1. Auditorlik dalillar tushunchasi va dalillarga qo‘yiladigan talablar


Download 312 Kb.
bet1/8
Sana12.02.2023
Hajmi312 Kb.
#1190488
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi oxiri


Reja:
Kirish.


1. Auditorlik dalillar tushunchasi va dalillarga qo‘yiladigan talablar.
2. Auditorlik dalillarni olish usullari hamda dalillar yig‘ishda tahliliy amallarni qo‘llash tartibi.
3. AXS asosida olingan auditorlik dalillarini auditorlik hisobotida aks ettirish va ularning auditorlik xulosasiga ta’sirini baholash.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


Kirish
Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish tamoyillari va uning keyingi bosqichlarida ustuvor yo‘nalishlarning belgilanishi, ayniqsa ijtimoiy siyosiy hayotni, jumladan, iqtisodiyotni erkinlashtirish, mulkdorlar sinfini tashkil qilishdan kelib chiqqan holda bir qancha sohalarni, jumladan audit tizimini ham isloh qilishni taqozo etmoqda.
Хo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti yuzasidan xulosa berishda auditorlar o‘zlarining shaxsiy, haqqoniy va mutasisligi bo‘yicha yuqori darajadagi bilimlariga tayanishlari lozim, zero auditorlar tomonidan xo‘jalik sub’ektining moliyaviy hisobotlari to‘g‘risida berilgan beg‘araz xulosadan mulk egalari, investorlar, kreditorlar, banklar aksiyalarni sotib olishda va sotishda, kreditlar va qarzlar berish to‘g‘risida qarorlar qabul qilishda foydalanadilar.
Аuditorning maqsadi audit tartib-taomyillarini shunday usulda ishlab chiqish va amalga oshirishdan iboratki, bunda auditorga auditorlik fikrini asoslashda oqilona xulosalarni hosil qilish imkoniga ega boʼlish uchun yetarlicha tegishli auditorlik daliliga ega boʼlish imkoniyati yaratiladi.
Buxgalterlik amaliyotini o‘rganish shuni ko‘rsatmoqdaki, ayrim korxonalarda buxgalterlar malakasi yetishmasligi oqibatida dastlabki hujjatlarga ishlov berish, guruhlash va buxgalteriya hisobi schyotlarida to‘g‘ri (yoki butunlay) aks ettirmasdan (asosan pul va hisob-kitob muomalalari), ularni devonxona papkalarida saqlab qo‘yish bilan cheklaniladi. Natijada, hisobotlarni tuzishda ko‘plab chalkashliklar, noaniqliklar, joriy hisob ma’lumotlari va hisobot ko‘rsatkichlaridagi nomuvofiqliklar yuzaga keladi. Agar buxgalterlik hisobini tashkil etish va yuritishga talab darajasida e’tibor qilinganida, bunday chalkashliklar paydo bo‘lmas edi.
Shuning uchun buxgalterlik hisobining qay darajada tashkil etilganligi va yuritilishini, buxgalterlarning malakasi va intizomini, dastlabki hujjatlarga ishlov berilish sifati va korxona moliya-xo‘jalik faoliyati hamda uning natijalarini aks ettiruvchi buxgalterlik yozuvlarining to‘g‘riligini aniqlamasdan, yuqorida qayd etilgan asosiy vazifani hal etish mumkin emas.
Auditorlik tekshiruvlari ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etish, korxonadagi tartib, mehnat va texnologik intizomni, tovar-moddiy zahiralarning omborlar va boshqa saqlash joylaridagi hisobi, mulklarning saqlanishi, hisob-kitoblar holati va korxona moliya-xo‘jalik faoliyati hamda uning natijalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan boshqa ko‘plab holatlarni qamrab oladi. shuning uchun auditorlik hisobotida korxona moliya-xo‘jalik faoliyati va uning natijalariga bevosita ta’sir-ko‘rsatadigan, hamda hisob ma’lumotlari va hisobot ko‘rsatkichlari ishonchliligini pasaytirishiga olib keladigan, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishdagi katta kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar berilishi lozim.
Auditorlik dalillari nafaqat auditorlarga, balki ushbu dalillardan asosiy foydalanuvchilar qatoriga kiradigan korxona rahbariyati uchun ham juda zarur hisoblanadi. Masalan, korxona mulkdorlari, ta’sischilari hamda rahbari uchun avvalo mablag‘larning miqdori hamda likvidligi, soliqqa oid munosabatlar, foydaning taqsimlanishi, dividendlarning hisoblanishi kabi ma’lumotlar zarur bo‘ladi.
Auditor biznesni tushunishga erishish va tavakkalchilikning bo‘lg‘usi bo‘limlarini aniqlash uchun tahliliy amallarni rejalashtirish bosqichida qo‘llashi lozim. Tahliliy amallarning qo‘llanishi auditor xabardor bo‘lmagan biznesning jabhalariga ko‘rsatishi va boshqa auditorlik amallarning tavsifi, muddati va hajmini belgilashda yordam berishi mumkin.
Auditor jamiyat manfaatlari ustuvorligiga rioya etishi, beg‘araz bo‘lishi va taxminlarga asoslanishi, manfaatlar to‘qnashuvi yoki boshqa shaxslarning bosimlari sababli o‘zining kasbga oid fikr-mulohazasida tavakkalchilik qilmasligi, auditorlik tashkilotining obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatishigayo‘l qo‘ymasligi kerak.1

Download 312 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling