1-б орқа мия: топографияси, ташқи тузилиши, ўровчи пардалар. Юқори жағ артерияси: топографияси, тармоқланиши, қон билан таъминланиш соҳалари, анастомозлар


Download 20.87 Kb.
Sana11.12.2020
Hajmi20.87 Kb.
#164893
Bog'liq
1-B


1-Б

  1. Орқа мия: топографияси, ташқи тузилиши, ўровчи пардалар.

  2. Юқори жағ артерияси: топографияси, тармоқланиши, қон билан таъминланиш соҳалари, анастомозлар.

  3. Сит Бемор текширилганда ички бўйинтуруқ венанинг торайиши натижасида бош мияда венанинг оқиши бузилганлиги аниқланди.

Савол: Мазкур веннанинг бошланиш жойини айтинг.

Javob: bulbus yugularis inferiordan boshlanadi—ichki bo’yinturuq piyozchasidan boshlanadi.



Саволга оид мавзулар:Бош ва бўйин соҳасидаги веноз оқими.

Javob

  1. Orqa miya – odam va umurtqali hayvonlar markaziy nerv tizimining bir qismi, umurtqa pog‘onasi kanalida joylashgan. Kо‘pchilik relekslarda ishtirok etadi. Katta yoshdagi Odamda uning о‘z. 41-45 sm, og‘irligi 30 g cha. Odamda orqa miya 31-33 segmentdan iborat, ularning har birida 2 juft nerv ildizi bor: oldingi (harakatlantiruvchi) ildizlar orqali impulslar O. m. hujayralaridan periferiyaga (skelet va tomir mushaklari, ichki a’zolarga) о‘tadi. Orqa (sezuvchi) ildizlar impulslarni teri, mushak, ichki a’zolar retseptorlaridan O. m. ga о‘tkazadi. Orqa miyaning 2 tomonida oldingi va orqa ildizlar о‘zaro birlashib, aralash orqa miya nervlarini hosil

  2. qiladi. Orqa miyaning markaziy qismi kulrang moddasi nerv hujayralarining tо‘plamlaridan, periferik qismi – oq moddasi nerv tolalarining tо‘plamlaridan iborat. Nerv tolalari O. m. hujayralarini bir-biriga, shuningdek, bosh miyaga bog‘lab turadi. Orqa miya kо‘ndalangiga kesilganda kulrang moddasi «kapalak» nusxa bо‘ladi; unda oldingi va orqa shohlar farq qilinadi. Orqa miyaning kо‘krak bо‘limidagi va bel bо‘limining yuqori qismidagi yon shoxlarda simpatik nerv tizimining hujayralari bor (q. Vegetativ nerv tizimi), tolalar tananing hamma a’zolariga boradi. Orqa miya miya pardalar va orqa miya suyuqligi bilan о‘ralgan. Uning ok moddasini tashkil etadigan, markazga intiluvchi nerv tolalari belgidan og‘riq, harorat va boshqa(lar) sezgi impulslarini bosh miyaga о‘tkazib, shu tariqa a’zolar holati, shuningdek, tashqi muhitdagi ahvol haqida signal berib turadi.

Orqa miyani о‘rovchi pardalar meninges - uch turga bо‘linga bо‘lib, tashqi tomondan qattiq parda dura mater; о‘rtasida tо‘ parda arochnoidea va ichki pardaga yumshoq parda pia mater deyiladi. Orqa miyani о‘raydigan pardalar, yuqori qismida bosh miyanin xuddi shunday pardalariga davom etadi. A. maxillaris yuqori jag’ arteriyasi, tashqi uyqu arteriyasining eng oxirgi tarmog’ining biri. Uning kaltagina poyasi o’rganish oson bo’lishi uchun 3 qismga bo’linadi: birinchi qismi pastki jag’ bo’ynini aylanib o’tadi, ikkinchi qismi m. pterygoideus lateralis yuzasi bo’ylab fossa infratemporalis ga uchinchi qismi esa fossa pterygopalatina ga o’tadi. Yuqori jag’ arteriyasining birinchi qismi tarmoqlari yuqoriga tashqi eshituv yo’li va nog’ora bo’shlig’i tomon boradi va u yerga fissura petrotympanica orqali kiradi; bosh miyaning qattiq pardasiga a.meningea media, qattiq pardasining o’rta arteriyasini (eng yirik tarmoqlar) bersa, u arteriya kalla qutisiga foramen spinosus orqali kiradi. Bu sohada yuqori jag’ arteriyasi pastga, pastki tishlarga pastki alveolalar arteriyasi a. alveolaris inferior ni bersa, bu arteriya pastki jaqqa canalis mandibulae orqali kiradi. Canalis mandibulae ga kirguncha arteriyadan m.mylohyoideus ga bir xil nomli tamoq bersa, kanal ichida pastki tishlarni va milkni qon bilan ta’minlaydi va engak teshigi foramen mentalis orqali a.mentalis nomi bilan chiqadi va engak terisi, musqo’llarini qon bilan ta’minlaydi. Yuqori jag’ arteriyasining ikkinchi qism tarmoqlari chaynov va lunj musqo’llariga shu musqo’llarning nomini olib boradi. Bundan tashqari yuqori jag’ bo’shlig’i sinus maxillaris ning shilliq pardasi va yuqori oziq tishlarga – aa.alveolares superiores posteriores, yuqori orqa alveolyar arteriyalari beradi. Yuqori jag’ arteriyasining uchinchi qism tarmoqlari:1) a.infraorbitalis, ko’z kosasining pastki arteriyasi ko’z kosasiga fissura orbitalis inferior orqali kiradi va so’ngra canalis infraorbitalis orqali yuqori jag’ suyagining old yuzaga chiqadi va pastki qovoqqa ko’z yosh qopchasiga, pastga yo’nalib yuqori lab va lunjga bir xil nomli tarmoqlar beradi. Yuz sohasida a. maxillaris tarmoqlari arteriyasi, a.facialis tarmoqlari bilan anastomoz hosil qiladi. Yuqori jag’ arteriyasi basseynida qon bilan ta’minlanish qiyinlashganda yuz arteriyasi tizimidan qon bilan ta’minlanishi mumkin. Ko’z kosasi ichida a.infraobitalis ko’z soqqasini harakatga keltiruvchi musqo’llarga; canalis infraorbitalis dan o’tayotib tish va kurak tishlarga aa.alveolaria superiores anteriores lar; 2) tanglay, halqum va eshituv nayi tarmoqlari ularning bir qismi pastga foramina palatina majus et minores orqali chiqib qattiq va yumshoq tanglayda tugaydi. 3) a.sphenopalatina panosimon –tanglay arteriyasi, bir xil nomni teshik orqali burun bo’shlig’iga kiradi va uning lateral devori va burun to’sig’iga tarmoqlar beradi. Burun bo’shlig’i devorlarining oldingi qismlari a.ophthalmica ning tarmoqlari bo’lmish aa. ethmoidales anterior et posterior lar hisobiga qon bilan ta’minlanadi.

  • bulbus yugularis inferiordan boshlanadi—ichki bo’yinturuq piyozchasidan boshlanadi.

Download 20.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling