1. Ayollar kiyimlari uchun fason va gazlama tanlash Andoza tayorlash andoza fason chiziqlarini kiritish


Download 0.94 Mb.
bet18/24
Sana04.04.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1324810
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Bog'liq
16-mavzu

6.2.2. Yopish (Pishirish) Yopish-non bulochka mahsulotlari tayyorlashning oxirgi bosqichidir. Yopish jarayoniga ta'sir etuvchi asosiy omillar-harorat, shuningdek yopish kamerasining namligidir. Pech harorati 300-400
0 S tashkil qiladi, dandir ichki muhiti 200-250 0S. Bug’doy unidan 0,2 kgli mahsulotlar uchun yopish vaqti 5-6 daqiqagacha. Javdar unidan og’irligi 2 kg bo’lgan mahsulotlar uchun 50-70 daqiqagacha. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati, pechlarning maxsuldorligiga bog’liq. Uzluksiz ishlab chiqarishda, pechlar to’la ishlaydi. Bunda pechlar bir kunda 23 soat ishlaydi ( 2 smena orasida 30 daqiqadan dam oladi). Sanoatdagi non yopishda ikki xil pechlar ishlatiladi: tunnelli va boshi berk (tupikli). Uzluksiz ishlovchi pech unumdorligi: (kg/soat) R 60 KN m bu yerda 60- soatni daqiqaga aylantirish, K-ishchi lyulkalar soni. N-mahsulotlar miqdori, m-bitta mahsulot og’irligi. kg. -Yopish davomiyligi, min. Davriy harakat qiladigan pechlar mahsuldorligini bilish uchun (rotasion, yarusli pechlar, tandirlar) formuladan foydalanish mumkin (kg soat): R 60 V M
B-pechdagi tayyorlov soni. Mayda donali mahsulotlarni (bulochkalar, pletyonkalar va x.k) har-xil pechlarda listlarda tayyorlanadi. 6.2.3. Saqlash va tayyor mahsulot sifatini nazorat qilish Yopilgan mahsulotlarni yog’ochli yoki plastik lotoklarga joylanadi, obi nonlarni tiklab qo’yiladi. Lotoklar konteynerga joylanadi va sotishga jo’natiladi. Mahsulotlar soviganda og’irligi kamayadi, sifati o’zgarishi ham mumkin. Mahsulotlar sifatini nazorat qilish. Bulochka mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalarda, odatdagi texnologik nazorat usullari qo’llanishi kerak. Namunalar taxlilining o’rtachasiga qarab butun partiya tavsiflanadi. Maxsulotlarning standartga mosligi har bir vagonetkadagi 2-3 ta lotokdan namuna olib, tashqi ko’rinishi tekshiriladi. Ko’rik natijasi bo’yicha barcha maxsulotga baho beriladi. Sifatning fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari deganda namlik, kislotalilik, g’ovaklik tushuniladi. Organoleptik baholash deganda mahsulotni har bir ko’rsatkichi (mahsulotlarning shakli, qobig’i, rangi va g’ovaklik holati) degustatorlar tomonidan alohida ballar bilan baholanadi (1 dan 5 ballgacha). Mahsulot bali 3 dan past bo’lsa, sifatsiz deb hisoblanadi va keyingi baholashga yo’l qo’yilmaydi. 6.3. Alohida turdagi non-bulochka mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasi. 6.3.1. Batonlar Unning 1 va 2 navlaridan ishlab chiqariladigan donali mahsulotlarning quyidagi turlari mavjud: oddiy batonlar, kesilgan, kesilgan sutli, gorodskoy, studentskiy, mayiz bilan, oshxona va boshqa batonlar. Oddiy, yuqori qismi kesilgan, sutli, mayizli, oshxona batonlari cho’zinchoq, yumaloq shaklda ishlab chiqariladi. Uchli yoki uchsiz-stolichniy batonlar, podmoskovniy va studencheskiy batonlaridan tashqari hamma batonlarning yuqori qismida ikki uchta qirqim bor. Xamirni har xil usulda tayyorlasa bo’ladi. Ko’pincha oparali usulda tayyorlanadi. Tayyor xamirni ajratish mashinalarida bo’linadi. So’ngra masalliqlarga shakl beriladi. Keyin oxirgi tindirishga jo’natiladi. Tindirish davomiyligi oddiy birinchi navdan tayyorlangan batonlar uchun 30-50 minut, ikkinchi nav uchun 25-40 minut, kesilganlar uchun 30-50 minut. Pechga qo’yishdan oldin batonlar yuqori qismidan maxsus moslama yoki qo’l bilan kesib qo’yiladi. Mahsulotlarni poddonlarda yoki listlarda yopiladi. Mahsulot turiga qarab yopilish dovomiyligi 18-25 daqiqa bo’ladi. 6.3.2. Sdobali non-bulochka mahsulotlari Bu turdagi non-bulochka mahsulotlari oziq-ovqat korxonalarida tayyorlanadi. Ular resepturasida yog’ va shakarning umumiy miqdori 14% va undan yuqori bo’lgan mahsulotlar kiradi. Sdobali mahsulotlarni quyidagi nomlar bilan ishlab chiqariladi: "vesnushka" bulochkasi – og’irligi 0,05 kg dumaloq yoki to’rtburchak shaklda; Slavyan bulkasi og’irligi 0,5 kg dumaloq shaklda; Mevali bulka og’irligi 0,2 kg dumaloq shaklda; Qaymoqli non og’irligi 0,1 kg dumaloq shaklda. Sdobali mahsulotlar uchun xamirni oparali, katta quyuq oparada, oparasiz tezlashtirilgan usulda tayyorlanadi. Opara tayyorlash uchun 50 % xamirturush ishlatiladi. Oparaning boshlang’ich harorati 26-30 0S, bijqish davomiyligi 210- 270 daqiqa. Tayyor oparada xamir qoriladi, reseptura bo’yicha mo’ljallangan qolgan un va xom ashyo qo’shiladi. Xamirning boshlang’ich harorati 28-32 0S, fermentasiya davomiyligi 60-90 daqiqa. Oparasiz uslub bilan xamir tayyorlashda un, suv, tuz, xamirturushni hammasi birdan solinadi. Xamirni boshlang’ich harorati 29-310S, bijqish vaqti 120-210 minut. Ularni bezash uchun krem, pomada, tolqon va qaynatma xamirlar ishlatadi. Masalan, bezash uchun krem resepturasi quyidagicha: Suv.kg...........................................................1 shakar.kg.......................................................0,4 un.kg.............................................................0.2 tuxum.kg........................................................5 vanilin.kg.....................................................0,1 10 kg pomada tayyorlash uchun 8,3 kg shakar, 0,8 kg kraxmal potokasi sarflanadi. Shakar va suvni 3:1 nisbatda aralashtirib 113-117
0 Sga qizdirib, patoka qo’shiladi va siropni 36-40 0Sga sovutib, 15-20 daqiqa ko’pirtiriladi. Ishlatishdan avval pomadani 40-440S ga qizdiriladi. Sdobali mahsulotlarni turli pechlarda yopib pishiriladi. 6.4. Xamirli pazandachilik mahsulotlari texnologiyasi Bu guruhga, pirojki, cheburek, bo’g’irsoq, vatrushka, pissa va boshqa mahsulotlar kiradi. Ko’pincha mahsulotlar ikki xil yarim fabrikatlar: xamir va nachinka(masalliq) dan iborat. Bo’g’irsoqlar masalliqsiz ishlab chiqariladi. Xamirli mahsulotlarga, xamirdan yopiladigan, lekin boshqa taomlar tarkibiy qismi bo’ladigan mahsulotlarni kiritish mumkin. Mahsulotlar ishlab chiqarilayotganda xom ashyo va yarim fabrikatlar sarfi pirojki uchun (xamir va masalliq) 100 dona mahsulotga, cheburek, bo’g’irsoq uchun 10 kg, 1 dona pissa uchun alohida hisoblanadi.Bu mahsulotlarni tayyorlashda oliy nav un ishlatish lozim. Nachinkali mahsulot ishlab chiqarish uchun xamirturushli xamir ishlatiladi. Oparasiz usulda tayyorlanayotgan xamirga issiq suv (35-400S), xamirturushli suspenziya quyiladi, shuningdek tuxum, un, tuz, shakar qo’shiladi va 7-8 daqiqa aralashtiriladi. So’ngra eritilgan margarinni qo’shib ikkinchi marta aralashtiriladi. Xamirni 3-4 soat bijqishga qoldiriladi. Oparali usulda suv umumiy miqdorining 60-70 % (harorat 35- 400S), xamirturishli suspenziya, un umumiy miqdorining 35-60 % olinib, aralashtirib 2,5-3 soat bijqitiladi, so’ngra boshqa masalliqlar (margarindan tashqari) qo’shib aralashtiriladi. Eritilgan margarinni xamir qorishning oxirida qo’shiladi. Xamir bijqishi 2-2,5 soat davom etadi.

O`G`IL BOLALAR KIYIMLARI UCHUNH FASON VA GAZLAMA TANLASH, ANDAZA TAYYORLASH, ANDAZAGA TAYYORLASH, ANDAZAGA FASON CHIZIQLARINI KIRITISH, ANDAZANI GAZLAMAGA JOYLASHTIRISH, BICHISH VA TIKISH, TEXNOLOGIK XARITAS YARATISH
Bolalar modasi, palto, plashch, trenchkot, kurtka, bomber, shuba, balero, borsovka, tolstovka, pidjak, jemper, nimcha.
Barkamol shaxsni tarbiyalashda u dunyoga kelganidan boshlab, to maktabgacha tarbiya yoshigacha bo‘lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega. Istiqlol tufayli bugungi kunda nafaqat Respublikamizda, balki chet ellarda ham xaridorgir bo‘layotgan o‘zbek liboslari o‘ziga xos ko‘rinish kasb etmoqda. Jahon andozalariga mos ravishda ishlab chiqarilayotgan bunday mahsulotlarga talab kundan-kunga ortib bormoqda . Ishlab chiqarish mobaynida qiz bolalar kiyimi uchun alohida, o‘g‘il bolalar kiyimi uchun esa alohida bezak elementlaridan foydalaniladi. Bunda bolaning zerikib qolmasligi uchun kontrast ranglardan foydalanishga, kiyimning imkoniyat darajasida ular uchun qiziqarli bo’lishiga va ularning dunyoqarashiga mos rasmlarni tanlanishiga alohida e’tibor qaratilgan. Uch yoshli bolaning dunyoqarashi keng bo‘ladi. Uni tabiat bilan bog‘liq rasmlar qiziqtiradi va bola ko‘proq yorqin ranglarga talpinadi. Ularga libos tikayotgan korxona chevarlari ko‘proq matolarning sariq, qizil, yashil kabi yorqin ranglilarini tanlashadi. Qiz bolalar ko‘proq mato rangiga va guliga e’tibor berishadi. Shu bois, ularning liboslarida ko‘proq gul, kapalak, daraxt, quyosh rasmlarini, o‘g‘il bolalar kiyimlarida esa futbol to‘pi, mashina yoki turli hayvonlarning, multfilm qahramonlarini tasvirlovchi rasmlar qo‘yib tikish ayni paytda dolzarb sanaladi. Bunda bolaning yoshiga qarab kichkina yoki kattaroq rasm tanlanadi. Bolalar modasi ham kattalarnikidan qolishmaydi. Shu sababli ham, jahonning mashhur dizaynerlari, turli uslub va ranglar uyg’unlashuvini sinab ko’rishni taklif qilishmoqda. Kattalarnikiga xos jiddiylik, oddiylik bola kiyimlarida ham yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Ushbu mavsumda ikki qarama-qarshi holatdagi tendensiyalar va ranglar uyg’unligini ko’rishimiz mum kin. Bir tomondan bolalar libosida qora, oq, kulrang ranglardan foydalanish keng ommalashdi va ustunlikni qo’lga oldi. Bu esa, bolalarning yorqin ranglar va qo’shimcha bezak, detallarga burkangan moda olamida butunlay yangi burilish yasadi. Bolalar kiyimlaridan namuna Ayni paytda bolalar garderobi kattalarnikdan also qolishmaydi, bugungi kunda ularning garderobida ichki, ustki, bel va bosh kiyimlarning bir necha variantlarini topish mumkin.
Bolalar garderobidagi ust kiyimlar: palto, plashch, trenchkot, kurtka, bomber, shuba, balero, borsovka, tolstovka, pidjak, jemper, nimcha va chopondan iborat. 
B olalar ust kiyimlari: trenchkot, plashch, kurtka Bolalar garderobida kundalik va bashang ko’ylak, bluzka, kofta, tunika, futbolkalar ham muhim joy olgan. Bel kiyimlari jumlasiga esa yubka, shim, shorti, kapri, lozim, lasina, gomaj, legensi va kolgotkalar kiradi. Bolalar kostyumida muhim va boyituvchi kiyimlardan yana biri bosh kiyimlardir. Ular sirasiga shapka, kepi, ushanka, telpak, shlyapa, beretka, gnomik, shlyapka va qalpoqlar kiradi(1.3-rasm). 
Bolalar bosh kiyimlari: shlyapka, shapka, ushanka. Bolalar oyoq kiyimlari bosonojka, batilyon, botinka, etik, nim etik, tufli, krosovkadan iborat. Quyida bolalar kiyimlarini yosh aspektlari bo’yicha tahlilini o’tkazamiz. 
Bolalar yosh guruhlari.1.1. -jadval 

O’sish davri 


Qizlar 

O’g’il bolalar 

Buyum 
razmeri 


Chaqaloqlik 


lyoshgacha 


1 yoshgacha 


22-24 

Yasli yoshi 

1-3 yosh 


1-3 yosh 


26-28 

Maktabgacha yosh davri 

3-7 yosh 


3-7 yosh 


28-30 

Kichik maktab yoshi 

7-11 yosh 


7-12,5 yosh 


32-36 

Katta maktab yoshi 

11-14,5 yosh 


12-15,5 yosh 


38-42 

O’smirlik 

14,5 - 18 yosh 


15,5-18 



44-46 

Chaqaloqlar kiyimi. Bun o’sish davriga bir yoshgacha bo’lgan bolalar kiradi. Ularning boshi katta, qo’llari uzun boladi. Bolaning bosh aylanasi ko’krak aylanasiga teng. Bu yoshdagi bolalar 6-8 oy vaqtini krovatda otkazadi, shuning uchun ularga oddiy, yengil, yaxshi yuviladigan va oson dazmollanadigan, shu bilan birga, oz xususiyatini yo’qotmaydigan kiyim kerak. Chaqaloqning birinchi kiyimi yaktakcha, ustki kiyim, bosh kiyim va ishton. Bu kiyimlarning yaxshi tomoni shundaki, u erkin, oddiy bichimli, kam ishlov beriladigan va oson bezaladi. Yaktakcha qorinning pastki qismigacha davom etadi, bola o'tirishni boshlaganda, unga ishton kiydiriladi. Chaqaloqning ustki kiyimi yengil, issiq, yengsiz, kapyushonli, etagi kengaygan, odatda erkin, bosh kiyim ham bo'shroq boladi. Gazlamalar esa paxta tolali bo’lishi shart. 
Yasli yoshidagi bolalar kiyimi. 1-3 yoshda bolalar tez o'sadilar, gavda tuzilishi nisbatlari o'zgaradi, bosh va tana o'lchamlari 1:4 nisbatda boladi. Bu davrda bolalar yura boshlaydilar, ko'p harakatlanadilar, shuning uchun kiyimlari erkin harakatlanishga xalaqit bermaydigan bo'lishi kerak. Qiz bolalar kiyimlarining asosiy shakli trapetsiyamon, yelka kamaridan boshlab kengaygan, koketkali yoki koketkasiz bo'lishi mum kin. O'g'il bolalar kiyimlari esa to'g'ri shakllari bilan xarakterlanadi. Shimlari ko'pincha kalta, shakli tog'ri yoki pochasiga qarab salgina toraygan bo'lib, koylaklar, puloverlar va kurtkalar bilan mos tushadi. Qiz bolalar garderobi uzun tungi ko'ylak yoki pajama koylaklar , fartuklar, nimchalar, sarafan, bluzka va shim, kurtka, palto va kombinezondan iborat. O’g’il bolalar garderobi tungi kiyim yoki pajama, koylaklar yoki shimlar, kurtka, kombinezon va paltodan iborat. Kiyimlarni komplektlash yo'li bilan sonini kamaytirib, ishlatish variantlarini ko'paytirish mumkin. Yasli yoshidagi bolalar kiyimlari sodda va ixcham bo'lishi bilan birga, alohida qismlarining shakli turli- tuman bo'lishi mumkin. Yenglari odatda uzun bo'lib, tog'ri yoki pastki qismida manjetli boladi. Yozgi kiyimlarning yenglari “qanotcha” yoki “fonarcha” ko'rinishida bo'lishi mumkin. Ustki kiyimlarini modellashtirishda ko'pincha kapyushonli qilinsa, maqsadga muvofiq. Ustki kiyimlarning yana bir qulay turi bu kombinezon bo'lib, bola tanasini to'liq yopib turadi va bemalol harakatlanishini ta'minlaydi. Bu davrdagi bolalar kiyimlarining bezaklari turlicha bo'lishi mumkin, lekin bunda me'yorni saqlay bilish kerak. Yasli yoshidagi bolalar kiyimlarining badiiy obrazliligini hal qilishda tabiatning nozik ko'rinishlaridan, oqish va tiniq ranglardan foydalaniladi. Bunda materiallarning fakturasi va ranglarini o'zaro uyg'unlashtirish hisobiga erishish mumkin: momiq quyoncha, sap-sariq jo'jacha, qo'zichoq, nozik gullar va boshqalar bolalar kiyimlarini obrazliligini 
ta'minlaydi. Maktab yoshidagi bolalar kiyimi. Bolalikning bu davrida nima yaxshi- yu, nima yomonligi to'g'risida dastlabki tushunchalar paydo bo’la boshlaydi. Bolani o'rab turgan tevarak -atrofdagi barcha narsalar, shu jumladan, o'yinchoqlar, kiyimlar uning e'tiborini torta boshlaydi, tug'ilayotgan son- sanoqsiz savollarga javob qidira boshlaydi. Jismoniy jihatdan ham jadal rivojlanadi, tananing nisbatlari ham o'zgaradi, endi bosh va tananing nisbatlari 1:5 yoki 1:5:5ni tashkil etadi. Kiyim assortimenti avvalgicha qoladi, lekin shakllarning bo'linishlarida o'zgarishlar bo’ladi. Ko'ylaklarning kichkina koketkali, unchalik enli bo'lmagan qo'sh etaklar, plisse yoki taxlamalar bilan bezash mumkin. Kiyimning asosiy shakllari trapesiyamon va to'g'ri. Bolalar mustaqil ravishda kiyinib, yechinishlarini rag'batlantirish maqsadida qulay taqilmalar qilinadi, ular, albatta, kiyimning old qismida joylashishi kerak, tugmalar qulay shakl va o'lchamlarida bo'lib, soni ko'p bo'lmasligi kerak. Kiyimlarning old bo'laklari yorqin applikatsiyalar, kashtalar bilan bezatilishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalar kiyimlari serbezak, shakllari erkin va yumshoq bo'lishi kerak.
Qiz bolalar kiyimlari uchun fason va gazlama tanlash, andaza tayyorlash, andazaga fason chiziqlarini kiritish, andazani gazlamaga joylashtirish,bichish va tikish, texnologik xarita yaratish

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling