1. Axborotlashuv jarayonining jamiyat taraqqiyotiga ta’siri


Download 20.65 Kb.
bet1/7
Sana27.03.2023
Hajmi20.65 Kb.
#1300104
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
informatika


1.Axborotlashuv jarayonining jamiyat taraqqiyotiga ta’siri
Insoniyat yaralibdiki, uning axborot tizimlaridan tegishli ma’lumotlarni qabul qilishi va shu asosda o’z ijtimoiy “men”ligini shakllantirishga bo’lgan ehtiyoji tobora ortib kelgan va hozir ham shunday davom etmoqda. Bu esa har bir shaxsdagi
dunyoqarash, e’tiqod, hissiy holat va o’zgalarga bo’lgan munosabatlar tizimiga keng
darajada ta’sir ko’rsatadi. Xuddi ana shu ta’sir ko’lamini o’rganib, tahlil qilib va tegishli muhim xulosalar chiqargan holda, ma’lum tadbirlarni belgilash hamda amalga oshirish orqali insonni o’zgartirishga qodir bo’lgan ochiq axborotlardan psixologik himoyalanish tamoyillarini yaratish mumkin.
Qolaversa, inson bugun turli xil axborotlar tazyiqidan psixologik himoyalanmas ekan, uning borliqni ob’ektiv anglashga bo’lgan imkoniyatlariga putur etaveradi. U qanchalik mukammal bilim va tajribaga ega bo’lmasin, ma’lum maqsadga yo’naltirilgan axborot tahdidlari uning hissiy kechinmalariga jiddiy darajada salbiy ta’sir etaveradi. Shu boisdan hozirgi paytda inson ongini egallash va shu yo’l bilan turli xil siyosiy maqsadlarni amalga oshirishga intilish tobora kuchayib bormoqda. Chunki bu yo’l juda katta mablag’ talab qilmaydigan, kuchli armiya yoki qurol-yarog’ ishlatmasdan turib muayyan maqsadli natijaga erishiladigan yo’l ekanligini barcha siyosiy oqimlar yaxshi bilishadi. Shuning uchun dunyodagi barcha davlatlar bugun ma’lum kuchlar an’anaviy
qurollardan foydalanish bilan bir qatorda inson ongiga manipulyativ ta’sir
ko’rsatishlaridan ham tashvishga tushmoqda. Bunday tashvish, albatta, bizning mamlakatimizni ham chetlab o’tayotgani yo’q. Ayni paytda, ayrim yoshlarimiz bilib-bilmay turli xil oqimlar girdobiga tushib qolishlari
natijasida gohida yolg’on, bo’hton axborotlarni ob’ektiv voqelik haqiqatlaridan
ajratolmay qolayaptilar. Tabiiyki, bunday holat o’z vaqtida bartaraf etilmas ekan, katta ijtimoiy zarar ko’rishimizni va buning og’ir oqibatlarini tugatish ancha mushkul bo’lishini oldindan anglashimiz kerak bo’ladi.

Download 20.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling