1, Axborot va uning xususiyatlari haqida malumot ehm turlari va ularning imkoniyatlari
NC qobiq dasturi va funksional tugmalar haqida malumot
Download 167.6 Kb.
|
Axborot texnologiyalari
16 NC qobiq dasturi va funksional tugmalar haqida malumot. Norton Commander kompyuter ekranida disk, katalog va fayllar strukturasini ko'rgazmali tarzda ko'rsatib turadi. Ma`lumki, operatsion sistemaning buyruqlarini kompyuterga kiritish ko'p mehnat, vaqt va qunt talab qiladi. Norton Commander foydalanuvchini bu mehnatdan va operatsion sistemaning o'nlab buyruqlarini doimo yodda saqlashdan xalos etadi. Mazkur dasturning eng afzal tomonlaridan biri bo'lib, operatsion sistema buyruqlaridan oson va samarali foydalanish imkonini beradi.Norton Commander dan foydalanuvchi qobiq dasturni tark etmasdan turib, biror dasturni tuzishi yoki matnni tayyorlashi, ularni tahrirlashi va ishga tushirishi mumkin. Norton Commander foydalanuvchi kiritgan buyruqlarni esda saqlab boradi va ishlash jarayonida yana shu buyruqlardan foydalanishga to'g'ri kelsa, ularni takroran klaviatura orqali termasdan amalga oshirish imkonini beradi. Foydalanuvchi tomonidan tanlangan operatsion sistema buyrug'i yoki amaliy dastur bajarib bo'lingandan so'ng yana Norton Commander ga qaytiladi.
17 DOS va VC qobiq dasturi va funksional tugmalar haqida malumot. Хozirda eng ommaviy sanalgan MS-DOS operatsion sistemasi bir vaqtlar inson bilan kompyuter o'rtasida vositachi rolini o'tab, kompyuter resurslaridan foydalanishni osonlashtirgandi. Lekin o'zi rivojlanish natijasida haddan ziyod ko'p buyruqlar bilan to'lib toshib ketdiki, bu foydalanuvchi ishini sustlashtirishga olib keldi. Shunday qilib, foydalanuvchi bilan kompyuter o'rtasida yangi vositachi yaratish ehtiyoji tug'ildi va natijada operatsion sistemaning qobiq dasturlari yuzaga keldi. MS DOS tizimi bilan muloqot uchun foydalanuvchi quyidagicha maxsus tugmachalar majmuidan foydalanish mumkin.– (Ctrl)+(C) komanda yoki dastur ishini tugatadi.– (Ctrl)+(P) Ekrandagi ma’lumot nusxasini printerga ko‘chirishni tashkil etadi.– (Ctrl)+(S) Dastur bajarilishini to‘xtatib turadi.– (F6) – Fayl oxiri belgisini kiritadi. Bu simvol (Ctrl)+(Z) bilan belgilanadi Maxsus tugmalar– Esc – buyruqni bеkor qilish buyrug’i;– Print Screen – monitordagi tasvirni printеrdan chiqarish uchun xizmat qiladi;– Scroll Lock – ba’zi dasturlarda kursorni bir joyda qotirish va butun hujjatni varaqlashda ishlatiladi;– Pause (Break) – dasturni vaqtincha to’xtatish tugmasi Download 167.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling