146. Matnlarni qayta ishlash texnologiyasi. Chizmalardan foydalanish tartibini tushuntiring. Shaxsiy komp’yuterda har bir foydalanuvchi turli hujjat va matnlarni tayyorlash zarurati tug‘iladi. Bunda matnlarni tayyorlashda foydalanuvchi uchun ko‘pgina qulaylik yaratiladi va hujjatlar sifati oshadi. Bunday qulayliklarni yaratib beruvchi programmalarga matn muharirlari deb ataladi. Matn muharirlari matnlarni kiritish, o‘zgartirish, ko‘chirish va bosmaga chiqarish kabi bir qancha imkoniyatlarga ega. Bunday matn muharirlariga Lyeksikon, WD, PE2, Word va boshqalarni misol keltirish mumkin. Hozirgi kunda eng ko‘p ishlatiladigani bu Word sistemasi bo‘lib unda juda katta imkoniyatlar mavjud va u Windows muhitida ishlaydi.Detallarning ish chizmalari buyumning asliga qarab olingan eskiz bo’yicha yoki buyumning konstruktor tuzgan ish chizmasi bo’yicha ishlanadi. Odatda, ish chizmalari buyum tarkibiga kiruvchi har bir detal uchun tuziladi. Detalning ish chizmasi eskizdan farh hilib, chizma asboblari bilan aniq masshtabda chiziladi. Asl imzolar bilan rasmiylashtirilgan bunday chizmalar asl nusxalar deb ataladi. Asl nusxalardan turli usullarda nusxalar ko’chiriladi, bunday nusxalar dublikatlar deb ataladi. Dublikatlar yorug’lik vositasida nusxalar ko’chiribko’paytiriladi, bu nusxalardan foydalanib, detallar ko’plab tayyorlanadi. Detal chizmasidagi tasvirlar soni, ya’ni ko’rinishlar, qirqimlar, kesimlar va chiqarish elementlari soni eng kam, lekin detal shaklini to’g’ri tasvirlash uchun yetarli bo’lishi lozim. Detalning ish chizmasida o’lchamlar, sirtlarning g’adir-budurligi, sirtlar shakli chetga chiqishlari, materialga qo’yiladigan talablar, sirtlarning qoplanishi to’g’risidagi ko’rsatmalar va boshqalar ko’rsatiladi.O’lcham sonlari va yozuvlari kamida 3,5 o’lchamdagi shriftlar bilan yoziladi.O’kuv jarayonida detalning qaysi buyum yoki yig’ma birlik tarkibiga kirishi noma’lum bo’lganligidan detal shartli ravishda belgilanadi, masalan, MCh 00 00 07, bu yerdaa indeks MCh 00 mashinasozlik chizmachiligini, 07 son – chizmachilik kabinetidan olingan, eskizi tuziladigan detalning nomeri.
Do'stlaringiz bilan baham: |