va, oʻrinli boʻlganda, koʻrib chiqilayotgan taqdimnoma bilan mantiqiy bogʻliqlikni yoki mantiqiy tasdiqni inobatga oladi. Auditorlik dalili sifatida foydalaniladigan maʼlumotlarning oʻrinliligiga testdan oʻtkazishning yoʻnalishi taʼsir etishi mumkin. Masalan, agarda audit tartib-taomilining maqsadi kreditorlik qarzi schetlarining mavjudligidagi yoki baholanishidagi oshirib aks ettirishni testdan oʻtkazish hisoblansa, qayd etilgan kreditorlik qarzi schetlarini testdan oʻtkazish oʻrinli audit tartib-taomili boʻlishi mumkin. Boshqa tomondan, kreditorlik qarzi schetlarining mavjudligidagi yoki baholanishidagi kamaytirib aks ettirishni testdan oʻtkazishda, qayd etilgan kreditorlik qarzi schetlarini testdan oʻtkazish oʻrinli boʻlmasligi mumkin, ammo keyingi qoplanishlar, toʻlanmagan schet-fakturalar, taʼminotchilarning bildirishnomalari va mos kelmaydigan olinadigan hisobotlar kabi maʼlumotlarni testdan oʻtkazish oʻrinli boʻlishi mumkin. Maʼlum toʻplamdagi audit tartib-taomillari boshqa taqdimnomalar uchun emas, balki muayyan taqdimnomalar uchun oʻrinli boʻlgan auditorlik dalilini taʼminlashi mumkin. Masalan, davr oxiridan soʻng debitorlik qarzlarining yigʻimiga tegishli hujjatlarning tekshiruvi ularning yuqori chegarasiga emas, balki mavjudlilik va baholashga tegishli auditorlik dalilini taʼminlashi mumkin. Xuddi shuningdek, muayyan taqdimnomaga, masalan, tovar-moddiy zaxiralarning mavjudligiga tegishli auditorlik daliliga ega boʻlish boshqa taqdimnomaga, masalan, ushbu tovar-moddiy zaxiralarning baholanishiga tegishli auditorlik daliliga ega boʻlish uchun oʻrindosh hisoblanmaydi. Boshqa tomondan esa, turli manbalardan yoki turli jihatga ega auditorlik dalili koʻp hollarda aynan bir taqdimnoma uchun oʻrinli boʻlishi mumkin. Nazoratlarining testlari taqdimnoma darajasida muhim boʻlgan buzib koʻrsatishlarni oldini olishda, yoki aniqlashda va tuzatishda, nazoratlarining ishlash samaradorligini baholashga moʻljallangan boʻladi. Oʻrinli auditorlik daliliga ega boʻlish uchun nazoratlarining testlarini ishlab chiqish nazoratning amalga oshirilishini koʻrsatadigan sharoitlarni (xususiyatlarni yoki jihatlarni) aniqlashni va muvofiq amalga oshirilishdan chetlanishlarni koʻrsatadigan chetlanish sharoitlarini oʻz ichiga oladi. Soʻngra, ushbu sharoitlarning mavjudligi yoki mavjud boʻlmasligi auditor tomonidan testdan oʻtkazilishi mumkin. Mohiyati boʻyicha tekshirish tartib-taomillar taqdimnoma darajasida muhim boʻlgan buzib koʻrsatishlarni aniqlashga moʻljallangan boʻladi. Ular mufassal testlarni va mohiyati boʻyicha tekshirishning tahliliy tartib-taomillarini qamrab oladi. Mohiyati boʻyicha tekshirish tartib-taomillarni ishlab chiqish oʻrinli taqdimnomadagi buzib koʻrsatishni tashkil etadigan va testning maqsadi uchun oʻrinli boʻlgan sharoitlarni aniqlashni oʻz ichiga oladi. Auditorlik dalili sifatida foydalaniladigan maʼlumotning va shu tufayli auditorlik dalilining oʻzining ishonchliligiga uning manbasi va jihati hamda u olingan holatlar, jumladan oʻrinli boʻlganda uning tayyorlanishi va saqlanishi ustidan nazoratlar taʼsir etadi. Shu tufayli, turli xildagi auditorlik dalilining ishonchliligi boʻyicha umumlashtirishlar muhim istisnolarga shartli boʻladi. Hattoki auditorlik dalili sifatida foydalaniladigan maʼlumot tadbirkorlik subyektiga nisbatan tashqi manbalardan olingan paytda ham, uning ishonchliligiga taʼsir etishi mumkin boʻlgan holatlar mavjud boʻlishi mumkin. Masalan, mustaqil tashqi manbadan olingan maʼlumot ishonchli boʻlmasligi mumkin, agarda manba maʼlum boʻlmasa, yoki rahbariyat tomonidan jalb etilgan ekspert xolislikka ega boʻlmasligi mumkin. Ushbu istisnolar mavjud boʻlishi mumkinligini eʼtirof etgan holda, auditorlik dalilining ishonchliligi boʻyicha quyidagi umumlashtirishlar foydali boʻlishi mumkin: •Auditorlik dalilining ishonchliligi oshadi, qachonki u tadbirkorlik subyekti tashqarisidagi mustaqil manbalardan olinsa. • Ichki hosil qilingan auditorlik dalilining ishonchliligi oshadi, qachonki tadbirkorlik subyekti tomonidan belgilangan tegishli nazoratlar vositalari, jumladan uning tayyorlanishi va saqlanishi ustidan nazoratlari samarali boʻlsa. •Bevosita auditor tomonidan olingan auditorlik dalili (masalan, nazorat qoʻllanilishining kuzatilishi) bilvosita yoki anglash orqali olingan auditorlik daliliga (masalan, nazorat qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi soʻrov) nisbatan ishonchliroqdir. • Hujjat shaklidagi, hoh qogʻoz, elektron yoki boshqa vosita shaklidagi auditorlik dalili ogʻzaki olingan dalildan ishonchliroq hisoblanadi (masalan, majlisning oʻz davridagi yozma qaydi muhokama qilinadigan masalalarning keyingi ogʻzaki ifodalanishiga nisbatan ishonchliroq boʻladi). • Asl hujjatlar orqali taʼminlangan auditorlik dalili, auditorlik dalilining ishonchliligi ularning tayyorlanishi va saqlanishi ustidan nazoratlariga bogʻliq boʻlgan holatlar, yaʼni nusxalar yoki faksimillar yoki tasvirlashtirilgan, raqamlashtirilgan yoki boshqa hollarda elektron shaklga oʻtkazilgan hujjatlar orqali taʼminlangan auditorlik daliliga nisbatan ishonchliroq boʻladi. AXS 520 mohiyati boʻyicha tekshirish tartib-taomillar sifatida tahliliy tartib-taomillarni ishlab chiqish maqsadlarida foydalanilgan maʼlumotlarning ishonchliligiga tegishli qoʻshimcha koʻrsatmani taʼminlaydi9. AXS 240 auditor hujjatning haqiqiy boʻlmasligi mumkinligiga yoki hujjatning oʻzgartirish auditorga ochib berilmagan holda oʻzgartirilgan boʻlishi mumkinligiga ishonishi uchun maʼlum sababga ega boʻladigan holatlarni qamrab oladi10. Tadbirkorlik subyektining moliyaviy hisobotlarining tayyorlanishi aktuar hisoblashlar, baholashlar yoki muhandislik maʼlumotlari kabi buxgalteriya yoki auditdan tashqari sohadagi professional malakalilikni talab etishi mumkin. Tadbirkorlik subyekti moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun zarur boʻlgan professional malakalilikka ega boʻlish uchun ushbu sohalardagi ekspertlarni yollashi yoki jalb etishi mumkin. bunday professional malakalilik zarur boʻlgan paytda buni amalga oshilmaslik muhim boʻlgan buzib koʻrsatish risklarini oshiradi. •Auditorga rahbariyat tomonidan jalb etilgan ekspertning tayyorlagan maʼlumotlariga nisbatan yetarlicha tegishli auditorlik daliliga ega boʻlishda koʻmak beradigan auditorning eksperti, agarda mavjud boʻlsa. Rahbariyat tomonidan jalb etilgan ekspertning vakolati, qobiliyatlari va xolisligini baholash uchun oʻrinli boʻlgan masalalar ushbu ekspertning ishi texnik faoliyat standartlariga yoki boshqa professional yoki soha talablariga, masalan, professional tashkilotning yoki soha assotsiatsiyasining ahloqiy standartlariga va boshqa aʼzolik talablariga, litsenziyalovchi organning litsenziyalash standartlariga yoki qonun yoki meʼyoriy hujjat orqali belgilangan talablarga shartli boʻlishini oʻz ichiga oladi. Oʻrinli boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa masalalar quyidagilarni oʻz ichiga oladi: • Rahbariyat tomonidan jalb etilgan ekspert vakolatining ushbu ekspert ishidan foydalaniladigan masalaga nisbatan oʻrinliligi, jumladan ushbu ekspert sohasidagi mutaAXSsislikning har qanday yoʻnalishlari. Masalan, muayyan sugʻurta boʻyicha mutaAXSsis mulk va baxtsiz hodisa sugʻurtasida ixtisoslashgan boʻlishi mumkin, ammo u nafaqa hisob-kitoblariga nisbatan cheklangan professional malakalilikka ega boʻlishi mumkin. • Tegishli moliyaviy hisobotni taqdim etish asosiga mos boʻlgan oʻrinli buxgalteriya talablariga, masalan, farazlar va metodlar boʻyicha bilimga, jumladan oʻrinli boʻlganda modellarga nisbatan rahbariyat tomonidan jalb etilgan ekspertning vakolati. • Kutilmagan hodisalar, sharoitlardagi oʻzgarishlar yoki audit tartib-taomillari natijalaridan olingan auditorlik dalili auditni davom etishi bilan rahbariyat tomonidan jalb etilgan ekspertning vakolati, qobiliyatlari va xolisligining dastlabki baholanishini qayta koʻrib chiqish zarur boʻlishi mumkinligini koʻrsatishi. Keng koʻlamdagi holatlar, masalan, shaxsiy manfaat xavflari, oʻzini himoya qilish xavflari, ogʻaynigarchilik xavflari, oʻzini koʻzdan kechirish xavflari va tahdid xavflari xolislikka xavf solishi mumkin. Ehtiyot choralari bunday xavflarni kamaytirish mumkin va ular tashqi tuzilmalar tomonidan (masalan, rahbariyat tomonidan jalb etilgan ekspertning mutaAXSsisligi, qonunchilik yoki meʼyoriy hujjatlar) yoki rahbariyat tomonidan jalb etilgan ekspert ishining muhiti tomonidan (masalan, sifat nazorati siyosatlari va tartib-taomillari) tashkil etilishi mumkin. Ehtiyot choralari rahbariyat tomonidan jalb etilgan ekspertning xolisligiga nisbatan barcha xavflarni bartaraf eta olmasada, tahdid xavflari kabi xavflar tadbirkorlik subyekti tomonidan ishga yollangan ekspertga nisbatan tadbirkorlik subyekti tomonidan jalb etilgan ekspertga kamroq ahamiyatli boʻlishi mumkin va sifat nazorati siyosatlari va tartib-taomillari kabi ehtiyot choralarining samarasi koʻproq boʻlishi mumkin. Tadbirkorlik subyektining xodimi boʻlish orqali paydo boʻladigan xolislikka nisbatan xavf doimo mavjud boʻlganligi tufayli, tadbirkorlik subyekti tomonidan ishga yollangan ekspert odatda tadbirkorlik subyektining boshqa xodimlariga nisbatan xolis boʻlishining ehtimoli koʻproq deb hisoblab boʻlmaydi. T adbirkorlik subyekti tomonidan jalb etilgan ekspertning xolisligini baholashda, rahbariyat va ushbu ekspert bilan ekspertning xolisligiga nisbatan xavflarni paydo qilishi mumkin boʻlgan har qanday manfaatlarni va aloqadorliklarni va har qanday qoʻllaniladigan ehtiyot choralarini, jumladan ekspertga nisbatan qoʻllaniladigan har qanday professional talablarni muhokama qilishi hamda ehtiyot choralari yetarli boʻlishini baholash oʻrinli boʻlishi mumkin.
Biznes va shaxsiy aloqadorliklar. Boshqa xizmatlarning koʻrsatilishi. Download 312 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling