1. Avariyali minimal bosim xabarchilari Avariya temperaturasi xabarchilari


Avariyali minimal bosim xabarchilari


Download 153.46 Kb.
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi153.46 Kb.
#1406586
1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ish-12.

Avariyali minimal bosim xabarchilari. Avariyali bosim xabarchilari nazorat qilinayotgan tizimda suyuqlik yoki havo bosimini yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan qiymatlargacha kamayib ketganligi to‘g‘risida xabar berib, haydovchining diqqatini shoshilinch ravishda jalb qilish uchun xizmat qiladi. Bu xabarchilarning asosiy elementi datchik bo‘lib, u nazorat qilinayotgan muhitga joylashtiriladi. Avariyali bosim mavjud bo‘lganda, datchik sezuvchi elementining kontaktlari tutashib, asboblar panelidagi lampa yonadi. Avtomobillarda o‘rnatiladigan avariyali bosim xabarchilarida sezuvchi element sifatida membrana va prujina ishlatiladi. Membranali datchik MM10 (a rasm) shtuser 1 mahkamlangan asos 2 dan va membrana 3 dan iborat. Chiqish qisqichi 7 bilan ulangan plastinaga qo‘zg‘almas kontakt 5 o‘rnatilgan. Qo‘zg‘aluvchi kontakt 6 o‘rnatilgan pishang 4, turtkich orqali membrana bilan bog‘langan. Datchikning ustki qismi yupqa metall qobiq 9 bilan yopilgan. Ishchi holatda, ya’ni membrana ostidagi bosim me’yorida bo‘lganda, u yuqori tomonga egilib turtkich va pishang 4 orqali kontaktlar 5 va 6 uzilgan holda ushlab turadi. Membrana ostidagi bosim me’yoridan kama-yishi bilan kontaktlar tutashadi va asboblar panelidagi xabarchi lampa yonadi. Tayanch 8 yordamida datchikni ma’lum chegarada rostlash mumkin. ВАЗ va KaмАЗ turkumidagi avtomobillarning dvigatellarini moylash tizimiga o‘rnatilgan MM120 belgili datchiklar boshqacha tuzilishga ega (4.11-b rasm). Datchik shtuser bilan birga yasalgan korpus 9 dan iborat bo‘lib, uning ichki bo‘shlig‘i yupqa poliefir plyonkadan tayyorlangan diafragma bilan ikki qismga ajratilgan. Diafragma ostidagi bo‘shliqqa dvigatel moylash tizimidagi moy kirib diafragma va turtkich 6 ni yuqoriga ko‘taradi. Diafrag-maning ustki qismiga qo‘zg‘almas 7 va qo‘zg‘a-luvchi 1

Avariyali bosim xabarchila-rining datchiklari:
a – MM10 (membranali); b – MM120 (prujinali)
kontaktlar va diafragmani yuqori tomonga egilishiga qarshilik ko‘rsatuvchi sezuvchi element prujina 5 joylashtirilgan. Korpusning ustki qismi chiqish qisqichi 2 mahkamlangan izolyator 4 bilan yopilgan. Diafragmaning yuqori qismidagi bo‘shliq maxsus filtr 3 orqali tashqi muhit bilan bog‘langan. Diafragma ostidagi bo‘shliqda, demak dvigatelning moylash tizimida bosim me’yorida bo‘lsa, u egiladi va kontaktlar 1 va 7 ni uzilgan holda ushlab turadi. Bosim me’yoridan kamayib ketsa kontaktlar darhol tutashadi va asboblar panelidagi xabarchi lampa yonadi. Bu turdagi datchiklar o‘lchamlari kichikligi, ishonchliligi va barqaror ishlashi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, avariyali (yoki minimal) bosim xabarchilari pnevmoyuritmalarda, eshiklarni ochishning vakuum tizimida va avtomobilning boshqa tizimlarida ham ishlatiladi.


Download 153.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling