1. Ayollar kiyimlari uchun fason va gazlama tanlash Andoza tayorlash andoza fason chiziqlarini kiritish


Download 0.94 Mb.
bet7/24
Sana04.04.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1324810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
16-mavzu

Tangali baliqlarga ishlov berish.

Umumiy ovqatlanish korxonalariga kupincha suyak skeletli (tangali va tangasiz) va togay skeletli (osertlar oilasiga mansub ) baliqlar kelib tushadi. Baliq turiga va uning pazandalikda kullanilishiga qarab, ularga turli usullarda ishlov beriladi. Baliqka ishlov berishning umumiy sxemasi qо‘yidagi jarayonlardan iborat: muzdan tushurish, dastlabki ishlov berish, yuvish, bо‘laklarga bо‘lish, yarim tayyor mahsulotlar tayyorlash.


Tangali baliqlarga sudak, churtanbaliq, lesh, sazan, karp, sig, koryushka, seldlar kiradi.
Umumiy ovqatlanish korxonasida kelib tushgan muzlatilgan baliq muzdan tushiriladi, tuzlangan baliqning tuzi ketkiziladi, sungra dastlabki ishlov beriladi.
Muzdan tushirilgan baliqga dastlaki ishlov berishda, avval, ular tangasidan tozalanadi. Baliq pо‘stidan tangachalarni olib tashlash jarayoni tozalash mashinalarida olib boriladi. Katta tangachali baliqlar uchun 1500 kg/soat ishlab chiqaruvchi barabanli tangacha tozalash mashinasi qо‘llaniladi. Kichik tangachali baliqlarda esa 500 kg/soat ishlab chiqaruvchi rolikli mashinalar ishlatiladi. Bir smenada 2-3 tonna mahsulot chiqaruvchi katta bо‘lmagan umumiy ovqatlanish korxonalarining maxsus sexlarida baliq tozalash uchun mexanik jixatdan ishlaydigan baliq tozalagichlar qо‘llaniladi.

Go'shtdan taomlar tayyorlash texnologiyasi
Reja:

  1. Go’shtlarga mexanik pazandalik ishlov berish

  2. Mol go’shtini nimtalash va suyaklaridan ajratish

  3. Go’sht yarim tayyor maxsulotlarini tayyorlash

Gо‘sht oqsilga juda boy. Uning tarkibida 14,5—23% oqsil, 2—37% yog‘, 0,5—1,3% mineral mahsulotlar (fos­for, kalsiy, natriy va temir tuzlari), A, D, RR va V guruhidagi darmondorilar bor.[17]
Gо‘sht tо‘qimalari muskul, birlashtiruvchi suyak va yog‘lardan iborat.
Muskul alohida ipsimon usti yarim tiniq qobiq bilan qoplangan (sarkolemma) tо‘qimalardan tashkil topgan. Muskul tо‘qimasi miozin oqsillaridan tashkil topadi. Hayvonlar muskul tо‘qimasi oqsillari sifatli bо‘lib, tarkibidagi aminokislotalar о‘z xususiyatiga kо‘ra kishi organizmidagi muskul oqsillarinikiga о‘xshash bо‘ladi. Shu sababli ular tez hazm bо‘ladi.. Ichki, harakati kam, suyakka yopishgan, umurtqa suyagi atrofidagi ipsimon muskul tо‘qimasi tolalari ingichka va mayin bо‘lib, yuqori ozuqali ahamiyatga ega. Bo’yin, qorin, muskul tо‘qimalariniki esa qattiq bо‘lganligi sababli dag‘al kо‘rinishga ega bо‘ladi.
Birlashtiruvchi tо‘qima tо‘liq bо‘lmagan sifati past kollagen va elastik oqsillaridan tashkil topgan. Gо‘sht tо‘qimasi tarkibida kollagen va elastin qancha kо‘p bо‘lsa, muskul tо‘qimasi qattiq bо‘ladi. Bu xususiyat gо‘sht sifatini belgilaydi.
Yog‘ tо‘qimasi gо‘sht tо‘qimasi kataklariga tо‘ldirilgan yog‘ donachalaridan tashkil topib, usti bir­lashtiruvchi tо‘qima bilan qoplangan,bо‘ladi. Yog‘ gо‘sht
mazasini yaxshilash bilan birga ularning ozuqali qiymatini oshiradi.
Suyak tо‘qimasi asosini ossein moddasi tashkil etgan, tarkibi jihatdan kollagenga yaqin bо‘lgan maxsus tо‘qimalardan tarkib topgan. Tos suyagi va iliq suyak chetlari g‘ovak bо‘lib, uni shakarli deb ataladi. Uning tarkibida qaynatmaga xushbо‘y hid, uyushqoqlik beruvchi modda bor.
Xom ashyo bilan ishlovchi umumiy ovqatlanish korxonalariga gо‘shtlar sovitilgan yoki muzlatilgan holda keltiriladi. Mol gо‘shti ikki yoki tо‘rtga bо‘lingan holda: qо‘y; echki, buzoq— butun holda; chо‘chqa gо‘shti butun yoki ikkiga bо‘lingan holda keltiriladi. Kо‘p umumiy ovqatlanish korxonalari yirik bо‘lakli yoki porsiyalangan, mayda bо‘lakli, qiymalangan yarim tayyor mahsulotlarini oladi.
Tо‘shtlarni qabul qilishda semizlik darajasi va veterinar-sanitariya kо‘rigidan о‘tganligi tekshiriladi, sо‘ng organoleptik yо‘l bilan gо‘shtning sifatliligi aniqlanadi. Semizlik darajasi bо‘yicha mol, qо‘y, echki I va II kategoriyali; buzoq—I kategoriyali bо‘ladi. Chо‘chqa gо‘shti — gо‘shtli, yog‘li, yog‘i о‘rta holda bо‘ladi.
Gо‘sht yaxshi sifatli bо‘lsa u sovitilganda usti, ran­gi oq pushti rangdan qizg‘ishgacha bо‘lgan quruq qobiq bilan qoplanadi. Elastik bо‘lgan bu tо‘qimada qо‘l bilan bosganda hosil bо‘lgan chuqurcha tez о‘z holiga keluvchan bо‘ladi. Muzlatilgan gо‘sht yuzi va kesilgan qismi pushti qizg‘ish, bir oz kul rangda bо‘ladi. Bu rang gо‘shtdagi muz kristallarining toblanishidir. Gо‘sht qattiq urganda taqillagan ovoz beruvchi bо‘ladi. Muzla­tilgan gо‘shtning hidi bо‘lmaydi, u muzdan tushirilsa, xom gо‘sht va zax hidi paydo bо‘ladi. Muzlatilgan gо‘sht sifatini aniqlash uchun qizib turgan pichoqni gо‘shtli qismiga tiqish usuli va kesib olib pishirish orqali tekshirish mumkin. Korxonaga kelgan gо‘sht mexanik pazandalik ishlovidan о‘tkaziladi.
Gо‘shtga gо‘sht tayyorlash sexlarida ishlov beriladi. Bu sexlar gо‘sht saqlanadigan sovitgichlarga — xolodilniklarga yaqin joylashgan bо‘lishi kerak. Sex osma yо‘llar, suyak kesuvchi, gо‘sht qiymalovchi, qiyma aralashtiruvchi, kotlet va chuchvara - avtomata, sovitgich shkaflar va shunga о‘xshash moslamalar bilan jihozlanadi. Nomexanik jihozlardan: ish stollari, vannalar, javonlar, gо‘sht chopuvchi tо‘nkalar va boshqa anjomlar bilan ta’minlanadi. Bu asbob-anjomlar gо‘shtlarga pazandalik ishlovi berish ketma-ketligiga asoslanib joylashtiriladi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling