1. Axborotlashuv jarayonining jamiyat taraqqiyotiga ta’siri
Ochiq axborot kommunikatsiya tizimida yoshlarda axborot iste’moli madaniyatini oshirish masalalari
Download 20.65 Kb.
|
informatika
7. Ochiq axborot kommunikatsiya tizimida yoshlarda axborot iste’moli madaniyatini oshirish masalalari
Insoniyat tarixida hayrat cho‘qqisida eng uzoq turgan kashfiyotlardan biri bu kompyuter va internet bo‘lsa ajab emas. Kompyuter texnologiyalari bugun hayotga shiddat bilan kirib kelayapti. Yangi narsa esa yosh avlod uchun doim qiziqarli. Lekin o‘sha yosh avlod mazkur sohani ipidan ignasigacha mukammal egallashga harakat qilayaptimi yoki uning quliga aylanib borayaptimi, buni ajratib olish mushkul Agar bolaning o‘ziga qo‘yib bersangiz, u soatlab va hatto kunlab ana shu mashina oldida muk tushib o‘tirishi mumkin. "Bu yaxshi emas!" ligini barchamiz bilamiz. Lekin bunga baribir to‘sqinlik qilolmaymiz. Buning sabablari juda ko‘p. Birinchidan, bolani har qadamda nazorat qilishning imkoni yo‘q yoki bunday ishning oqibati bolaga nisbatan ishonchsizlik va uni bezdirib qo‘yish bilan tugashi mumkin. Ikkinchidan, katta avlodning kompyuter texnologiyalari borasidagi bilimlari yetishmasligi. Ular bolaga bu borada o‘rnak bo‘lolmaydi yoki yo‘l-yo‘riq ko‘rsata olmaydi. Uchinchidan, axborot tabiiy ravishda ko‘payib boraveradi. Bu jarayonni esa faqat bolani, qo‘pol tushuntirganda, qamab qo‘yibgina to‘xtatib turish mumkin. O‘zMU psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Liliya Sultanova o‘zining ana shunday o‘yinlar bozori bilan qiziqqanini ta'kidladi: - Bilasizmi, kompyuterda o‘ynash uchun mo‘ljallangan o‘yinlar (disklar) turini o‘rgandim. Ma'lum bo‘ldiki, bozorda disk ko‘rinishida sotilayotgan o‘yinlarning deyarli 95 foizi qotillik, o‘g‘rilik, zo‘ravonlik va shu kabi xatti-harakatlar asosiga qurilgan ekan. Doimiykopyutero‘yinlarinio‘ynashboladako‘nikishpaydoqiladivaasta-sekinengdahshatlijinoyatlarnihamuoddiyholdekqabulqiladi.Bola dunyoqarashiga katta ta'sir o‘tkaziladi: unda bir urib ko‘rsam, mushtlashsam degan fikrlar paydo bo‘ladi. U bu dunyo shafqatsiz, unda faqat kuchlilargina g‘olib chiqadi, deb o‘ylay boshlaydi. Shuningdek, o‘yinlarda ayrim davlatlarning ramzlari qo‘llanadi. Bolaga ularni tanlash taklif etiladi. Va ana shu vosita orqali bizning turmush tarzimiz eng zo‘r, bizdan ibrat oling, degan g‘oya sezilarsiz tarzda singdirib boriladi. Bu juda jiddiy g‘oyaviy ta'sirdir. Lekin bolaga o‘yin o‘ynashni taqiqlash ham noto‘g‘ri. Download 20.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling