9-bob. Mehnatni normalash va ish vaqti


Download 34.99 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi34.99 Kb.
#1532288
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-mavzu Mehnatni normalash va ish vaqti (2)



9-BOB. MEHNATNI NORMALASH VA ISH VAQTI

9.1. Mehnatni normalash mohiyati va mazmuni


Har bir ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish korxonasida xodimning mehnatini oqilona tarzda tashkil qilish, undan samarali foydalanish va har bir ijrochi bajargan ishning yoki xizmatning natijalariga to‘g‘ri baho berish uchun berilgan vazifani (ishni yoki xizmatni) bajarishga qancha mehnat (qancha vaqt) sarf qilinishini bilish kerak.
Shuning uchun ham har qanday ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish, mehnat sarfida son va sifat mutanosibliklari belgilanishini va ijtimoiy mehnatni aniqlashni talab etadi. Bu masalalar mahsulot ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) har tomonlama asoslangan mehnat sarfi normalari yordamidagina to‘g‘ri va puxta hal qilinishi mumkin.
Har tomonlama asoslangan mehnat sarfi normalarisiz mehnatni tashkil qilib bulmaydigina emas, shu bilan birga, rejali xo‘jalik yuritish, korxonaning bir tekisda faoliyat ko‘rsatishini yo‘lga qo‘yish, korxona rejasining texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri aniqlash ham mumkin bo‘lmaydi. Mehnat sarfi normalari ayrim korxona faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo‘lganidek, butun xalq xo‘jaligi jabhalarining iqtisodida ham katta ahamiyatga ega. Ishxonalarda qo‘llaniladigan normalarning umumiy tizimida – sistemasida (asosiy va yordamchi materiallar, yonilg‘i, energiya, maxsus ish kiyimlari, moy, sut, oziqovqatlar va hakozolar sarfi harakatlari) mehnat sarfi normalari alohida o‘rin tutadi va yetakchi ahamiyatga ega. Mehnat sarfi normalari dastlabki hisob-kitob ma’lumotlari bo‘lib, ishxonaning barcha bo‘g‘inlari (zvenolari) ommaviy-tashkiliy rejalashtirish va rahbarlik ishlari, ishxona va har bir bo‘lim, sex bo‘yicha texnika, sanoat, moliya rejalarining asosiy bo‘limlari bo‘lgan korxona ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) dasturi, texnika, texnologiyani rivojlantirish rejasi, ish haqi rejasi, mahsulot tannarxi rejasi va boshqa rejalar amaldagi va loyihadagi mahsulot ishlab chiqarish normasi, jihozlarning mehnat unumdorligi normasi, xizmat ko‘rsatish normasi va hokazo normalar asosida hisoblab chiqiladi.
Har bir korxonada xo‘jalik yuritish operativ rejalashtirilishini to‘g‘ri va oqilona tashkil qilish uchun mehnat sarfi normasini va ish vaqti sarflanishini o‘rganish va kuzatish alohida ahamiyatga ega. Chunki uning yordamida korxonaning ish bilan ta’minlanganlik darjasi aniqlanadi va ishlab chiqarish quvvatlari (imkoniyatlari) hisoblab chiqiladi. Vaqt sarfi normalariga asosan har bir ishxonaning kasb, mutaxassislik va malakalar bo‘yicha xodim, xizmatchi va boshqaruv sohasidagi xodimlarga bo‘lgan ehtiyoji aniqlanadi, shuningdek, ishlab chiqarish davrlarining davom etish muddati, mehnat unumdorligini o‘stirish yuzasidan beriladigan topshiriqlar, vazifalar hisoblab chiqiladi.
Ilmiy asoslangan mehnat sarfi normasisiz, texnologik jarayonning u yoki bu varianti, masalan, yangi konstruksiyadagi jihoz samaradoligini, afzalligini, shuningdek, korxonada tashkiliy-texnikaviy chora-tadbirlarni amalga oshirishning iqtisodiy jihatdan samara berish-bermasligini hamda qanchalik maqsadga muvofiqligini baholash mumkin bo‘lmaydi.
Har bir ish joyining ishlab chiqarish imkoniyatlarini to‘g‘ri va to‘la hisobga olmasdan, noto‘g‘ri, ya’ni kamaytirib yoki ko‘paytirib tuzilgan (hisoblangan) mehnat sarfi normalariga asoslanib sarflangan qo‘shimcha mablag‘lar, sarmoya, yangi binolar qurish, borlarini kengaytirsh, qo‘shimcha jihozlar ajratish va ularga xizmat ko‘rsatuvchi ishchilarni jalb etish zarurmi yoki zarur emasmi, degan masalalar bo‘yicha hisobkitoblar o‘z navbatida, ishxonada bu maslalar bilan bevosita shug‘illanuvchi xodimlarni, rahbarlarni noto‘g‘ri xulosaga keltirishi mumkin.
Mehnat sarfini normalash mehnatga yarasha taqsimlash prinsipiga binoan ish haqini tashkil qilishning negizi bo‘lib xizmat qiladi. Mehnatni normalash bilan unga haq to‘lash o‘rtasidagi bog‘liqlik shundan iboratki, haq to‘lash asoslangan mehnat sarfi normalariga asos qilib olinishi kerak. Amaliyotda qabul qilingan ish haqining shakli va sistemasidan qat’i nazar, xodimlar mehnati normalangan bo‘lishi, shu bilan birga, ishlab chiqarishdagi har bir xodimning bajaradigan mehnatiga yoki xizmatiga norma belgilanishi, ishbay yoki vaqtbay ish haqi to‘lanishidan qat’i nazar, unga aniq va har tomonlama asoslangan topshiriq yoki aniq vazifa berilishi lozim.
Haq to‘lash tizimiga kelganda, mehnatni oqilona tashkil qilish uchun ayrim guruhdagi xodimlar mehnatiga shunday haq to‘lash tizimini joriy qilish kerakki, uning qo‘llanishi mehnat unumdorligini oshirishga, mahsulot sifatini yaxshilashga, tannarxini va mehnat sarfini kamaytirishga rag‘batlantirsin.
Mehnatni normalashni tashkil etishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar mehnatga haq to‘lashda «tekischilikka», ya’ni unchalik malaka talab qilmaydigan ishga ham, ancha malaka talab qiladigan, sermehnat va ancha murakkab ishga ham bir xil haq to‘lashga olib keladi. Oqibatda, xodimlar o‘z mehnat natijalaridan qanoat hosil qilmaydilar va ular orasida noroziliklar vujudga keladi.
Ish haqi tizimida «tekischilikka» yo‘l quyish mehnatning soni (miqdori) va sifatiga qarab ish haqi to‘lash prinspining buzilishiga sabab bo‘ladi. Bu esa xodimlar malakalarini zamon talablari darajasida oshirishlariga, yuqori mehnat samaradorligiga erishishga, ilg‘or mehnat usul va uslublarini hamda ularni tashkil etish shakllarini ishlab chiqarishga (xizmat ko‘rsatishga) keng joriy qilishga to‘siq bo‘ldi.

Download 34.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling