1. Bakteriya hujayrasining o’sishi. Bakteriyalarning spora hosil qilishi
Download 101.77 Kb. Pdf ko'rish
|
1. Bakteriya hujayrasining o’sishi. Bakteriyalarning spora hosil
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Mikroorganizmlarni uzluksiz kupaytirishning ahamiyati. 6. Bakteriyalarning harakatlanishi. Bakteriya hujayrasining o’sishi.
MIKROORGANIZMLARNING O’SISHI, KO’PAYISHI VA HARAKATLANISHI Reja: 1. Bakteriya hujayrasining o’sishi. 2. Bakteriyalarning spora hosil qilishi. 3. Prokariotlarning ko’payish usullari. 4. Bakteriyalarning rivojlanish fazalari va ularning tavsifi. 5. Mikroorganizmlarni uzluksiz kupaytirishning ahamiyati. 6. Bakteriyalarning harakatlanishi. Bakteriya hujayrasining o’sishi. Mikroorganizmlar ham o’sadi, ham ko’payadi. O’sish deganda, hujayradagi butun kimyoviy moddalarning (oqsil, RNK, DNK va boshqalar) bir-biriga mutanosib tarzda ko’payishi tushiniladi. O’sish natijasida hujayraning kattaligi va massasi oshadi. Hujayraning kattaligi ma’lum darajaga etgandan so’ng, u ko’paya boshlaydi.
ko’ndalangiga bo’linish yo’li bilan, ba’zan esa kurtaklanib yoki spora hosil qilib amalga oshadi. Umuman, prokariotlarning ko’payishi jinssiz binar bo’linib ko’payishdir. Ko’payish jarayoni hujayraning uzayishidan, nukleoidning ikkiga bo’linishidan boshlanadi. Nukleoid- superspirallashgan, zich joylashgan DNK molekulasidir (u replikon ham deyiladi). Mikroorganizmlarda ham DNKning replikasiyasi DNK-polimeraza fermenti orqali amalga oshadi. DNK ning replikasiyasi, bir vaqtning o’zida, qarama-qarshi yo’nalishda ketadi va u ikkilanib qiz hujayralarga o’tadi. Qiz hujayrada ham DNK ketma-ketligi ona hujayranikidek bo’ladi. Replikasiya bakteriya hujayrasining ko’payishiga ketadigan vaqtning 80% ni egallaydi. DNK replikasiyasidan so’ng, hujayralararo to’siq hosil bo’ladi. Bu murakkab jarayondir. Avvalo hujayraning ikki tomonidan sitoplazmatik membrananing ikki qavati o’sadi, so’ngra ular orasida peptidoglikan (Murein) sintezlanadi va nihoyat to’siq hosil bo’ladi. To’siq ikki qavat sitoplazmatik membrana va peptidoglikandan iborat. DNK replikasiyasi davomida va bo’luvchi to’siq hosil bo’lishi vaqtida hujayra uzluksiz o’sadi. Bu vaqtda hujayra devorining peptidoglikani, sitoplazmatik membranasi, yangi ribosomalar va boshqa organellalar, birikmalar, xullas sitoplazmadagi birikmalar hosil bo’ladi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com Bo’linishning oxirgi bosqichida hujayralar bir-biridan ajraladi. Ba’zan esa bo’linish jarayoni oxirigacha bormay, bakteriya hujayralarining zanjiri hosil bo’ladi. Bakteriyalarning spora hosil qilishi. Tayoqchasimon bakteriyalarning ba’zi turlari rivojlanish bosqichining ma’lum davrida spora hosil qiladi. Bunda mikroorganizmlarning vegetativ hujayrasi ichidagi sitoplazmaning hammasi yoki bir qismi quyuqlashib, shar yoki ellips shaklga kiradi. Bu spora deb aytiladi. Hujayra po’sti spora hosil bo’lishida ishtirok etmasa ham undagi harakatlanish organlari-
bo’lganligi sababli bu hodisani bakteriyalarning ko’payish jarayoni deb tushunish hatodir. Sporalar mikroorganizmlarning noqulay sharoitga qarshi turishi uchungina xizmat qiladi(13- rasm).
13 – rasm. Vegetativ hujayraning sporalar hosil bo’lgan paytdagi shakllari: a – o’z shaklini yo’qotmagan vegetativ hujayra; b – baraban tayoqchasiga o’xshab qolgan vegetativ hujayra; v – duksimon shaklga kirgan vegetativ hujayra.
Spora odatda vegetativ hujayradan kichik bo’ladi. Spora hosil bo’lgandan keyin ona hujayra o’z shaklini o’zgartirmaydi. Ba’zi basillalar sporasining diametri vegetativ hujayraning ko’ndalang kesimidan kattaroq bo’lib, u hujayra markaziga joylashsa, bu holda hujayra Download 101.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling