1. Ayollar kiyimlari uchun fason va gazlama tanlash Andoza tayorlash andoza fason chiziqlarini kiritish


Qovurilgan non bilan meva va rezavor-mevalar


Download 0.94 Mb.
bet13/24
Sana04.04.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1324810
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
16-mavzu

Qovurilgan non bilan meva va rezavor-mevalar. Idishga sut solinadi, unga xom tuxum, shakar solib yaxshilab aralashtiriladi. Oq baton non qobig'idan tozalanib, yupqa to'rtburchak yoki romb shaklida kesiladi va tuxum-sut aralashmasiga ikki yoqlama botirilib sariyog' yoki margarinda qizg'ish qobiq hosil qilib qovuriladi. Tarqatishda taqsimchaga 2 bo'lakdan qo'yilib, ustidan konservalangan meva solinadi va ustidan shirin sharbat yoki o'rik shirin sharbati quyib beriladi.
Olma guruch bilan. Saralab yuvilgan guruchdan sutli ilashimli bo'tqa tayyorlanib, 60—70°C gacha sovitilib, shakar, xom tuxum, kishmish, vanilin, yumshatilgan sariyog' solib yaxshi aralashtiriladi va yog'langan porsiyali tovaga solinib, qovurish shkafida qizg'ish qobiq hosil bo'lguncha ushlanadi. Olma yuvilib, artilib, po'sti tozalanib, palladia shaklida kesiUb, urug' va o'zagidan tozalanib, limon ishqori qo'shilgan suvda yumshoq qilib pishiriladi. Tarqatishda tayyorlangan guruch yoniga tayyorlangan olma qo'yilib, ustidan olma yoki o'rik shirin sharbati quyib beriladi.
Xamirga botirib qovurilgan olma. Bu taom uchun tuxum sarig'i, sut, tuz, shakar, nordonroq qaymok, elangan un yordamida suyuq xamir (klyar) qoriladi. Tuxum oqi ко'pirtirilib, biroz tindirilgan xamirga qo'shib aralashtiriladi. Tayyor xamir ishlatilguncha sovuq xonalarda saqlanadi. Olma yuviladi, po'sti artilib, urug'i o'zagidan tozalanadi. So'ng parrak-parrak shaklida kesilib (qalinligi 0,5 sm dan), sirlangan idishga terilib, ustidan shakar sepib qovurilguncha muzxonada saqlanadi.
Ко'р 160°С darajagacha qizdirilib, tayyorlangan olmaning har bir bo'lagi tayyorlangan suyuq xamirga botirilib, yog'ga solinib, sariq yoki och qizg'ish ranggacha qovurilib, iste'molga tayyor holga keltirilib, yog'dan suzib olinadi. Bu jarayonlarni bajarishda ayri yoki ignadan foydalaniladi. Tayyor taom yog'i silqitilib taqsimcha yoki laganchalarga qog'oz sochiqlar yoyilgan holda qo'yilib, ustidan shakar uni sepilib, alohida sardak idishida o'rik shirin sardagi beriladi.
Olma 100 g, shakar 3 g, bug'doy uni 20 g, tuxum 1/2 dona, sut 20 g, smetana 5 g, shakar 3 g, tuz 0,2 g, pazandachilik yog'i 10 g, shakar uni (pudra) 10 g, sardak 40 g. Sof og'irligi 140 g.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling