1. Avariyali minimal bosim xabarchilari Avariya temperaturasi xabarchilari


Download 153.46 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi153.46 Kb.
#1406586
  1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ish-12.


Mavzu: Avariyali temperatura va bosim xabarchilarining turlari, tuzilishi va ishlash prinsipi


REJA:
1. Avariyali minimal bosim xabarchilari
2. Avariya temperaturasi xabarchilari.
3. Tuzilishi va ishlash prinsipi

Avariya temperaturasi xabarchilari. Avtomobillarda strelkali temperatura ko„rsatkichlarining o„rnatilishi, dvigatelning issiqlik rejimini birdan buzilishi (masalan, suv nasosining ishdan chiqishi, suv nasosining harakatga keltiruvchi tasmaning uzilishi yoki sovutuvchi suyuqlikning oqib ketishi va boshqa sabablarga ko„ra) natijasida, uning temperaturasi yo„l qo„yib bo„lmaydigan qiymatlargacha ko„tarilib ketishini haydovchi darhol sezadi va tegishli chora ko„radi deb kafolatlab bo„lmaydi. Shuning uchun ba‟zi avtomobillarda strelkali termometrga qo„shimcha avariya temperaturasi xabarchilari ham o„rnatiladi. Suyuqlikli sovutish tizimiga ega bo„lgan dvigatellarda avariya temperaturasi xabarchisining datchigi radiatorning yuqori bakiga, havo bilan sovutiladigan dvigatellarda esa, moylash tizimiga o„rnatiladi. Avtomobillarda avariya temperaturasi xabarchisi sifatida termobimetall plastinali datchiklar ishlatiladi. Datchiklarni tuzilishining o„ziga xos tomonlarini TM104, TM111 va РС403-Б belgili datchiklar misolida ko„rishimiz mumkin (4.5-rasm). TM104 datchigida (4.5-a rasm) uchiga kontakt 5 o„rnashtirilgan bimetall plastina 4 jez ballon 3 ga joylashtirilgan va qobiqdan izolyatsiya qilingan. U qalin sim 9 orqali izolyator 2 ga mahkamlangan qisqich 1 bilan tutashtirilgan. Cheklagich 6 bimetall plastina 4 ning ballon 3 ga tegib qolishiga yo„l qo„ymaydi. Kontakt plastinasi 8 ga mahkamlangan qo„zg„almas kontakt 7, qobiq orqali «massa» ga ulangan. Avariya temperaturasi xabarchilarining datchiklari: a – TM104 datchigi va uning ulanish sxemasi: 1–chiqish qisqichi, 2– izolyator,3–ballon, 4–bimetall plastina, 5,7–kontaktlar, 6–cheklagich, 8,9–tok o’tkazgich plastinalar, 10–xabarchi chiroq. b – TM111 datchigi: 1– chiqish qisqichi, 2–izolyator, 3–rostlash murvati, 4,6–kontaktlar, 5–qobiq, 7– qisuvchi shayba, 8–bimetall plastina, 9 – shtekker. c –РС403-Б datchigi: 1–chiqish qisqichi, 2– izolyator, 3–rostlash murvati,4–tirgak. 5–rostlanuvchi plastina, 6,9–kontaktlar, 7–bimetall plastina, 8–ballon

Nazorat qilinayotgan muhit harorati ortishi bilan bimetall plastina 4 ham qiziydi va past tomonga qarab egila boshlaydi. Temperatura ma‟lum xavfli qiymatga yetganda bimetall plastinaning egilishi shu darajaga yetadiki, u kontaktlar 5 va 7 ni tutashtiradi. Bu holda avtomobilning asboblar panelida joylashtirilgan qizil xabarchi chiroq 10 yonadi. Datchik TM111 (4.5-b rasm) qalin jez qobiq 5 dan iborat bo„lib, uning ichki qismiga uchiga kontakt 5 joylashtirilgan sirtmoqsimon termobimetall plastina 8 shayba 7 yordamida qisib qo„yilgan. Murvat 3 bilan birgalikda yasalgan tarelkasimon kontakt 4, izolyator 2 ning ichiga o„rnashtirilgan chiqish qisqichi 1 ning rezbasi bo„ylab harakatlanishi mumkin. 4 va 6 kontaktlar orasidagi masofani o„zgartirish hisobiga datchik kontaktlari tutashish temperaturasini 92 ... 980C doirasida o„rnatish mumkin. Bu turdagi datchiklar КамАЗ avtomobillarida qo„llangan. Datchik РС403-Б (4.5-c rasm) ЛАЗ va ЛиАЗ avtobuslarining avtomatik uzatma qutisidagi moy haroratini nazorat qilish uchun ishlatiladi. Uchiga kontakt 9 o„rnatilgan bimetall plastina 7 korpusga biriktirilgan. Kontakt 6 esa rostlanuvchi plastina 5 ga o„rnatilgan bo„lib u chiqish qisqichi 1 ga ulangan. Kontaktlarning tutashish temperaturasi, 127...1430C doirasida murvat 3 yordamida o„rnatiladi.




Download 153.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling