1. axborot resurslarini shakllantirish va qidirishning texnologik jihatlari


Axborot tarmoqlarida axborot himoyasining bir nechta darajasi


Download 245.2 Kb.
bet9/10
Sana27.01.2023
Hajmi245.2 Kb.
#1132989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kompyuter va tarmoqda axborot xavfsizligini ta\'minlash usullari

Axborot tarmoqlarida axborot himoyasining bir nechta darajasi
nazarda tutilgan:

  • Axborot resurslarini ruxsatsiz tahrirlash, to‘ldirish, o‘chirishdan himoya qilish (foydalanuvchining login va parolini, ramzlarni tekshirish, ramzlarni generatsiyalash va kombinatsiyalash orqali login va parollarni topishga urinish (xakerli urinishlar);

Bibliografik yozuvlar almashinuvida ISO 2709 standarti qo‘llaniladi. Har bir kutubxona bosh serverda foydalanuvchilar haqida foydalanuvchilarni resurslardan foydalanishi borasidagi statistik ma’lumotlarning bazasini tuzishlari, elektron resurslar asosida o‘zlarining axborot muhitini tashkil etishlari mumkin. Shuningdek, foydalanuvchilarning va korporativ resurslarning shaxsiy kabinetlarini shakllantirish imkoniyati mavjud (3-jadval ). Bu foydalanuvchilarga bosh serverdagi diskli muhit yordamida adabiyotlardan foydalanishning statistik hisobini yuritish, o‘zining individual elektron kutubxonasini yaratishga imkon beradi.

Foydalanuvchilar va korporativ resurslarning shaxsiy kabinetlarini


shakllantirish imkoniyati
3-jadval

Foydalanuvchinig shaxsiy kabineti

i- foydalanuvchi statistikasi (so‘rovlar, so‘rovlar kategoriyasi, xizmatlarning bajarilishi, foydalanilgan adabiyotlar)

Shaxsiy elektron kutubxona

Foydali havolalar va foydalanuvchining elektron katalogi

Shaxsiy foydalanish uchun import qilingan axborot resurslari

Foydalanuvchi tomonidan shakllantirilgan axborot resurslari

Foydalanuvchi ID – password

O‘zbekiston ARM korporativ tarmog‘ida o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bu texnologiyalarni qo‘llash quyidagi afzalliklarga ega:



  • kutubxona ma’lumotlarini qayta ishlashda yuqori darajadagi tezlik;

  • ARMdagi shaxsiy kompyuterlarga bo‘lgan texnik talablar va foydalanuvchilar uchun texnik talablarning pasayishi;

  • moslashuvchanligi;

  • samaradorligi: dasturiy ta’minot uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratilmaydi, foydalanuvchilar uchun ma’lumot bazalariga onlayn ega bo‘lish imkoni yaratilib, kompyuter xotirasi tejaladi (ma’lumotlar va dasturlar masofaviy serverlarda saqlanadi).

Texnologik masalalarni yechish tashkiliy masalalarni yechishdan ko‘ra osonroq ekani aniqlandi. Tashkiliy masalalarga quyidagi vazifalar kiradi:

  • Axborot-resurs markazlari xodimlariga avtomatlashtirilgan tizimlar va korporativ tarmoqda ishlash bo‘yicha ta’lim berish;

  • Korporativ tarmoqda ish jarayonini boshqarish;

  • Tarmoqning muvaffaqiyatli ishlashi uchun ijrochilar orasida vazifalarning to‘g‘ri taqsimlanishi;

  • Resurslardan foydalanishda mualliflik huquqi masalalarini hal qilish.

Tajriba shuni ko‘rsatadiki, tashkiliy masalalarni samarali hal etish loyihani amalga oshirish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.
Tashkiliy masalalarni yechishda to‘liq matnli elektron resurslardan foydalanishni ta’minlash hamda elektron nashrlarga oid mualliflik huquqlariga rioya qilish masalalari muhim o‘rin tutadi.
ARMAT tizimida uchta ish tartibi nazarda tutilgan:

  1. Axborot manbadan erkin foydalanish. Muallif yoki manba egasi tomonidan mazkur manbadan ochiq foydalanishga imkon yaratish.

  2. Ro‘yxatdan o‘tgach foydalanish imkoni. Muallif yoki manba egasi tomonidan dastlabki ro‘yxatdan o‘tgach, mazkur manbadan foydalanishga imkon yaratish.

  3. Pullik foydalanish. Axborot manba resursning to‘lovi amalga oshirilgach taqdim etiladi.

Yuqorida keltirilgan masalalarni to‘liq hal etilishi ARM korporativ tarmog‘ining samarali ishlashiga imkon yaratadi.
Bu model quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi:

    • kuchli xarakteristikaga ega server yig‘ma elektron kataloglarni (YEK), ta’lim muassasalari ARMlari elektron kataloglari va to‘liq matnli ma’lumot bazalarini saqlash uchun o‘rnatiladi;

    • avtomatlashtirilgan kutubxona tizimi faqat bosh serverda o‘rnatiladi. Zaruratga ko‘ra ARMlar ma’lumotlarni bosh serverdan o‘zlarining serverlariga yuklab olishlari mumkin;

    • ma’lumot bazalarini boshqarish markazlashgan holda amalga oshiriladi. Tarmoq boshqaruvchilari (administratorlar) axborot xavfsizligini, viruslar xuruji, YEKda ma’lumotlarning takrorlanishini va boshq. nazorat qiladilar;

    • har bir ARM mustaqil ravishda o‘zining mutaxassislari tomonidan tuzilgan, shuningdek, boshqa ARM yoki yig‘ma elektron katalog markazidan (YEKM) olib elektron kataloglarini tashkil etishi, yurgizishi mumkin;

    • Internet, Intranetning yuqori tezligi talab etiladi, chunki ma’lumot bazalariga bo‘lgan murojaatlar soni juda katta bo‘ladi

    • bosh serverda har bir ARM uchun axborot uchun xotira muhiti ajratiladi.

Tarmoq samaradorligi ko‘rsatkichlari quyidagilar:

  • foydalanuvchilar axborot resurslariga erkin ega bo‘lishni ta’minlash.

  • Oliy ta’lim muassasalari ARM va axborot-kutubxona muassasalari korporativ tarmog‘ining YEK orqali qanday axborot resurslari qaysi kutubxonalarda mavjud, ulardan foydalanish bo‘yicha sharoitlarning mavjudligi haqida axborot olish mumkin.

  • Kutubxonalarda elektron kataloglashtirishda takrorlanishlarni qisqartiradi. Elektron bibliografik yozuvlarni qayta takrorlamay, yaratilganlarini tarmoq orqali olish mumkin.

  • Axborot-kutubxona xizmatlarini keng ko‘lamda ta’minlash. Bu axborot resurslariga masofadan turib to‘liq matnli ma’lumot bazalaridan foydalanishga imkon yaratish, hujjatlarni yetkazib berish, ma’lumot bazalarini statistikasini yuritish kabilar.

  • Barcha bilim sohalariga oid bibliografik axborotni yetkazib berish sifatini va tezkorligini oshirish. Bibliografik axborot sifati jiddiy yaxshilanadi, chunki, yozuvlar bazasiga ma’lumot kiritish markazlashgan holda yuqori malakali mutaxassislar tomonidan takroriy tekshiruvlar natijasida amalga oshiriladi.

  • Axborotni qayerda joylashganidan qat’i nazar foydalanish uchun imkon yaratish tamoyilini amalga oshiradi. YEK ma’lumot bazalari Konsorsumning barcha a’zolari uchun ochiq bo‘lib, har bir ishtirokchi qayerda joylashganidan qat’i nazar ulardan foydalanish huquqiga ega.

  • Axborot resurlariga ruhsatsiz kirish borasidagi xavfsizlikni ta’minlash. YEK ma’lumotlar bazasini boshqarish markazlashgan holda yuqori malakali ma’lumot bazalari va tarmoq administratorlari tomonidan boshqariladi. Bu orqali yozuvlarni himoyalash, o‘chib ketishlarini oldini olish, ruxsatsiz kirishlardan saqlanadi.




Download 245.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling