1, Axborot va uning xususiyatlari haqida malumot ehm turlari va ularning imkoniyatlari


Indeks yaratish va yangilab turish (hujjatlardagi maʼlumotlar strukturasi)


Download 167.6 Kb.
bet35/63
Sana09.04.2023
Hajmi167.6 Kb.
#1346048
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   63
Bog'liq
Axborot texnologiyalari

Indeks yaratish va yangilab turish (hujjatlardagi maʼlumotlar strukturasi)

  • Qidiruv soʻrovnomalarini bajarish

  • Qidiruv natijasini imkon qadar mazmunli, yaʼni tushunarli shaklda koʻrsatish

     Qidiruv tizimlarini bir qancha belgilariga koʻra turlarga ajratish mumkin. Quyidagi belgilar misol sifatida tanlangandir. Yangi qidiruv tizimini yaratishda ushbu belgilarning hammasini olish shart emas.
    86. Internet ning asosiy tushunchalari.

    1. Internet (lotincha: inter – aro va net – tarmoq) – standart internet protokoli (IP) orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir. Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi. Internet tarmogʻini minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron pochta, chat hamda oʻzaro bogʻlangan sahifalar va boshqa Butunjahon oʻrgimchak toʻri servislaridan tashkil topadi. Router (Yo’naltiruvchi) – internetda ma’lumotlar oqimini qulay va yaqin yo’l bilan manzilga yetkazishni rejalashtiruvchi va amalga oshiruvchi dasturlar majmuidir. Odatda yo’naltiruvchi sifatida maxsus kompyuterdan foydalanish yaxshi natija beradi.

    2. Gateway (Shlyuz) – ma’lumotlarni uzatishning turli qaydnoma (protokol)larini internet foydalanadigan elektron pochtaning oddiy qaydnomasi SMTP ga (Simple Mail Transfer Protocol – elektron pochta uzatishning oddiy qaydnomasi) aylantiradigan kompyuter. Aslida shlyuz – bu dasturlar majmuidir. Bunda shlyuz maqsadida foydalanadigan kompyuterga katta talablar qo’yilmaydi. Buning uchun unda shlyuz vazifasini o’taydigan dasturlar bilan ishlash imkoni bo’lsa bas.

    3. Trafik – Internet aloqa kanallari orqali uzatilgan ma’lumotlar oqimi hajmi.

    4. DNS server. DNS (Domin Name Service – domen nomlar xizmati) – IP manzillar va kompyuterlar domen nomlarini aniqlovchi server.

    5. Proxy. Internet da ba’zi bir ma’lumotlarga ko’pchilik murojaat qilgani uchun bu ma’lumotlarga oid serverga ulanish (navbat katta bo’lgani uchun) sekin bo’lishi mumkin. Shuning uchun ko’pchilik murojaat qiladigan serverlar nusxalari boshqa serverlarda ham saqlanadi. Bunday serverlar Proxy serverlar deyiladi.

    6. Protokol – bu kompyuterlar orasidagi aloqa o’rnatilishida, ma’lumotlarni qabul qilish va uzatishda foydalaniladigan signallar standartidir. Protokol to’g’ri bo’lsagina kompyuterlar o’rtasida aloqa o’rnatiladi.

    7. Server – bu boshqa kompyuter yoki dasturlarga xizmat ko’rsatadigan kompyuter yoki dasturdir. Bitta kompyuterda bir nechta server ishlashi mumkin. Masalan, ftp, WWW, elektron pochta serverilari.

    8. Mijoz – server resurslaridan va xizmatidan foydalanuvchi kompyuter yoki dasturdir. Masalan, kompyuter fayl-serverning mijozi bo’lishi mumkin (serverda joylashgan fayllardan foydalanishi), shu bilan bir vaqtda elektron pochta dastursida ishlashi mumkin.

    9. URL – (Uniform Resoure Locator) Internet ga murojaat qilishning eng oddiy va qulay usuli bo’lib, u manzilni ifodalaydi. Ya’ni bu manzildagi ma’lumotlardan barcha foydalanuvchilar bir paytning o’zida foydalanishi mumkin.


    10. Download 167.6 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   63




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling