polyar o’sish, o’rta qismidan o’sib chiqqanda esa ekvatorial o’sish deyiladi. Sporadan o’sib
chiqqan hujayra intina po’stiga o’ralgan bo’ladi.
Spora hosil qilish jaroyoni turg’un xususiyat bo’lib hisoblansa ham, ba’zi vaqtlarda
bakteriyalar bu xususiyatni yo’qotadi. Bunday bakteriyalar asporogen irq (sporasiz) deyiladi.
Bu hodisa doimiy yoki vaqtincha bo’lishi mumkin. Bakteriyalarning asporogen irkqa aylanishida
zaharli moddalar va boshqa omillarning ta’siri juda katta rolь o’ynaydi. Kokk va spiralsimon
bakteriyalar spora hosil qilmaydi.
Bakteriyalarning ko’payishi. Bakteriyalar oddiy bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Ona
hujayra o’rtasida halqasimon parda paydo bo’ladi. Bu parda vegetativ hujayrani o’rtasidan
bo’lishi natijasida ikkita yangi hujayra vujudga keladi. SHarsimon bakteriyalarning bo’linish tipi
sistematika uchun juda katta ahamiyatga ega. Ular bir sathda bo’linadigan bo’lsa, kokk,
diplokokk, streptokokk yoki stafilokokklar vujudga keladi. Agar bir-biriga perpendikulyar sathda
bo’linsa, tetrakokklar, uch tomonidan perpendikulyar sathda bo’linganda esa sarsina hosil
bo’ladi. Silindrsimon bakteriyalar faqat ko’ndalangiga, spiralsimonlari esa uzunasiga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |