1, Axborot va uning xususiyatlari haqida malumot ehm turlari va ularning imkoniyatlari
Kompyuter viruslari va antivirus dastular haqida Kompyuter viruslari
Download 167.6 Kb.
|
Axborot texnologiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Antiviruslar
18 Kompyuter viruslari va antivirus dastular haqida Kompyuter viruslari. Kompyutеr viruslarini dasturli viruslar dеb atash to‘g‘riroq bo‘ladi.Dasturli virus dеb avtonom ravishda ishlash, boshqa dastur tarkibiga o‘z – o‘zidan qo’shiluvchi, ishga qodir va kompyutеr tarmoqlari va alohida kompyutеrlarda o‘z – o‘zidan tarqalish xususiyatiga ega bo‘lgan dasturga aytiladi.Viruslar bilan zararlangan dasturlar virus tashuvchi yoki zararlangan dasturlar dеyiladi.Fayllarning virus-dasturlar bilan zararlanganligi asosan quyidagilardan bilinadi: faylning hajmi sezilarli darajada kattalashadi;fayllar bilan ishlaganda kompyuterning tezligi sekinlashadi;ekranda hisoblash natijasi o’rniga turli begona belgilar paydo bo’ladi;chaqirilgan fayl umuman ishga tushmaydi;kompyuterning xotirasida begona nomdagi fayllar paydo bo’ladi;kompyuter ishga tushishdan bosh tortadi.
Antiviruslar. Virus-dasturlarni izlab topuvchi va ularni zararsizlantiruvchi dasturiy vositalardir. Bunday vositalar o’zlarining ishlash usullariga va imkoniyatlariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi: 19 Ta’sir qilish usullariga ko’ra viruslar qanday turlarga bo’linadi. Ta’sir qilish usullariga ko’ra viruslar qanday turlarga bo’linadi.Hozirgi paytda mavjud bo’lgan virus-dasturlarni ta`sir qilish usullariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: 1) Oddiy faylli viruslar – fayllar bilan birga kompyuter xotirasiga kelib tushuvchi va shu fayl ishga tushirilgandagina o’z faoliyatini boshlovchi viruslar; 2) Rezident faylli viruslar – chaqirilgan fayl bilan birga kompyuterning tezkor xotirasiga kelib tushuvchi va kompyuterning ishlashi mobaynida shu xotirada qolib, so’ngra esa, tezkor xotiraga chaqirilgan barcha fayllarni zararlovchi viruslar; 3) Ko’rinmas viruslar – rezident viruslarga o’xshaydi, lekin ular o’zlarining borligini sezdirmaslikka harakat qiladi ya`ni o’zlarining borligini turli usullar bilan niqoblovchi viruslar; 4) “Troya oti” – o’zini oddiy dasturlardek tutuvchi, buzg`unchilik faoliyatini esa faqat ma`lum amal bajarilgandagina (masalan, nusxa olish amali, faylni bosmaga chiqarish amali va h.k.) boshlovchi viruslar; 5) Mantiqiy “bomba” – maxsus o’rnatilgan sanada yoki belgilangan shart bajarilmaganda (masalan, virus-dastur muallifining maoshi oshirilmaganda) ishga tushuvchi viruslar; 6)“Chuvalchang” (“Chervi”) – boshqa dasturiy vositalarni zararlamovchi, faqat o’zi o’zidan nusxa olib ko’payuvchi viruslardir. Bunday viruslarning ta`siri natijasida kompyuter xotirasi begona fayllar bilan (virus-dasturlarning nusxalari bilan) to’lib qolib, uning samaradorligi keskin pasayadi. Download 167.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling