1. Ayollar kiyimlari uchun fason va gazlama tanlash Andoza tayorlash andoza fason chiziqlarini kiritish


MOL GO’SHTINI NIMTALASH VA SUYAKLARIDAN AJRATISH


Download 0.94 Mb.
bet9/24
Sana04.04.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1324810
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
16-mavzu

MOL GO’SHTINI NIMTALASH VA SUYAKLARIDAN AJRATISH
Uzunasiga ikkiga bо‘lingan mol gо‘shtini nimtalash uni bо‘laklarga bо‘lish, suyaklardan ajratish, pay va paychoqlaridan tozalash kabi ketma-ket bajariladigan jarayonlardan iborat. Gо‘shtni nimtalash va suyakdan ajratishdan maqsad, pazandalikda u yoki bu taom uchun ishlatishga mо‘ljallangan gо‘shtni olishdan iborat.
Gо‘shtlar isib ketmasligi uchun harorati 10 S dan yuqori bо‘lmagan xonalarda nimtalanadi va suyakdan ajratiladi. Agar korxonaga mol gо‘shti о‘zunasiga ik­kiga bо‘lingan nimta holida kelsa, old va son bо‘lak­larga ajratiladi. Ajratish chizig‘i molning oxirgi qovurg‘a suyagi bilan 13 va 14 umurtqa suyagi oralig‘iga tо‘g‘ri keladi. Bunda old qismiga hamma qovurg‘a suyaklari о‘tib, son qismida peshnob gо‘shti, bel. umurtqa suyaklari gо‘shti bilan ajraladi (2-rasm).[17]
Old qismini bо‘laklash natijasida qо‘l, bо‘yin, yelka umurtqa bо‘laklar kesib ajratiladi. Qо‘l bо‘lagini ajratish uchun gо‘shtni ich qismi bilan stol ustiga qо‘-yiladi, chap qо‘l bilan gо‘shtni boldir suyagidan bir oz kо‘tarib о‘z chegarasi bо‘ylab tо‘sh, qovurg‘a usti gо‘shti kesiladi. Sо‘ngra bо‘yin umurtqasi bilan umurtqa suyagi birlashgan yeridan suyagi chopilib bо‘yin bо‘lagi gо‘shti bilan kesib ajratiladi. Yelka umurtqa suyagini bо‘­laklash uchun: umurtqa suyagi ustidagi gо‘shti va qovurg‘a suyagi ustidagi gо‘shti chegarasi bо‘ylab kesilib qovur­g‘a suyagi kо‘ndalangiga chopiladi va katta taliq qismi ajratiladi. Tо‘sh kemirchak suyagi bilan qovurg‘a. suyak­lari birlashgan izi bо‘yicha suyagi kesilib qovurg‘a va tо‘sh bо‘laklarga ajratiladi.
Suyaklarni ajratish —bu gо‘shtni suyaklardan shilib olishdir. Bu jarayon diqqat bilan bajariladi. Suyaklarda gо‘sht qolmasligi, ajratib olingan gо‘sht bо‘laklarida chuqur kesilgan joylar bо‘lmasligi kerak. Pichoq gо‘shtga 10 millimetrdan ortiq botirilmasligi kerak.
Gо‘shtlarni pay-paychoqlaridan tozalashda lahm gо‘sht ustidagi paylar, kemirchak suyaklar, osilib turuvchi gо‘sht bо‘laklari, gо‘sht ustidagi pardalari qattiq bо‘lsa shilib tashlanadi, ortiqcha yog‘lari ajratiladi. Agar chetlarida notekis burdalari bо‘lsa kesiladi. Tо‘qimalar orasidagi birlashtiruvchi yupsa pardalar va ustki pardalari tozalanmaydi. Gо‘sht shaklini о‘zgartirmasligi uchun (deformatsiyalanmasligi uchun) uning pardalari tozalanadi. Tozalangan gо‘shtdan porsiyalarga taqsimlangan yarim tayyor mahsulatlarni tayyorlash osonlashadi.



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling