1. Ayollar kiyimlari uchun fason va gazlama tanlash Andoza tayorlash andoza fason chiziqlarini kiritish
SHIRIN TAOMLAR TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI
Download 0.94 Mb.
|
16-mavzu
SHIRIN TAOMLAR TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI
Tarkibi turli mahsulotlardan iborat bo'lgan shirin taomlarni tayyorlashda shakar o'ziga xos o'rin tutadi. Taomga shakar qo'shilishi tufayli u xushxo'r shirin mazaga ega bo'ladi. Shirin taomlar tushlik ovqatdan so'ng desert sifatida beriladi, shu sababdan ularni desert yoki uchinchi taom deb ham yuritiladi. Biroq bu taomlar kunlik iste'molda ertalabki, kechki ovqat vaqtida ham berilishi mumkin. Shirin taomlarni tayyorlashda yangi, quritilgan, konservalangan, rezavor meva shirin sharbatlari, sof sharbatlar, ekstratlar, turli mineral mahsulotlar, ozuqaviy kislotalar, darmondorilar ishlatiladi. Bazi taomlarni tayyorlashda qaymoq, smetana, tuxum, yog', yorma, vanilin, qo'shimcha oqsil, uglevod va boshqa katta quwat manbayiga ega mahsulotlar qo'shiladi. Shirin taomlar xushxo'rligini oshirish va sifatini yaxshilashda ular tarkibiga kiruvchi kishmish, yong'oq, какао, vanilin, limon ishqori, jele mahsulotlari yordam beradi. Shirin taomlar haroratiga nisbatan olinib, sovuq taomlarga (10—14°C) va issiq taomlarga (55°C) bo'linadi. Biroq ba'zi taomlar issiq holda ham, sovuq holda ham tarqatiladi. Sovuq shirin taomlarga: yangi rezavor mevalar sof holdagisi yoki yangi muzlatiigani, yangi quritilgan, konservalangan meva, rezavor kompotlari, jeleli shirin taomlar; muzlatilgan shirin taomlar (muzqaymoq, plombir, parfe) va boshqalar kiradi. Ularning tarqatilishdaygi harorati 4—6°C dan past bo'lmasligi lozim. Umumiy ovqatlanish korxonalarida shirin taomlar sovuq sexlarning maxsus ajratilgan xonalarida tayyorlanadi. Bu xonalar zarur stol, sovitkich asbob-anjomlar bilan jihozlangan bo'ladi. Shirin taomlar uchun ishlatiladigan mahsulotlar va tayyor taomlar boshqalardan alohida saqlanishi kerak, chunki ular chetki hidni O'zlariga tez singdirib olish xususiyatiga ega bo'ladi. Shirin taomlarni tayyorlashda ko'pirtiruvchi, sharbatini siquvchi, ezuvchi, qiymalovchi universal anjomlar bilan jihozlangan mashinalardan hamda maxsus asbob-anjomlar — qozon, kastryulka, chuqur tova, elak, yog'och, kapkir, chilcho'plar, qoliplardan foydalaniladi. Mahsulotlarga mexanik birlamchi ishlov berish sabzavot sexlarida, issiq ishlov berish issiq sexlarda amalga oshiriladi. Sovuq shirin taomlarni tarqatishda stakan, kremanka, likopcha, chuqur laganchalardan foydalaniladi. Issiq shirin taomlar shisha yoki mibdor likopchalar, laganchalar, porsiyali tovalarda tarqatiladi. Issiq shirin taomlarga pudinglar, xamirga botirib qovurilgan olma, olma sharlotkasi, yopilgan olma, gurev bo'tqasi, shirin quymoqlar va boshqalar kiradi. Bu taomlar tarkibida ko'p miqdorda uglevod, yog' bo'lganligi sababli katta energiya manbayiga ega bo'ladi. Issiq shirin taomlar 50—55°C li haroratda tarqatiladi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling