1. Avtomobillarning tasnifi (klassifikatsiya); Avtomobil modellarini belgilanishi (indekslash)


Download 75.87 Kb.
bet1/4
Sana20.06.2023
Hajmi75.87 Kb.
#1628946
  1   2   3   4
Bog'liq
Avtomobil tuzilishi


Avtomobil tuzilishi
Reja:


1.Avtomobillarning tasnifi (klassifikatsiya);
2.Avtomobil modellarini belgilanishi (indekslash);
3.Avtomobillarning texnik tavsifi (xarakteristikasi);
4.Avtomobillarning umumiy tuzilishi. Avtomobilning asosiy agregatlari.

Tayanch sо‘zlar:


avtomobil; model; modifikatsiya; klass; indeks; detal; uzel; mexanizm; agregat; tizim; shassi; kuch uzatma; kuzov; avtomobilning yurish qismi.


1.Avtomobillarning tasnifi (klassifikatsiya)
Avtomobil - о‘zi harakatlanuvchi degan ma’noni beradi (avto-grekcha о‘zi, mobil-lotincha harakatlanuvchi).
Avtomobil quruqlikda harakatlanuvchi transport vositasi bо‘lib, mustaqil energiya manbaiga ega bо‘lgan dvigatel bilan jihozlangan, hamda katta qulaylikka ega bо‘lgan bо‘lib relssiz yо‘llarda yuk va yо‘lovchilarni tashishga yoki о‘ziga о‘rnatilgan maxsus qurilmalar yordamida turli xil ishlarni bajarishga mо‘ljallangan g‘ildirakli mashinadir.
Avtomobillar vazifasiga asosan: transport, maxsus va poyga avtomobillariga bо‘linadi.
1.Transport avtomobillari bir nechta tipga bо‘linadi:
a) yengil passajir avtomobillari ikki, tо‘rt va yetti о‘rinli bо‘ladi. Ularga о‘rnatiladigan dvigatellarning ish hajmiga qarab yengil avtomobillar bir-biridan farq qiladi: 1,2 mikrolitrajli; 1,3-1,8 kichik litrajli; 1,9-3,5 о‘rta litrajli va 3,5 litrdan ortiq katta litrajli.
b) avtobuslar vazifasiga qarab shahar atrofida, shahar ichida, shaharlararo, ma’lum joylarda qatnaydigan va umumiy ishlarda foydalaniladigan bо‘lishi mumkin. Vazifasiga qarab avtobusda о‘rinlar soni 10 dan 80 gacha bо‘ladi. Gabarit uzunligiga qarab avtobuslar: 5 m - juda kichik (mikroavtobus); 6,0-7,5 m - kichik; 8,0-9,5 m - о‘rtacha; 10,5-12,0 m - katta va 16,5 m dan ortiq qо‘shaloq avtobuslarga ajraladi.
v) yuk avtomobillari har xil yuklarni tashish uchun xizmat qiladi. Yengil avtomobillar va avtobuslar о‘rindiqlar soni bilan belgilanadigan sig‘diruvchanligi ularni xarakterlovchi acosiy kо‘rsatgich hisoblanadi. Yuk avtomobillarining yuk kо‘taruvchanligi, ya’ni qattiq qatlamli yо‘lda yuk tashishda ortiladigan yuk massasi (tonnalarda)ning qancha bо‘lishi chegarasi ularning asosiy kо‘rsatgichi hisoblanadi.
Yuk avtomobillari yuk vazniga qarab: yengil vazn 1,2 t gacha, kichik vazn 1,3-2,0 t; о‘rta vazn 2,1-8,0 t; katta vazn 9-14 t; ortiq yuk kо‘taradigan avtomobillarga bо‘linadi.
Kuzovning tuzilishi va boshqa konstruktiv xususiyatlarga kо‘ra, sochiluvchan yuklarni о‘zi ag‘daradigan (samosval) avtomobillarida, suyuqliklar sisternali avtomobillarda, kо‘pchilik oziq - ovqatlar esa refrijerator - furgonlarda tashiladi, bunday avtomobillar ixtisoslashtirilgan avtomobillar deyiladi. Maxsus avtomobillar ma’lum ishlarni bajarishga imkon beradigan mexanizm, asbob va uskunalar bilan jihozlanadi. Masalan, sanitariya, о‘t о‘chirish, kо‘cha supurish, yuk ortish avtomobillari va boshqalar.
Poyga avtomobillari sport avtomobillari bо‘lib, avtomobil sport poygasida qatnashishga mо‘ljallangan bо‘ladi. Poygalar aylanma, tо‘g‘ri shosse, avtodrom, ippodrom, velodrom, stadionlarda о‘tkaziladi.
2.Avtomobillar yoqilg‘i turlari bо‘yicha quyidagi ikki guruhga bо‘linadi:
a) dvigateli suyuq yoqilg‘ida ishlaydigan avtomobillar;
b) dvigateli gazsimon yoqilg‘ida ishlaydigan avtomobillar (siqilgan yoki suyultirilgan gaz bilan ishlaydigan).
3.Avtomobillarning barcha turlari har xil yо‘llarda harakatlanish xususiyatiga qarab ikki guruhga bо‘linadi:
a) normal (tabiy) о‘tag‘on avtomobil deb - asosan qattiq qoplamali va quruq tuproq yо‘llarda ishlashga mо‘ljallangan, bitta о‘qi yetakchi bо‘lgan avtomobillarga aytiladi;
b) yomon yо‘llarda va yо‘lsiz sharoitda ishlashga mо‘ljallangan ikkita yoki uchta о‘qi yetakchi bо‘lgan avtomobil yuqori о‘tag‘on avtomobil deb ataladi.
Avtomobillar yuqoridagi belgilariga qarab farqlash uchun g‘ildirak formulasi deb ataluvchi parametrdan foydalaniladi. Bu parametr avtomobil g‘ildiraklarining umumiy miqdorini hamda yetaklovchi g‘ildiraklar sonini ifodalaydi, ya’ni 4X2; 4X4; 6X4; 6X6 va h.k.

Download 75.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling