1. Aviatsiya
Download 37.28 Kb.
|
1 2
Bog'liqsamalot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Texnologik xarita
1.Aviatsiya (frans. aviation, lot. avis – qush) – havodan ogʻir uchish apparatlarida yer atrofidagi havo boʻshligʻi atmosferada parvoz qilish bilan bogʻliq tushuncha. Aviatsiyada samolyotlar, vertolyotlar, planerlar ishlatiladi. Shu apparatlardan parvoz qilish (uchish) uchun foydalanadigan tashkilot (xizmat) ham Aviatsiya deb ataladi. Aviatsiya fuqaro A va harbiy Aviatsiyaga boʻlinadi. Fuqaro Aviatsiyasi yoʻlovchilar va yuklarni tashishda ishlatiladi. Uning transport, sanitariya xizmatiga, oʻquv-sport va maxsus ishlarga moʻljallangan (qishloq xoʻjaligida, aloqada, geologiya-qidiruv ishlarida, baliq ovlash va boshqalarda ishlatiladigan) xillari bor. Yoʻlovchilar va yuklarni doimo tashishni taʼminlash uchun fuqaro Aviatsiyasi tarkibiga samolyotlar va vertolyotlar saroyi, uchishni taʼminlay-digan turli xizmatlar, aerodrom va aeroport kiradi. Harbiy Aviatsiya esa quruklikdagi qoʻshinlar, harbiy-dengiz kuchlari, havo hujumidan mudofaa qilish qoʻshinlari bilan birgalikda harakat qiladi hamda mustaqil vazifalarni bajaradi.Fuqaro Aviatsiya sohasida Leonardoda Vinchi havodan ogʻir apparatlarda uchish mumkinligini birinchi boʻlib asoslashga urindi. U qushlarning uchishini kuzatib, havodan ogʻir apparatlarda uchish mumkinligi toʻgʻrisidagi gʻoyani ilgari surdi. M. V. Lomonosov jahonda birinchi boʻlib vertolyot(Tikuchar) modelini yaratdi: dvigatel vazifasini oʻtovchi prujina taʼsirida vintlar aylanganda model yuqoriga koʻtarildi. D. I. Mendeleyev hayotining oxirigacha aerodinamika va A. masalalari bilan shugʻullandi. U 1887-yil aerostatda mustaqil uchib, 3350 m balandga koʻtarildi. A. G. Eyfel vertolyot vintlarining koʻtarish kuchini oʻrganishga oid tajribalar oʻtkazdi. 2. Texnologik xarita - ayrim turdagi qishloq xoʻjaligi. mahsulotini yetishtirish bilan bogʻliq texnologik ishlar mavjui. Ishlab chiqarish. resurslariga boʻlgan ehtiyojlar, ulardan foydalanish va boshqa i. ch. koʻrsatkichlari, shuningdek, belgilangan ishlab chiqarish. dasturini bajarish boʻyicha tashkiliyiqtisodiy tadbirlar aks etgan normativ reja hujjati. Texnologik xarita jadval shaklida boʻlib, unda ketma-ketlikda (odatda xronologik tartibda) barcha turdagi ishlar (qabul qilingan texnologiyaga muvofiq), asosiy agrotexnik tadbirlar, mashina, mexanizm va agregatlar tarkibi, urugʻlik materiallar sarfi normalari, bajariladigan ishlar hajmi, baholari va boshqa koʻrsatiladi, shuningdek, mahsulot tannarxini hisoblashda qishloq xoʻjaligi.da qabul qilingan uslubiyat boʻyicha xarajatlar turlari aks ettiriladi. Texnologik xarita asosida barcha mahsulotlar boʻyicha bevosita xarajat (sarf)lar, boʻlinmalardagi doimiy va mavsumiy xodimlar soni, texnika, urugʻlik, ozuqa va boshqa moddiy resurslarga boʻlgan ehtiyojlar aniqlanadi. Texnologik xarita yordamida boʻlinmalar ishlab chiqarish. topshiriklari shakllantiriladi, zarur xarajatlar limiti hisobkitob qilinadi, mahsulotning reja tannarxi hisoblanadi, mahsulot birligiga narx belgilanadi, rejalashtirilgan ishlarni bajarilishi ustidan nazorat amalga oshiriladi. Texnologik xarita barcha ekin turlari, chorva turlari yoki turdosh ekinlar va chorva mollari guruxlari yoki ayrim ish turlari (oʻtloq va yaylovlarni yaxshilash va boshqalar) boʻyicha tuziladi. Texnologik xaritalarni xoʻjalik mutaxassislari (iqtisodchitashkilotchilar, agronomlar, zootexniklar, muhandismexaniklar va boshqalar) xoʻjalikdagi konkret sharoitlarni xisobga olgan holda namunaviy shakllar asosida ishlab chiqadilar. Texnologik xaritalar operativ (muayyan mavsum uchun), yillik (bir yil uchun) va istiqbol (eng ilgʻor progressiv texnologiya va mashinalar sistemasini oʻzlashtirish, mehnatni tashkil etish va unga haq toʻlashda yangi usullarni joriy qilish va boshqa nazarda tutiladi) turlarga boʻlinadi. Fantexnika taraqqiyotining ilgʻor yutuklarini qoʻllashni eʼtiborga olib tuzilgan Texnologik xaritalardan texnika, texnologiyadagi yangiliklarni, oʻzgarishlarni kiritish bilan bir necha yil foydalanish mumkin 3. Samolyot - havodan og'irroq, elektr stantsiyasi bilan jihozlangan samolyot (LA). Samolyotning ushbu eng muhim qismi yordamida parvoz uchun zarur bo'lgan kuch - dvigatel (pervanel yoki reaktiv dvigatel) erda yoki parvoz paytida rivojlanadigan ta'sir qiluvchi (harakatlantiruvchi) kuch yaratiladi. Agar vint dvigatelning old tomonida joylashgan bo'lsa, u tortish deb ataladi, orqada bo'lsa, itaruvchi deyiladi. Shunday qilib, dvigatel samolyotga nisbatan translatsiya harakatini yaratadi muhit(havo). Shunga ko'ra, qanot ham havoga nisbatan harakat qiladi, bu oldinga siljish natijasida ko'tarilish hosil qiladi. Shuning uchun qurilma havoda faqat ma'lum bir parvoz tezligi mavjud bo'lganda qolishi mumkin. Download 37.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling