1. Avtomobillarning tasnifi (klassifikatsiya); Avtomobil modellarini belgilanishi (indekslash)


Avtomobil modellarini belgilanishi (indekslash)


Download 75.87 Kb.
bet2/4
Sana20.06.2023
Hajmi75.87 Kb.
#1628946
1   2   3   4
Bog'liq
Avtomobil tuzilishi

2.Avtomobil modellarini belgilanishi (indekslash)
Har bir avtomobil zavodi avtomobilning asosiy (bazoviy) modelini hamda undan ayrim kо‘rsatgichlari hamda konstruksiyalari bilan farq qiladigan modifikatsiyalarini ishlab chiqaradi.
Avtomobillarning modifikatsiyasi raqamlar bilan belgilanadi. Raqamlar oldida harfli belgilar ishlab chiqaruvchi zavodni bildiradi. Masalan: Gorkiy avtomobil zavodi GAZ; Minsk avtomobil zavodi MAZ va hakozolar. Harflardan keyin tо‘rtta yoki beshta raqam kо‘rsatiladi. Birinchi raqam avtomobil sinfini, ikkinchisi avtombil turini, uchinchi va tо‘rtinchi model nomerini, beshinchi raqam esa (agar qо‘yilgan bо‘lsa) modifikatsiyaning tartib nomerini ifodalaydi.
Ikkinchi raqam, avtomobillarni vazifasiga yoki ixtisoslashtirilganligiga qarab ajratish imkoniyatini beradi: 1-yengil avtomobillar; 2-avtobuslar; 3-yuk avtomobillar; 4-egarsimon shatakchilar; 5-samasvallar; 6-sisternalar; 7-furgonlar; 8-zahira (rezerv); 9-maxsus avtomobillar.
Dastlabki ikki raqam (indeks) bо‘yicha avtomobillarni belgilash tizimi quyidagi umumiy kо‘rinishlarga ega bо‘ladi:

Yengil avtomobillar





Dvigatelning ish hajmi l.

1,2 gacha

1,3-1,8

1,9-3,5

3,5 dan ortiq

indeks

11

21

31

41

Avtobuslar



Uzunligi m.

5,0

6,0-7,5

8,0-9,5

10,5-12,0

16,5

indeks

22

32

42

52

62

Yuk avtomobillar





Ruxsat etilgan eng yuqori (maksimal) massasi t.

1,2

1,3-2

2,1-8

9 -14

15-20

21-40

40>

Avtomobillar indeksi: bortli platforma

13

23

33

43

53

63

73

Shatakchi

14

24

34

44

54

64

74

samosval

15

25

35

45

55

65

75

Masalan: Kamck avtomobil zavodining bortli avtomobili, ruxsat etilgan massasi 15184 kg, yigirmanchi model-KamAZ-5320; Gorkiy avtozavodining yengil avtomobili dvigateli ish hajmi 2,445 l, ikkinchi model GAZ-3102; Pavlov avtozavodining avtobusi, uzunligi 7,15 m birinchi model-PAZ-3201.
3.Avtomobillarning texnik tavsifi (xarakteristikasi)
Har qanday avtomobilga ishlab chiqargan zavod tomonidan ilova qilinadigan kо‘rsatmada avtomobilning texnik tavsifiga doir ma’lumotlar keltiriladi. Ular quyidagilar:
1.G‘ildirak formulasi;
2.Nominal yuk kо‘tarish qobiliyati (t) yoki о‘rinlar soni;
3.Ruxsat etilgan eng yuqori massasi (t);
4.Gabarit о‘lchamlari (m, mm);
5.Dvigatel turi va uning modeli;
6.Tо‘la yuk bilan eng katta tezligi (km/s); (100 km ga);
7.Yonilg‘i sarfi;
8.Dvigatel silindrlar soni, joylashish tartibi;
9.Silindrlarning ish hajmi (l);
10.Dvigatelning eng katta samarali quvvati (km/s).


4.Avtomobillarning umumiy tuzilishi. Avtomobilning asosiy agregatlari
Zamonaviy avtomobillar juda murakkab mashinadir, u bir-biriga bog‘liq bо‘lgan holda ma’lum bir vazifani bajaruvchi mexanizmlar va qismlardan tashkil topgan. Shuning uchun ham avtomobillarning umumiy tuzilishi va mexanizmlarining joylashuvini о‘rganish maqsadida uning konstruksiyasini uchta asosiy qismlar dvigatel, shassi, kuzlarga ajratish mumkin.

Rasm 2.1 Avtomobilning umumiy tuzilishi.


1-dvigatel; 2-old о‘q; 3-old osma; 4-old tormoz mexanizmi; 5-old g‘ildirak; 6-ilashish muftasi; 7-uzatmalar qutisi; 8- kardan uzatma; 9- asosiy uzatma; 10 11-orqa о‘q; 12 orqa kо‘prik; 13- orqa tormoz mexanizmi; 14-orqa g‘ildirak; 15-rul chambaragi; 16-rul mexanizmi; 17-rul vali; 18-rul trapetsiyasi; 19-rama.

Двигател


Avtomobil





Download 75.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling