1. Ayollar kiyimlari uchun fason va gazlama tanlash Andoza tayorlash andoza fason chiziqlarini kiritish
Download 0.94 Mb.
|
16-mavzu
Kisellarni tayyorlash. Jeleli shirin taomlardan eng ko'p tayyorlanadigani kisellardir. Kiselning ilvira holidagi quyuqligini ta'minlovchi mahsulot kartoshka kraxmali hisoblanadi. Jo'xori kraxmali (mais) sutli kisel uchun ishlatiladi. Jo'xori kraxmalini meva-rezavorlardan tayyorlanadigan kisel uchun ishlatilmaydi, chunki u meva kiseliga oq bo'qiq rang berib, donning noxush ta'mi chiqadi. Kisel pishirishda modifikatsiyalangan kraxmal ham ishlatiladi. Shu tufayli kisel ancha quyuq boiib, idish chetidan yaxshi ajraluvchan bo'ladi.
Kisellarga qo'shiladigan kraxmallar awal bo'ktirib tayyorlashni talab qilmaydilar. Gamogen ko'rinishidagi kleystrlangan kraxmallarni hosil qilish uchun kraxmal miqdoriga nisbatan 4—5 barobar ko'p sovuq suyuqlikda kraxmal bir xil quyuqlikda aralashtirilib, qaynab turgan suyuqlikka solinadi va aralashtirilgan holda qaynash darajasiga ko'tarilib, 2—10 minut qaynatib tayyorlanadi. Kisellarni yangi meva va rezavorlardan, quritilgan, konservalangan mevalardan, meva sof sharbati, shakarli sharbat pyuresi, ekstratlaridan, kvasdan, sutdan, pavidlodan, murabbodan, ravochdan va boshqa mahsulotlardan hamda quraq kisel konsentratlaridan tayyorlanadi. Kisellar quyuq-suyuqlik darajasiga qarab: quyuq, o'rtacha quyuqlikda va o'rtacha suyuqlikda tayyorlanadi. 1 kg quyuq kisel tayyorlash uchun 60—80 g kartoshka kraxmali ishlatiladi. Tayyorlangan kraxmal suyuqlikka qo'shilgach, to'xtovsiz aralashtirilgan holda 5 minut davomida past olovda pishiriladi. Kraxmal ko'proq miqdorda qo'shilsa uning kleysterlanishi uchun mahsulot tarkibidagi barcha suv sarf bo'lib, quyuq kisel hosil bo'ladi. Shu sababli quyuq kisel issiqlik ta'sirida suyuq kiselga o'xshash tez erimaydi. Kisellar qoliplargaprotiven yoki porsiyali idishlardaqaynatilib sovitilgan suv bilan namlab, shakar sepilib qo'yilgan holda sovitiladi. Tarqatishda idishdan bo'shatish uchun likopchaga sovitilgan idishi ag'darilib, biroz silkitiladi. Agar bir necha porsiya hisobida quyuq kisel tayyorlangan bo'lsa, idishdan bo'shatilgandan so'ng porsiyalarga bo'linib, taqsimchaga solinib ustidan shakarli meva-rezavor sharbati, alohida qaymoq yoki sovuq sut (50—100 g) berilishi mumkin. Porsiyasiga 100 g dan 200 g miqdorigacha kisel beriladi. Quyuq kisellar rus oshxonasining an'anaviy taomi hisoblanadi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling