GAZLARNING HAJMIY VA MASSA ULUSHI , O’RTACHA MOLEKULYAR MASSA.
1. Tarkibi hajm bo‘yicha 60 % karbonat angidrid, 20 % azot va 20 % argondan iborat gazlar aralashmasining o‘rtacha molekulyar massasini aniqlang.
A) 28 B)40 C) 38 D) 32
2. Tarkibida 20 hajm kislorod, 30 hajm azot va 50 hajm geliy bo‘lgan gazlar aralashmasining o‘rtacha molyar massasini hisoblang.
A) 16,8 B) 14,8 C) 6,4 D) 64
3. Massa jixatidan tarkibi 25,3 % glerod(IV)oksid, 40,2 % azot va 34,5 % argondan tashkil topgan aralashmaning o‘rtacha molekulyar massasi qanday? Aralashmadagi tarkibiy qismlarning hajmiy ulushlarini hisoblang.
A) 32,0; 0,2; 0,3; 0,5
B) 34,8; 0,2; 0,5; 0,3
C) 36,2; 0,3; 0,3; 0,4
D) 36,2; 0,2; 0,5 ; 0,3
4. Hajmi bo‘yicha 60 % CH4, 30 % C2H6, 10% C3H8 dan iborat gazlar aralashmasining o‘rtacha molyar massasini hisoblang.
A) 16 B) 30 C) 44 D) 23
5. Hajmiy nisbatlari 1:3 bo‘lgan uglerod (II)oksid va karbonat angidridlar aralashmasidagi kislorodning massa ulushini (%) toping.
A) 70 B) 75 C) 65 D) 60
6. Hajmlari teng bo‘lgan vodorod, azot va uglerod (IV) oksid aralashmasining o‘rtacha nisbiy molekulyar massasini aniqlang.
A) 20,2 B) 22,4 C) 24,7 D) 26,5
7. Vodorod va kisloroddan iborat 75 g aralashma portlatilgandan so‘ng qaysi gazdan necha gramm ortib qoldi? boshlang‘ich aralashmadagi kislorodning hajmiy ulushi 20%
A) kislorod, 8 B) Bodorod, 15
C) kislorod, 52,5 D) Bodorod, 7,5
8. Kislorodning hajmiy ulushi 20% bo‘lgan vodorod va kisloroddan iborat. 27 g aralashma portlatilgandan so‘ng ortib qolgan gaz va uning massasini (g) aniqlang.
A) kislorod, 8,64
B) Bodorod; 17,28
C) Bodorod, 2,7
D) kislorod, 0,32
9. 34 g vodorod va kisloroddan iborat aralashmadagi kislorodning massasini (g) hisoblang. Aralashmadagi vodorodning hajmiy ulushi 68% ga teng. A) 29,92 B) 10,88 C) 44,8 D) 23,12
10. 150 ml (n.sh.) kislorod va vodorod aralashmasi portlatilgandan so‘ng 60 ml (n.sh) kislorod ortibqolgan bo‘lsa, boshlang‘ich aralashmadagi vodorodning hajmiy ulushini(%) hisoblang.
A) 40 B) 60 C) 35 D)20
11. Vodorod va azotdan iborat aralashmada azotning hajmiy ulushi 11,7 %, vodorodning hajmiy ulushi 88,3 % bo‘lsa, gazlarning aralashmadagi massa ulushlarini aniqlang.
A)30 va 70 B)25 va 75
C) 35 va 65 D) 40 va 60
12. Suv va pentan (ρ=0,626 g/ml) ning molyar hajmlari (ml) ni hisoblang. Bu qiymat pentan uchun suvnikidan necha marta kata?
A) 22,4; 45; 2 B) 22,4; 4; 1
C) 11,2; 22,4; 2 D) 18; 115; 6,4
13. Tarkibida 20 % azot, 40 % kislorod va geliy bo‘lgan aralashmaning 22,4 m3 miqdorining massasini (kg) hisoblang.
A) 12,8 B) 29,7 C) 18,2 D) 20
Do'stlaringiz bilan baham: |