1. Axborot tizimlari


Download 8.99 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi8.99 Kb.
#1587219
  1   2

Iqtisodiyot va qurilish fakulteti Arxitektura yo’nalishi 110-gurux talabasi Foziljonov Nematilloning Qurilishda axborot texnologiyalari fanidan “Qurilishda axborot tizimlari” mavzusida qayta o’zlashtirishi

Iqtisodiyot va qurilish fakulteti Arxitektura yo’nalishi 110-gurux talabasi Foziljonov Nematilloning Qurilishda axborot texnologiyalari fanidan “Qurilishda axborot tizimlari” mavzusida qayta o’zlashtirishi


Reja:
1. Axborot tizimlari;
2. Axborot turlari;
3. Qurilishda axborot tizimlarining tasniflanishi.
Tizim (sistema) deganda, yagona maqsad yo ‘lida bir vaqtning o‘zida ham yaxlit, ham o'zaro bog‘langan tarzda faoliyat ko'rsatuvchi elementlar (obyektlar) majmuasi tushuniladi. Demak, har qanday tizim biror-bir aniq maqsad yo‘lida xizmat qiladi. Masalan, sizga ma’lum bo'lgan shahar telefon tarmoqlari tizimi, insondagi yurak-qon tomiri tizimi, asab tizimi va boshqalar sun’iy yaratilgan va tabiiy tizimlarga misol bo'la oladi.
Axborot tizimlari
Ularning har biri tizimga qo'yiladigan barcha shartlarga javob be­radi, ya’ni har biri o'ziga xos yagona maqsad yo‘lida faoliyat
ko'rsatadi va tizimni tashkil etuvchi elementlardan iboratdir.
Quyidagi jadvalda elementlari va asosiy maqsadi ko‘rsatilgan tizimlarga yana bir nechta misollar keltirilgan.
Informatikada «tizim» tushunchasi ko'proq texnik vositalar, asosan kompyuterlar va murakkab obyektlami boshqarishga nisbatan ishlatiladi.»Tizim» tushunchasiga «axborot» so‘zining qo‘shilishi uning belgilangan funksiyasini va yaratilish maqsadini aniq aks ettiradi.
Axborot tizimi— belgilangan maqsadga erishish yo‘lida axborotni yig'ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo‘llaniladigan usullar, vositalar va shaxslaming o‘zaro bog‘langan majmuasidir. Axborot tizimlari jamiyat paydo b o ‘lgan paytdan boshlab mavjud, chunki jamiyat rivojlanishning turli bosqichlarida o‘z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari — moddiy va nomoddiy ne'matlami ishlab chiqarish bilan bog‘liq jarayonlarga tegishlidir.
Axborot tizimlarini tatbiq etish nafaqat mayda-chuyda axborotni qayta ishlash va saqlash, yozuv-chizuv ishlarini avtom atlashtirish hisobiga, balki qarorlarni qabul qilish (sun’iy intellekt usullari. ekspert tizimlari va hokazolar), zamonaviy telekommunikatsiya vositalari (elektron pochta, telekonferensiyalar), yalpi va lokal hisoblash tarmoqlari va boshqalardan foydalanishda firma mutaxassislari xatti-harakatini modellashtirishga asoslangan boshqarishning yangi uslublari hisobiga ham firma ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati samaradorligini yuksaltirish maqsadlarida amalga oshiriladi.
Axborot tizim larining avtomatlashtirilgan va avtomatik turlari ma’lum. Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimida boshqarish yoki ma’lumot­larni qayta ishlash funksiyalarining bir qismi avtomatik ravishda, qolgani esa inson tomonidan bajariladi.
Avtomatik axborotlar tizimida boshqarish va ma’lumotlarni qayta ishlashning barcha funksiyalari texnik vositalarda, inson ishtirokisiz amalga oshiriladi (masalan , texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish).
Qo‘llanish sohasiga qarab, axborot tizimlarini quyidagi sinflarga
ajratish mumkin:
ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish va boshqarish;
tashkiliy jarayonlarni boshqarish;
loyihalashtirishni avtomatlashtirish;
texnologik jarayonlarni boshqarish.
Ilmiy axborot tizimlari ilmiy-xodimlar faoliyatini avtomatlashti­rish, statistik axborotni tahlil etish, tajribalarni boshqarish uchun mo‘ljallangan.
Loyihalashtirishni avtomatlashtirishning axborot tizimlari yangi texnika (texnologiya) ishlab chiqaruvchilar va loyihachi muhandislar mehnatini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Tashkiliy boshqaruvning axborot tizimlari—shaxslar funksiyalarini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. Bu sinfga ham sanoat (korxonalar), ham nosanoat obyektlari (bank, birja, sug‘urta kompaniyalari, mehmonxonalar va hokazolar) va ayrim ofislar (ofis tizimlari)n i boshqarishning axborot tizimlari kiradi.
Istalgan vazifalardagi axborot tizimi ishini ta ’minlovchi jarayonlami umumiy holda quyidagicha tasawur etish mumkin:
• tashqi yoki ichki m anbalardan axborotni kiritish;
• kiritilgan axborotni qayta ishlash va uni qulay ko'rinishda taqdim etish;
• iste’molchiga axborotni uzatish;
teskari aloqa, ya’ni kiritilayotgan axborotni tuzatish uch u n
foydalanuvchilar tomonidan qayta ishlangan axborot bilan ta’min­lash.
Qo'llash sohasidan qat’inazar, axborot tizimlarining samarali faoliyat ko'rsatishi bir qator ta’minotlar bilan bog'liqdir. Ularni axborot, dasturiy, texnik, huquqiy, tashkiliy, matematik va lingvistik ta ’minotlarga ajratish qabul qilingan.

Download 8.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling