1, Axborot va uning xususiyatlari haqida malumot ehm turlari va ularning imkoniyatlari
Download 167.6 Kb.
|
Axborot texnologiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 101. Intеrnеt uchun - Web-sahifa yaratish
- 102. AKT va Hisoblash texnikaning rivojlanish bosqichlari nimalardan iborat
100. Domen tushunchasi?Domen – bu cheksiz internet ummonidagi serverlardan birida joylashgan qaysidir saytga olib boradigan manzil hisoblanadi. Aslida Siz hosting xizmatidan foydalanib, saytingizni qaysidir serverga joylashtirganingizda, saytingiz manzili (server nuqta’I nazaridan) qandaydir IP manzilga teng bo’ladi.
101. Intеrnеt uchun - Web-sahifa yaratish? Web sahifa yaratish va bezash. Wev sahifalarga rasmli, gragik ma’lumotlarni joylashtirish va bezash. HTML formatida tayyorlangan elеktron hujjat HTML hujjat, web hujjat yoki web sahifa dеb ataladi. Agar elеktron hujjatni tayyorlash haqida gap borsa, u xolda hujjat HTML hujjat dеb ataladi, ushbu elеktron hujjatni intеrnеtda e’lon qilish yoki tarqatish xaqida gap borsa, u xolda bunday elеktron hujjat web sahifa dеyiladi. Web sahifalarni yaratish uchun quyidagi dasturiy vositalardan foydalanishimiz mumkin: HTML, Java Sqript, Microsoft FrontPage, Photoshop, Corel Draw, Macromedia Flash MX, Camstudio, GIF Animator. Ushbu dasturlarning har biri virtual tajriba stеndini yaratishda turli va aniq vazifalarni hal etish uchun qo‘llaniladi. Garafika faqat zarur bo‘lgan hollarda va joylarda ishlatiladi. Websahifalaridagi garfikaning tarkibiy qismini vazifalariga qarab shartli ravishda 3 ko‘lamga bo‘lish mumkin. 1. Tasvirli gragika toifasi matnlar uchun fotosuratlar, tushuntiruchi rasmlar, chizmalar, sxemalarni o‘z ichiga oladi. 2. Funksiyali grafika toifasi saydlarni ishlatish elementlarini o‘z ichiga oladi. 3. Bezakli grafika dizayn element sahifalarini o‘z ichiga oladi. Bu sahifalar go‘zallikni aks ettirib, ortiqcha ma’lumotlardan holis. Bezakli grafikaga fondagi suratlar, bo‘lish chizig‘lari va boshqalar kiradi. HTML (Hyper Text Markup Language – gеpеrmаtnni bеlgilаsh tili) WWW sistеmаsi uchun hujjаt tаyyorlаshdа ishlаtilаdi. HTML tili WWW dа gipеrmаtn hujjаtlаrni tаyyorlаsh vоsitаsidir. 102. AKT va Hisoblash texnikaning rivojlanish bosqichlari nimalardan iborat? Hisoblash texnikasi tarixi, asosan, 4 davrga bo’lingan. Ular bir-biridan hisoblash vositalarining ishlash prinsipi (tamoyili), tezligi va boshqa imkoniyatlari bilan ajralib turadi. 1. Mexanik mashinalargacha bo'lgan davr; 2. Mexanik mashinalar davri; 3. Elektromexanik mashinalar davri; 4. Elektron hisoblash mashinalari davri. Mexanik mashinalargacha bo‘lgan davr. Insoniyat hisoblashga ehtiyoj seza boshlaganda dastlabki hisoblash vositasi sifatida barmoqlardan foydalangan. Shu sababli inson tabiiy hisoblash vositasi hisoblanadigan qo‘l va oyoq barmoqlari yordamida faqat sanash ishlarini bajargan. Mexanik mashinalar davri.Nemis matematigi Vilgelm Shikkard 1623-yili loyihalashtirgan moslamadan mexanik mashinalar davri boshlandi. Aslida esa Shikkardning mashinasi ham birinchi emas ekan. 1967-yili Madriddagi milliy kutubxonadan Leonardo da Vinchining nashr etilmagan qo‘lyozmasi topilgan. Qo‘lyozmadagi chizmalar ichida o‘n uchta raqamli sonlarni qo‘sha oladigan hisoblash qurilmasining chizmasi mavjud bo‘lib, ular asosida yasalganda qurilma qo‘shish va ayirish amallarini bajaruvchi mashina ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shunga asosan uyg‘onish davrining buyuk rassomi, italiyalik matematik Leonardo da Vinchi (1452–1519-yillar) birinchi hisoblash qurilmasining ixtirochisi deb hisoblanadi. Elektromexanik mashinalar davri. Mexanik hisoblash mashinalarida mos qurilmalar qo‘l kuchi bilan harakatga keltirilar edi. Mana shu vazifani elektr energiyasi yordamida amalga oshiruvchi hisoblash mashinalarining ishlab chiqilishi elektromexanik hisoblash mashinalar davrini boshlab berdi. 1831 yilda amerikalik J.Genri elektromexanik rele ixtiro qildi. 1918 yilda bir-biridan bexabar holda rus olimi M.A.Bonch-Bruyevich va ingliz olimlari V.Ikklz va F.Jordan trigger deb atalgan elektron rele ixtiro etishdi. Elektron hisoblash mashinalari davri. 1946 yilda birinchi bo‘lib AQSHning Pensilvaniya universitetida Jon Mouchli va Jon Ekkert 70 tonnaga yaqin og‘irlikdagi, 300 kvadrat metrli joyni egallagan, qariyb 18 mingta elektron lampali ulkan elektron hisoblash mashinasi «ENIAC»ni (Electronic Numerical Integrator And Calculator) qurishdi. Download 167.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling