4Axborot ustida bajarladigan asosiy amallar, Axborot turlari . Axborot ustida bajarladigan asosiy amallar: Axborotlar ustida bajariladigan asosiy amallar – to’plash, qayta ishlash va uzatish. Axborotlar inson xotirasidan tashqari turli xil vositalarda, masalan, kitob, gazeta va magnitli tasmalarda, kompyuterlarning maxsus qurulmalarida saqlanadi. Ular axborot tashuvchi vositalar deb ataladi.Axborotni qayta ishlash va uzatish. Axborotlarni qayta ishlash bir axborot obyekti ustida zarur amallarni bajarib, boshqa axborot obyektini hosil qilishdir. Axborotni qayta ishlashning ikki turini ajratish mumkin: 1) mazmunini o‘zgartirish, ya’ni yangi axborot olish maqsadida axborotni qayta ishlash; 2) mazmunini o‘zgartirmagan holda axborotni uning ko‘rinishini о’zgartirish maqsadida qayta ishlash Axborot turlari . Shakliga ko’ra: Matn, tasvir, animatsiya, audio va video axborotlarga bo’linadi. Insonga ta’sir etishiga ko’ra: Uzlukli va uzluksiz axborotlarga bo’linadi. Insonga uzluksiz ta’sir etib turuvchi axborotlar analog axborotlar deb ataladi. Ob-havo holati yoki vaqt uzluksiz axborotga misol bo’ladi.Axborotlarning uzlukli ko‘rinishi diskret axborotlar deb ataladi. Diskret axborotlardan eng ko‘p tarqalgani raqamli axborotlardir, ya’ni uzluksiz axborotning raqamlar orqali ifodalangan ko‘rinishidir.
5Shaxsiy kompyuterning dasturiy ta’minoti. Tizimli dasturlar. Shaxsiy kompyuterning dasturiy ta’minoti. Tizimli dasturlar. Kampyuter tushinadigan tildagi buyruqlar va ko’rsatmalar ketma-ketligi dastur deb nomlanadi. Shaxsiy kompyuter dasturiy ta’minotini quyidagi guruhlarga ajraladi:1. Tizimli dasturlar2. Amaliy dasturlar3. Dasturlashtirish muhiti (yoki instrumental dasturlar).Tizimli dasturlar bu kompyuter ishini boshqaruvchi va har xil yordamchi amallarni bajaruvchi dasturlar. Masalan: fayllar ustidan har xil amallar bajarish (qayta nomlash, yaratish, o’chirish, nusxasini olish, hajmini o’zgartirish), diksni tozalash va tekshirish, kompyuterni sozlash ( tashqi qurilmalar ishini boshqarish). Tizimli dasturlar ham o’z navbatida 4 guruhga ajratish mumkin. Bular: operatsion tizimlar (tizimlar), utilita dasturlar, drayver dasturlar va qobiq dasturlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |