Axborot texnologiya
savollarga javoblar
1, Axborot va uning xususiyatlari haqida malumot EHM turlari va ularning imkoniyatlari EHM turlari va ularning imkoniyatlari
7. Axborot xususiyatlari (sifatlari). 1) Axborot to’liqlilik sifatiga ega bo’lishi lozim, axborot o’rganilayotgan narsa yoki hodisani har taraflama to’liq
ifodalashi lozim; 2) Axborot ma'lum darajada qimmatli bo’lishi lozim, aks holda undan foydalanish extiyoji tug’ilmaydi; 3)Axborot ishonchli bo’lishi lozim. Aks holda uni qayta ishlashga zarurat tug’ilmaydi.
Axborotning bu 3 ta asosiy xususiyatidan tashqari boshqa qo’shimcha xususiyatlari ham bo’lib, axborot tushunarli, qisqa yoki batafsil ifoda etilishi zarurligini ta’kidlab o’tish joiz.
2 Hisoblash texnikasi tarixi EHM avlodlari haqida malumot bering. Hisoblash texnikasi tarixi. Hisoblash texnikasi tarixi, asosan, 4 davrga bo’lingan. Ular bir-biridan hisoblash vositalarining ishlash tamoyili (prinsipi), tezligi va boshqa imkoniyatlari bilan ajralib turadi. 1- Mexanik mashinalargacha bo’lgan davr. 2- Mexanik mashinalar davri. 3-Elektromexanik mashinalar davri. 4- Elektron hisoblash mashinalari davri.
.EHM avlodlari:
3 Axborot texnologiyalari tushunchasi (ta’rifi, texnologiya so’zi tushunchasi. Axborot texnologiyalari tushunchasi (ta’rifi, texnologiya so’zi tushunchasi). Texnologiya so‘zi yunoncha (grekcha) «techne» – san’at, mohirlik, hunar va «logos» – fan so‘zlaridan tashkil topgan. U aniq maqsadga erishish
uchun zaruriy vositalar, usul va sharoitlardan foydalangan holda muayyan amallarning ketma-ket bajarilishini ko‘zda tutadi. Insoniyat tomonidan axborotlarni izlash, to'plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullari va vositalari —
axborot texnologiyasi deb yuritiladi. Axborot texnologiyasi ikki: ichki va tashqi omillardan iboratdir.
Ichki omillarga - usullar, tashqi omillarga - vositalar kiradi.