1. Auditorlik dalillar tushunchasi va dalillarga qo‘yiladigan talablar
-rasm. Xavflarni paydo qiladigan manfaatlari va aloqadorliklar
Download 312 Kb.
|
Kurs ishi oxiri
2-rasm. Xavflarni paydo qiladigan manfaatlari va aloqadorliklar11
Rahbariyat tomonidan jalb etilgan ekspertning ishi toʻgʻrisidagi tushuncha professional malakalilikning oʻrinli sohasi toʻgʻrisidagi tushunchani oʻz ichiga oladi. Professional malakalilikning oʻrinli sohasi toʻgʻrisidagi tushuncha auditorning rahbariyat tomonidan jalb etilgan ekspert ishini baholash uchun professional malakalilikka egaligi yoki auditor uchun ushbu maqsadda auditorning eksperti zarurligi yuzasidan auditorning qaroriga bogʻliq tarzda olinadi12. Auditorning tushunchasi oʻrinli boʻlgan rahbariyat tomonidan jalb etilgan ekspert sohasining jihatlari quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin: • Ushbu ekspertning sohasi audit uchun oʻrinli boʻlgan mutaAXSsislikning yoʻnalishlariga ega boʻlishi. • Birorta professional yoki boshqa standartlar va meʼyoriy yoki yuridik talablarning qoʻllanilishi. • Rahbariyat tomonidan jalb etilgan ekspert qanday farazlardan va metodlardan foydalangani, ular ushbu ekspertning sohasida umumiy qabul qilinganligi va moliyaviy hisobot maqsadlari uchun mosligi. • Rahbariyat tomonidan jalb etilgan ekspert foydalanadigan ichki va tashqi maʼlumotlar va axborotlarning xususiyati. Tadbirkorlik subyekti tomonidan jalb etilgan rahbariyatning eksperti holatida, tadbirkorlik subyekti bilan ushbu ekspert oʻrtasida odatda kelishuv xati yoki kelishuv boʻyicha boshqa yozma shakl boʻladi. Rahbariyat tomonidan jalb etilgan ekspert ishi toʻgʻrisidagi tushunchaga ega boʻlishda ushbu kelishuvni baholash auditorga uning maqsadlari uchun quyidagilarning oʻrinliligini aniqlashda koʻmak berishi mumkin: • Ushbu ekspert ishining xususiyati, koʻlami va maqsadlari; • Rahbariyat bilan ushbu ekspertning tegishli oʻrinlari va javobgarliklari; va • Rahbariyat bilan ushbu ekspert oʻrtasidagi axborot almashinuvining xususiyati, koʻlami va darajasi, jumladan ushbu ekspert tomonidan taʼminlanadigan har qanday hisobot shakli. Tadbirkorlik subyekti tomonidan ishga yollangan rahbariyatning eksperti holatida, bunday turdagi yozma kelishuvning boʻlish ehtimoli juda kam. Rahbariyatning eksperti va boshqa aʼzolaridan soʻrov oʻtkazish auditor uchun zarur tushunchaga ega boʻlishning eng oʻrinli yoʻli boʻlishi mumkin. Tegishli taqdimnoma uchun auditorlik dalili sifatida rahbariyat tomonidan jalb etilgan ekspert ishining mosligini baholashdagi koʻrib chiqishlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin: • Ushbu ekspert topilmalarining yoki xulosalarining oʻrinliligi va oqilonaligi, ularning boshqa auditorlik dalili bilan mutanosibligi va ularning moliyaviy hisobotlarda tegishli tartibda aks ettirilganligi; • Agarda ushbu ekspertning ishi jiddiy farazlar va metodlardan foydalanishni oʻz ichiga olsa, ushbu farazlar va metodlarning oʻrinliligi va oqilonaligi; va • Agarda ushbu ekspertning ishi maʼlum manba maʼlumotlaridan foydalanishni oʻz ichiga olsa, ushbu manba maʼlumotlarining oʻrinliligi, toʻliqligi va aniqligi. Auditorning ishonchli auditorlik daliliga ega boʻlishi uchun, tadbirkorlik subyekti tomonidan tayyorlangan va audit tartiblarini amalga oshirishda foydalaniladigan maʼlumotlar yetarli tarzda toʻliq va aniq boʻlishi zarur. Masalan, sotuvlar hajmiga standart naxrlarni qoʻllash orqali daromadni auditdan oʻtkazishning samaradorligiga narx maʼlumotlarining aniqligi va sotuvlar hajmitoʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻliqligi va aniqligi taʼsir etadi. Xuddi shuningdek, agarda auditor muayyan xususiyatlar (masalan, vakolat berilishi) uchun jamlanmani (masalan, toʻlovlarni) testdan oʻtkazishni koʻzda tutsa, test natijalari kamroq ishonchli boʻladi, agarda testdan oʻtkazish uchun moddalar tanlanadigan jamlanma toʻliq boʻlmasa. Bunday maʼlumotlarning aniqligi va toʻliqligi toʻgʻrisidagi auditorlik daliliga ega boʻlish maʼlumotga nisbatan qoʻllaniladigan amaldagi audit tartib-taomili bilan bir vaqtda amalga oshirilishi mumkin, qachonki bunday auditorlik daliliga ega boʻlish audit tartib-taomilining ajralmas qismi boʻlsa. Boshqa holatlarda, auditor maʼlumotlarning tayyorlanishi va saqlanishi ustidan belgilangan nazoratlarni testdan oʻtkazish orqali bunday maʼlumotlarning aniqligi va toʻliqligi toʻgʻrisidagi auditorlik daliliga ega boʻlishi mumkin. Biroq, ayrim holatlarda, auditor qoʻshimcha audit tartib-taomillari zarur boʻlishini aniqlashi mumkin. Auditor qaror qabul qilishi mumkinki, operatsiyalar turkumidan yoki schet qoldigʻidan tashkil topgan moddalarning butun jamlanmasini yoki ushbu jamlanma ichidagi stratani tekshirish eng oʻrinli boʻladi. 100% tekshiruv nazoratlarning testlari holatida boʻlmasligi mumkin; biroq, u mufassal testlar uchun koʻproq odatiydir. 100% tekshiruv oʻrinli boʻlishi mumkin, masalan, qachonki: • Jamlanma yirik qiymatli moddalarning kichik miqdoridan tashkil topsa; • Ahamiyatli risk mavjud boʻlsa va boshqa vositalar yetarlicha tegishli auditorlik dalilini taʼminlamasa; yoki • Axborot tizimi orqali avtomatik tarzda amalga oshirilgan hisoblash yoki boshqa jarayonning takroriy xususiyati 100% tekshiruvni xarajat nuqtai nazaridan samarali qiladi. Auditor jamlanmadan muayyan moddalarni tanlashga qaror qilishi mumkin. Ushbu qarorni qabul qilishda, oʻrinli boʻlishi mumkin boʻlgan omillar tadbirkorlik subyekti, muhim boʻlgan buzib koʻrsatishning baholangan risklari va testdan oʻtkazilayotgan jamlanmaning xususiyatlari boʻyicha auditor tushunchasini oʻz ichiga oladi. Muayyan moddalarning mulohazali tanlanishi tanlashga bogʻliq boʻlmagan riskka shartli boʻladi. Tanlangan muayyan moddalar quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin: • Yuqori qiymat yoki asosiy moddalar. Muayyan moddalar yuqori qiymatga ega boʻlishi yoki ayrim boshqa xususiyatni aks ettirishi, masalan, gumonli, gʻayrioddiy, xususan riskka-moyil boʻlgan yoki xato tarixiga ega boʻlgan moddalar boʻlganligi tufayli, auditor jamlanma ichidan ularni tanlashga qaror qilishi mumkin. • Maʼlum summadan yuqori barcha moddalar. Auditor operatsiyalar yoki schet qoldigʻi turkumining jami summasining yirik ulushini tekshirish maqsadida qayd qilingan qiymatlari maʼlum summadan oshadigan moddalarni tekshirishga qaror qilishi mumkin. • Maʼlumotga ega boʻlish moddalari. Auditor tadbirkorlik subyektining xususiyati yoki operatsiyalarining xususiyati kabi masalalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlish uchun moddalarni tekshirishi mumkin. Operatsiyalar yoki schet qoldigʻi turkumidan muayyan moddalarning tanlanma tekshiruvi koʻp hollarda auditorlik daliliga ega boʻlishning samarli vositalari boʻlsada, u auditorlik tanlashni tashkil etmaydi. Ushbu usulda tanlangan moddalarga nisbatan qoʻllanilgan audit tartib-taomillarining natijalarini butun jamlanmaga nisbatan rejalashtirish imkoni boʻlmaydi; shu tufayli, muayyan moddalarning tanlanma tekshiruvi jamlanmaning qoldiq qismiga tegishli auditorlik dalilini taʼminlamaydi. Auditorlik tanlash jamlanmadan hosil qilingan tanlashni testdan oʻtkazish asosida butun jamlanma toʻgʻrisidagi xulosalarning hosil qilinishiga imkon yaratishga moʻljallangan boʻladi. Auditorlik tanlash AXS 530 da muhokama qilinadi13. Turli manbalardagi yoki turli jihatlardagi auditorlik daliliga ega boʻlish shuni koʻrsatishi mumkinki, auditorlik dalilining alohida moddasi ishonchli boʻlmaydi, masalan qachonki bir manbadan olingan auditorlik dalili boshqa manbadan olingan auditorlik dalili bilan nomutanosib boʻlsa. Bunday holat boʻlishi mumkin, masalan, qachonki rahbariyatning, ichki auditning va boshqalarning soʻrovlarga nisbatan javoblari nomutanosib boʻlsa, yoki qachonki rahbariyatning rasmiy soʻrovlarga nisbatan javoblarini tasdiqlash maqsadida amalga oshirilgan boshqaruv yuklatilgan shaxslarning rasmiy soʻrovlarga nisbatan javoblari rahbariyat tomonidan javobga nomutanosib boʻlsa. AXS 230 muayyan hujjatlashtirish talabini oʻz ichiga oladi, agarda auditor ahamiyatli masalaga nisbatan auditorning yakuniy xulosasi bilan nomutanosib boʻlgan maʼlumotni aniqlasa14. Xulosa Ishonchli auditorlik dalillarini yig‘ish, auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda nihoyatda muhimdir. Chunki tekshirilayotgan xoʻjalik subyektidagi bu tizim qanchalik samarali boʻlsa, auditor tekshiruv oʻtkazishdagi tavakkalchiliklari shunchalik kam boʻladi, shu sababli bu jarayon auditorlik standartlari bilan tartibga solinadi. Bugungi kunda tashqi iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi, qoʻshma korxonalar va aksiyadorlik jamiyatlarining tashkil etilishi sababli auditorlik dalillaridan to‘gri foydalanish samaradorligini oʻrganish va baholashni takomillashtirish masalalarini qoʻymoqda. Ushbu muammolarning mavjudligi boʻyicha kurs ichida quyidagi xulosalarga kelindi: 1. Korxonada yetarli audtirolik dalillarini toʻgʻri va qonuniy shakllantirilganligi va ularning ishonchli ekanligi holatiga oid yuqorida keltirilgan fikr va mulohazalardan xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki korxonalar tomonidan auditorlarga yetarli auditorlik dalillarini to‘plashga sharoit yaratish, bir qator muammolarni hal etishga olib keladi, yaʼni: -birinchidan, korxonalarda yuritilayotgan buxgalteriya hisobi sifatli amalga oshirilishiga va ishonchli moliyaviy hisobotlarni tuzilishiga olib keladi; -ikkinchidan, moliyaviy hisobotdan ichki va tashqi foydalanuvchilarga korxonadagi buxgalteriya hisobi holati toʻgʻrisida batafsil tasavvurga ega boʻlish imkoniyatini beradi; - uchinchidan, korxonalarda ichki audit tekshiruvlarini amalga oshirish uchun ichki auditorlarni tekshiruvni toʻgʻri rejalashtirishga va ichki nazorat tizimini baholashga yordam beradi. Natijada buxgalteriya hisobi sohasida mavjud boʻlgan kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etish uchun tegishli takliflar ishlab chiqishga olib keladi. Yuqorida keltirilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqib auditorlar tomonidan adutirolik dalillarini to‘plash va amaliyotda keng tatbiq etilishini yo‘lga qo‘yish maqsadida quyidagi tavsiyalarni taklif etamiz: har bir auditorlar oʻz faoliyatidan kelib chiqqan holda 500-599 sonli AXS ga ko‘ra auditorlik dalilllarini to‘plashlari lozim; auditorlik dalillari hisobot yilida oʻtkazilgan inventarizatsiya natijalarining maʼlumotlari korxona tomonidan maxsus dalolatnomalar, qaydnomalar va boshqa tegishli hujjatlarda umumlashtirilishi lozim. Bu esa o‘z navbatida auditorlik dalillari inventarizatsiyaning oʻtkazilishini kuzatish, shuningdek inventarizatsiya materiallarini tahlil qilish auditorga buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini tashkil etilishini toʻgʻri baholash imkonini beradi. 2. Haqiqatga yaqin tahliliy amallardan biri balans hisob-kitoblari hisoblanadi. Xususan, auditor tayyor mahsulotlarning hisobda haqqoniy va toʻliq aks ettirilishi toʻgʻrisidagi dalil-isbotlarga ega boʻlish uchun tez-tez xom-ashyolar, mate-riallar va tayyor mahsulot olinishi balansini tuzadi. 3. Xom-ashyo va materiallar balansini tuzish quyidagilarni nazarda tutadi: mahsulotning bir birligi uchun norma boʻyicha sarflangan xom-ashyo va materiallar va haqiqatda olingan mahsulotlar hisob-kitobi; xom-ashyo va materiallarni haqi-qiy sarfi bilan taqqoslash; xom-ashyo va materiallarni sarflashda tafovutlarni aniqlash. 4. Tayyor mahsulot balansini aniqlashda uning haqiqiy chiqishi mahsulot birligi uchun ketadigan xom-ashyo va mate-riallar normasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan normativlari va xom-ashyo va materiallarning haqiqiy sarfi bilan taqqoslanadi. Bunday balansni tuzish xom-ashyo, materiallar sarfi va mahsulot chiqishi (ish bajarish, xizmat koʻrsatish) normatividan chetga chiqishlarni aniqlash va shu bilan birga moliyaviy natijani hisoblab chiqarishning haqqoniyligiga ishonch hosil qilishga imkon beradi 5. Xulosa sifatida aytadigan boʻlsak, auditorlik dalillaridan foydalanib, auditorlik ichki nazorat jarayonini samarali faoliyat olib borilishini taʼminlash uchun bizningcha, har bir xoʻjalik subyektida ichki audit toʻgʻrisida Nizom ishlab chiqilishi lozim. Mazkur Nizomda ichki auditning vazifalari, nazorat subyektlari, obyektlari va yoʻnalishlari belgilanishi kerak. Shuningdek, ichki auditorlarning vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini aks ettiruvchi lavozim yoʻriqnomalari, ichki audit oʻtkazish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar ham ishlab chiqish davr talabidir. Download 312 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling