Changli gazlarni tozalash jarayonlarini optimallash
Download 70 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar.
♦ ish jarayonida chang ajratuvchi texnologik uskunalami, zichlash hamda havo so‘ruvchi qurilmalar va ishlab chiqarish binolarida me’yoriy ish sharoitlarini ta’minlovchi moslamalar bilan ta’minlanishi lozim; ♦ chang tutkichlarda ushlab qolinadigan iflosliklami, chang va boshqa aralashmalami iflos yig'ish bunkeriga uzatish qurilmalari bilan jihozlash maqsadga muvofiqdir; ♦ changning tashqariga chiqishiga yo‘l qo'ymaslik uchun texnologik uskunalar, xomashyo mahsulotlami taqsimlash, uzatish va yig'ishtirish vositalarining qopqoqlari germetik zich yopilishi lozim. CHANGLI GAZLARNI TOZALASH JARAYONLARINI OPTIMALLASH D.I.G’anijonov, M.B.Xamdamov, T.N.Tashmuratov Guliston davlat Universiteti Gaz aralashmalar tarkibidagi qattiq yoki suyuq zarrachalarni sanoatmiq yosida ajratishdan maqsad xavo iflosligini kamaytirish, qimmat baho maxsulotlarni ajratib olish yoki texnologiya salbiy tasir etuvchi zararli, hamda qurilmalarni buzilishga olib keluvchi moddalarni chiqarib tashlashdir . Kimyo va oziq - ovqat sanoatlarining asosiy texnologik jarayonlaridan biri ifloslangan gazlarni tozalashdir. Shuning uchun, turli jinsli gaz sistemalarni ajratish kimyoviy texnologoyaning dolzarb va eng keng tarqalgan asosiy jarayonlaridan biridir. Sanoat miqyosida chang hosil bo’lis hning manbalari: qattiq jismlarni mehanik maydalash (chaqish, ezish, arralash, yedirish va ularni uzatish), yoqilg’ilar yonishida (kul hosil bo’lish), bug’lar kondesatsiyalanishida, hamda gazlarning o’zaro kimyoviy tasiri natijasida qattiq mahsulotlar hosil bo’lish jarayonida. Odatda, changlar tarkibida o’lchami 3...100 mkm bo’lgan qattiq zarrachalar mavjud bo’ladi. Bug’lar kondensatsiyalanish natijasida 0,001...1 mkm o’lchamli mayda suyuqlik tomchilari hosil bo’ladi. Changli gazlarni tozalash uchun ularni suv yoki boshqa suyuqliklar yordamida yuvib, qattiq zarrachalardan tozalanadi. Bu usul gazlarni sovutish va namlash ruxsat etilgan, hamda qattiq zarrachalar qimmatli bo’lmagan hollarda qo’llaniladi. Malumki, gazlar sovutilganda suv bug’lari kondensatsiyalanib, zarrachalar namlanadi va ularning zichligi ortadi. Natijada qattiq zarrachalar gazdan oson ajraladi. Bunda, zarrachalar kondensatsiyalanib markazlari vazifasini bajaradi. Agar, zarrachalar suyuqlik bilan ho’llanmasa, unda bu turdagi qurilmal arda gazlarni tozalash samarasizdir. Bundey hollarda gazlarni tozalash darajasini oshirish uchun suyuqlik tarkibiga spirt – sitiy faol moddalar qo’shiladi, yani suyuqlikning ho’llash qobilyati oshiriladi. Suyuqlik bilan yuvib tozalovchi qurilmalarda, ular ning konstruksiyasiga qarab, gazlarni tozalash darajasi 60 dan 85% gacha bo’ladi. Bu turdagi qurilmalarning asosiy kamchiligi shundaki, tozalash jarayoni o’tkazilishi natijasida oqova suvlar hosil bo’lishidir. Ma’lumki, oqava suvlar ham o’z navbatida tozalanishi kerak. Changli gazlarni yuvib tozalashda asosan skrubberlardan foydalaniladi. Skrubberlar ichi bo’sh yoki nasadkali, ko’ndalang kesim yuzasiga qarab esa silindirsimon yoki to’g’rito’rtburchak shaklidagi kalonnalar ko’rinishida bo’ladi. Ichi bo’sh skrubberlarga changli gaz qurilmaning pastki qismidan 0,8 -1,0 m/s tezlikda kiritiladi. Gaz o’z yo’nalishini o’zgartirib, yuqoriga qarab xarakat qiladi. Skrubberning tepa qismidagi purkagichdan suv yoki boshqa suyuqlik sochilib, og’irlik kuchi tasirida mayda tomchilar pastga qarab yo’naladi. Natijada gaz va suv tomchilari qarama-qarshi yo’lli xarakatida bir-biriga ko’p martta uriladi. Bu o’zaro tasir tufayli gaz tarkibidagi qattiq zarrachalar suyuqlik bilan yuviladi, og’irlashadi va oqava suv xosil qilib, pastga tushadi. Oqava suv qurilmaning tubidagi shtutser orqali tozalashga chiqarib yuboriladi. Ichi bo’sh skrubberda gazlarni tozalanish darajasi 60 -75% ni tashkil etadi. Nasadkali skrubberlarda qobig’ning ichiga nasadkalar ma’lum bir tartibda yoki tarti bsiz o’rnatiladi (1 -rasm). Tozalash jarayoni intensivligi va tezligini oshirish uchun skrubberlarga albatta nasadkalar joylashtiriladi. Nasadkalar qo’llanilishi natijasida gaz va suyuq fazalar o’rtasida urinishlar ortadi, yani to’qnashuv yuzasi oshadi. 1-rasm. Skrubber. 1-suv purkagich, 2 -nasadka. Odatda skrubberlarga halqasimon yoki xordali nasadkalar o’rnatiladi. Ayrim hollarda esa, koks yoki kvarch bo’laklaridan hosil qilingan qatlam, nasadka s ifatida ishlatilishi mumkin. Nasadkali skrubberlarda gazlarni tozalanish darajasi 75 -85%. Gaz tarkibidagi qattiq zarrachalarni ajratib olish darajasini yuqori qilish maqsadida nasadkali skrubberga ozroq qo’shimchalar kiritdik (2 -rasm). Yani skrubberning c hangli gaz kiradigan yo’lakchasiga filtr to’siq o’rnatdik. Bu filtr to’siqning vazifasi changli gaz aralashmasining tarkibidagi qattiq zarrachalar miqdorini kamaytirgan holda skrubberga jonatishdan iborat. Chang tarkibidagi qattiq zarrachalar miqdorini qancha kamaytirsak qurilmaning foydali ish koefsenti ham shuncha yuqori bo’ladi. Bundan ko’rinib turadiki changli gaz skrubberga kirishdan oldin filtr to’siqdan o’tib ma’lum bir qismi tozalanadi va filtr to’siqda qolgan zarrachalar qayta ishlashga yoki chiqindi sifatida tashlab yuboriladi. Filtr to’siqdan o’tgan changli gaz skruberga kirib suv bilan yuvib tozalanadi. Filtr to’siqni harakatga keltiruvchi kuch uning oldi va orqa tomonlaridagi bosimlar farqi yani old va orqa tomonlardagi bosimlar teng bo’lib qo ladigan bo’lsa filtr to’siqqa uriladigan changli gaz harakatdan to’xtaydi yani changli gazni oquvchanglik hususiyati yo’qotadi. Bundan ko’rinib turibdiki jarayon intensiv ketishi uchun filtr to’siqning old qismi ya’ni filtrlash yuzasidagi bosim filtrning o rqa tomonidagi bosimdan katta bo’lishi kerak.. Filtr tosiq nasos orali uzatiladigan gazni filtrlash davomida yuqori bosim hosil qilmasligi uchun changli gazni pastroq tezlikda filtr tosiqqa yuboramiz 0.6 -0,8 m/s. Filtrlash jarayoni esa quyidagi kinetik tenglama bilan ifodalanadi: Foydalanilgan adabiyotlar. 1) Yusufbekov N.R., Nurmuxammedov X.S., Zokirov S.G. Kimyoviy texnologiya asosiy jarayon va qurilmalari. – Т.: Sharq, 2003. – 644 b. 2) Павлов К.Ф., Романков П.Г., Носков А.А. Примери и задачи по курсу процесси и аппарати химической технологии.-М.-Л.:Химия, 1983.- 5. Download 70 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling