1. Aytilishi va yozilishi bir xil bo'lib, turli atash ma'nolarini bildirgan so'zlar
Download 21.63 Kb.
|
leksikologiya nazorat
1. Aytilishi va yozilishi bir xil bo'lib, turli atash ma'nolarini bildirgan so'zlar.. A) shakldosh so'zlar B) uyadosh so'zlar C) paronimlar D) ma'nodosh so'zlar 2. Tanovul qilmoq, iste'mol qilmoq, g'ajimoq, yemoq, kavshamoq, oshalamoq ma'nodosh so'zlarining umumiy (asosiy) ma'nosini belgilang. A) kavshamoq B) g'ajimoq C) yemoq D) oshalamoq 3. Shakldosh so'zlar bilan ko'p ma'noli so'zlarning bir-biridan farqi qanday aniqlanadi? A) Ko'p ma'noli so'zlar bir so'zning o'z va ko'chma ma'nolarida qo'llashdan hosil bo'ladi. B) Shakldosh so'zlar shakli o'xshash ikki va undan ortiq so'zlardan tashkil topadi. C) Ko'p ma'noli so'zlar har xil so'z turkumiga, shakldosh so'zlar esa bir xil so'z turkumiga mansub bo'ladi. D) A, B 4. Tomdan yiqilmoq Imtihondan yiqilmoq. Yiqilmoq so’zi qaysi bandda to’g’ri izohlangan? A) bir so’zning ikki xil bosh ma’nosi B) ikki so’zning shakliy tenglik hosil qilishi C) bir so’zning turli ma’nolari D) birdan ortiq so’zning shakl va ma’noda teng kelishi 5. Qaysi javobda sifat turkumiga oid o‘zaro ma’nodosh so‘zlar juftligi berilgan? A) tantiq - saxiy B) ozodlik - mustaqillik C) husn - go‘zal D) chiroyli - suluv 6. Qaysi gapda paronim bilan bog'liq xato mavjud? A) Namozi asrga yaqin olomonning g'azabi, asta-sekin soviy boshlab, bir qismi tarqaldi B) Maqsadi - yoshlarni yo'ldan urush bo'lgan emish. C) Otasi endi qarib kuchdan qolgan edi. D) Eshik ochilib, Saidiyning xayoli patday to'zg'idi. 7. Qaysi javobda ot turkumiga oid o'zaro ma'nodosh so'zlar qatori berilgan? A) tantiqlik, mardlik, saxiyJik B) chiroy, ko'rk, suluv C) armug'on, tuhfa, tortiq D) barvasta, norg'ul, barzangi 8. Qaysi gapdagi QATTIQ so'zi JUDA so'ziga sinonim bo'la oladi? A) Suv ham qattiq yerda to'xtaydi. B) Salimboy qattiq odam, tomsa yalatmaydi. C) Mavluda xola qiziga qattiq gapirdi. D) Soliya kechasi tushida qattiq qo'rqibdi. 9. yoz( dasturxon yozmoq), yoz ( yoz fasli), yoz ( qalamda yozmoq) Uchala o’rinda qo’llangan yoz so’zining xususiyati qaysi o’rinda berilgan? A) bir xil shakldagi yagona so’z B) bir xil shakldagi uchta so’z C) bir xil shaklga ega ko’p ma’noli so’z D) birgina so’zning uch o’rinda qo’llanishi. 10. Odami ersang, demagil odami Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami Bu barqaror birikmaning nomi... A) ibora B) tasvriy ifoda C) hikmatli so’z D) maqollar 11. Qaysi javobda o'zaro sinonim sifatlar juftligi berilgan? A) suluv-go'zal B) husn-chiroy C) norg'ul-nimjon D) tanti-erka 12. Quyidagi frazeologik birliklardan qaysi biri omonimlik xususiya-tiga ega? A) yuragiga g‘ulg‘ula tushmoq B) og‘zi qulog’ida bo’lmoq C) boshga ko’tarmoq D) boshida yong‘oq chaqmoq 13. Paronimlar bilan bog'liq xato yuz bergan qatorni aniqlang. A) Bog'imizdagi sada, bobomning aytishicha, yuz yildan ortiq yashayotgan ekan. B) Men unga razm solib, texnikaga qiziqishini bilib oldim. C) Bilimsizlikning tup sababi, kitob o'qimaslikdir. D) Ayni bizbop ketmon ekan, endi hech ham qiynalmaymiz. 14. Shakldoshi, ma’nodoshi, ziddo-shi bor, ammo paronimi yo'q bo'lgan so'zni toping. A) qari B) yuvindi C) yuvundi D) qalin 15. O'qituvchimiz ikki gapning orasida ko'p kitob o'qish lozimligini ta'kidlardi. Ikki gapning orasida iborasining ma'nosini toping. A) har zamonda B) qayta-qayta C) ortiq darajada D) qunt bilan 16. Qaysi gapda so’z qo’llash bilan bog’liq xatolik mavjud? A) Erta bahorda o’n tup mevali daraxt ko’chati o’tqazdik. B) Otabek ham istehzoli tabassum orasida Homidga ko’z qirini tashladi. C) Yo’lchi mashaqqatlar, qiyinchiliklar ichida bo’lsa ham, faqir hayot-ning uch yilini Mirzakarimboy eshigida o’tqazdi. D) Quyosh hamal yulduzlar burjiga o’tishi bilan kunlar isiy boshladi. 17. Akmal ismining ma’nosini toping? A) nurli yoki toleyi porloq; B) yetuk, barkamol, kuchli; C) baxtli, iqboli baland; D) baxti quyosh kabi porloq 18. Antonim so’zlarni aniqlang . A) kech, xayr, kul, tuz B) qarash, boqish, nigoh, nazar C) suyuq, quyuq, yirik mayda D) bahs, tortishuv, munozara, 19. YOMON so'zi qaysi gapda OG'IR, XATARLI ma'nosida qo'llangan? A) Hoy do'stim, birovning do'ppisini birovga uddalab kiygizish yomonmi? B) Ostonada turish yomon bo'ladi, qizim, joyingizni bilib o'tiring. C) Inoyat oqsoqol uni ko'pchilik o'rtasida yomon haqorat qilgan edi. D) Yarasi yomon, hushsiz holda hiqillab-hiqillab yotibdi. 20. Qaysi javobdagi gaplar juftligida ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar o‘zaro shakldosh so‘zlar hisoblanmaydi? A) Rayhona kirlarni kir yuvish mashinasida yuvdi. Guruhimizga ko‘rsatgan yordami bilan Sardor ham ayblarini yuvdi. B) Tut xalq xojaligida eng ko‘p foydalaniladigan daraxtlar sirasiga kiradi. O‘g‘lim, yaxshilarning etagini tut, adashmaysan. C) Biz yosh kadrlarni malaka oshirish uchun Yevropaga jo‘natdik. Filmdagi eng yaxshi chiqqan kadrlarni ko‘rsatdik. D) Arg‘amchiga qil — quvvat. Doniyor, sen uy vazifalarini o‘z vaqtida qil. 21. Qaysi qatorda frazeologik sinonim berilgan? A) turq, bashara, aft, yuz, oraz, chehra, ruxsor B) noo'rin - o'rinsiz C) dunyoga kelmoq,tavallud topmoq D) A, B 22. Qaysi qatorda ibora qo'llanmagan? A) ko'kka ko'tarmoq B) ko'zimning nuri C) burni ko'tarilmoq D) barchasi ibora sanaladi 23. Quyidagi berilgan so’z qo’shilmalaridagi suzmoq so’zi qanday so’z? Oshni suzdi, suvda suzdi, sigir suzdi. A)omonim B) paronim C) sinonim D) ko’p manoli so’z 24. Anvar ismining ma’nosini toping? A) nurli yoki toleyi porloq; B) yetuk, barkamol, kuchli; C) baxtli, iqboli baland; D) baxti quyosh kabi porloq 25. Qaysi qatordagi frazeologizmlar hayratlanish ma’nosini bildiradi? A) yoqasini ushalmoq, og’zi ochilib qolmoq B) o’zini qo’ygani joy topa olmaslik, yuragiga g’ulg’ula tushmoq C) oyoq osti qilmoq, mayna qilmoq D) ko’ziga qon to’lmoq, ko’zining paxtasi chiqmoq 26. Qaysi qatordagi tasviriy ifoda noto'g'ri berilgan? A) charm qo’lqop ustalari – bokschilar B) oq chashma sohibalari- cho’ponlar C) osoyishtalik posbonlari – militsionerlar D) mo'yqalam sohiblari- rassomlar 27. Daryoning cheti, chet mamlakat, chetdan tomosha qilmoq kabi birikmalardagi chet so’zi ma’no munosabatiga ko’ra qanday so’z hisoblanadi? A) sinonom so’z B) antonim so’z C) omonim so’z D) ko’p manoli so’z 28. Yomon so'zi qaysi gapda og'ir, xatarli ma'nosida qo'llangan? A) Hoy do'stim, birovning do'ppisini birovga uddalab kiygizish yomonmi? B) Ostonada turish yomon bo'ladi, qizim, joyingizni bilib o'tiring. C) Inoyat oqsoqol uni ko'pchilik o'rtasida yomon haqorat qilgan edi. D) Yarasi yomon, hushsiz holda hiqillab-hiqillab yotibdi. 29. Shakldosh (omonim) so’zlar qatorini toping? A) kech, shim, tut, osh, til B) bob, tol, qiz, toqa, ko’z C) eshik, chang, kecha, tog’ D) oltin, to’r, cho’qqi, yosh 30. Uyadosh so’zlar qatorini toping. A) tortiq, sovg‘a, tuhfa B) qah-qah otmoq, hiringlamoq, kulmoq C) yugurmoq, chopmoq, yelmoq D) qalpoq, do’ppi, ro’mol, shapka. Download 21.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling