9-bob. Mehnatni normalash va ish vaqti


Mehnatni normalashda ish vaqti sarfi va uning turkumlanishi


Download 34.99 Kb.
bet2/6
Sana17.06.2023
Hajmi34.99 Kb.
#1532288
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-mavzu Mehnatni normalash va ish vaqti (2)

9.2. Mehnatni normalashda ish vaqti sarfi va uning turkumlanishi


Korxona va tashkilotlar darajasidagi modernizatsiyalash jarayonlarini ish vaqti sarflarini o‘rganmasdan turib, uni o‘rganish usullarini takomillashtirishsiz tasavvur etish qiyin. Ish vaqtidan orqilona foydalanishning barcha darajalari tarkibi va mohiyatini tubdan takomillashtirish iqtisodiy tizimni isloh qilishning hal qiluvchi omillaridan biriga aylanmoqda, butun dunyoda bo‘lgani kabi respublikamizda ham ish vaqti korxonaning asosiy resursi, butun tashkilotning muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy omil sifatida qaralmoqda.
Ish vaqti asosiy iqtisodiy kategoriya bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga sarflanayotgan mehnat sarflarini o‘lchovchi asosiy iqtisodiy kategoriyadir. Barcha mehnat, texnologik va ishlab chiqarish jarayonlari vaqt va makonda amalga oshadi. SHuning uchun ish vaqti nafaqat bosh ishlab chiqarish resursi bo‘lib, balki ishlab chiqarish samaradorligini belgilab beruvchi bosh mezon bo‘lib ham hizmat qiladi.
Korxonada personalni samarali boshqarish ish vaqtidan oqilona foydalanishga juda bog‘liq hisoblanadi. Korxonada ish vaqtidan foydalanish holatini o‘rganish uchun mos axborotlarni o‘rganmasdan bajarilmaydi. Ish vaqtidan oqilona fodalanishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini yoritish uchun avvalambor uning tushunchasiga to‘htalib o‘tishi zarur. Jumladan, Rossiyalik olimlar Yu.P. Kokin va P.E. Shlender ish vaqtiga “ishlovchining o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishi lozim bo‘lgan vaqt davomiyligi, mehnat jarayonida ishlovchining qatnashishi davomiyligi o‘lchovi; qonunan belgilangan ish kuni, ish oyi, ish yili davomiyligi o‘lchovidir” – deb ta’rif berganlar.1
Rossiya qonunchiligida ish vaqti ishlovchining tashkilot ichki tartib qoidalariga va mehnat shartnomasi shartlariga ko‘ra o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishi lozim bo‘lgan vaqt, hamda qonunlar va me’yoriy-huquqiy xujjatlarga ko‘ra ish vaqtiga kiritilgan vaqtning boshqa davrlaridir.2
O‘zbekiston Respublikasi «Mehnat Kodeksi»ning 114- «Ish vaqti tushunchasi» moddasida, «Xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o‘z mehnat vazifalarini bajarish lozim bo‘lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi», deb yozilgan. Undan tashqari shu kodeksning 115- «Ish vaqtining normal muddati» moddasida «Xodim uchun ish vaqtining normal mudati haftasiga qirq soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas», deb ham ko‘rsatilgan. SHu moddada «Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati etti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim», deb qayd etilgan.3
Korxonalarda muayyan bir buyumni ishlab chiqarish uchun unga sarflanadigan haqiqiy vaqt normasini yoki mahsulot ishlab chiqarish normasini belgilash kerak. Buning uchun uni bajarishga qancha ish vaqti talab qilinishini o‘rganish va aniqlash ham muhim ahamiyatga ega.

Download 34.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling