1. Bank tizimining shakllanishi va ahamiyati Zamonaviy bank tizimining tuzilishi va holati


Bank tizimining shakllanishi va ahamiyati


Download 0.59 Mb.
bet2/4
Sana25.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1722183
1   2   3   4
Bog'liq
Presentation1

1.Bank tizimining shakllanishi va ahamiyati
O`zbekiston banklari milliy iqtisodiyotga ta’sir etuvchi qudratli tuzilmaga aylanish uchun rivojlanishning uzoq evolyusion, ya’ni tadrijiy yo`lini bosib o`tishiga, anchagina mashaqqatlarni bartaraf etishiga to`g`ri keldi. O`zbekiston Respublikasi "Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi Qonunining qabul qilinishi ikki darajali bank tizimining tarkib topishi va mamlakat Markaziy banki zimmasiga yangi vazifalar yuklanishi uchun asos bo`lib xizmat qildi. Uning oldiga pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari tizimi hamda to`lov tizimini shakllantirish vazifalari qo`yildi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarini moliyalashtirish endi tashkil etiladigan, zamonaviy tamoyil va talablar asosida faoliyat yurituvchi ixtisoslashgan tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishi lozim edi. 1993–1994 yillarda bank tizimidagi islohotlar davom etdi.
Tijorat bankining asosiy aktiv operastiyasi — kredit (qarz) berish. Ushbu operastiyani amalga oshirishda banklar quyidagi muammoga duch keladilar. Bir tomondan, ular foydani maksimallashtirishga intiladilar va shunga ko’ra ular o’zlarining kredit resurslarini ular uchun ko’proq to’laydigan shaxsga berishdan manfaatdorlar. Boshqa tomondan, qarz olgan shaxsning to’lashga qodir emasligi sababli kreditning qaytmasligi xavfi mavjud. Shuning uchun banklar birinchi navbatda moliyaviy nuqtai nazardan eng ishonchli, raqobatbardosh korxonalarga kredit beradilar (korxonaning to’lovga layoqatli ekanligini aniqlash uchun tegishli moliyaviy tekshiruvlar o’tkaziladi), ya’ni iqtisodiyotning samaralilik darajasini ko’tarishga ob’ektiv holda yordam beradilar.
Markaziy bank o’zining mamlakat qonunchiligi bilan belgilangan nizom va huquqlariga ega bo’lgan mustaqil muassasa hisoblanadi. Markaziy bank tijorat banklari faoliyatiga ta’sir ko’rsatish uchun etarli imkoniyatlarga ega.
Markaziy bankning majburiyatlari (passivlari) ga ichki muomaladagi valyuta, depozitlar, shu jumladan tijorat banklarining omonatlari, g’azna omonatlari (hukumat hisobidagi pul), xorijiy omonatlar va boshqa majburiyatlar kiradi. Tijorat banklari va depozitar muassasalarning omonatlari banklarning Markaziy bankda saqlashi majburiy bo’lgan rezervlarini ham o’z ichiga oladi. Davlat g’aznasi omonatlari — bu hukumatning undirilgan soliq tushumlari to’planadigan asosiy joriy hisobi. Xorijiy shaxslarning depozitlari boshqa mamlakatlar markaziy banklari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar hukumatlarining rasmiy hisoblaridir.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling